Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yil aldovi» yoxud populizmning chegarasi qayerda?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘FF Ijroiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, kelasi yildan oliy ligada 12 jamoa uch davrali tizimda ishtirok etadigan bo‘ldi. Tushuniladiki, oliy liganing o‘tayotgan mavsumida (4 tur qoldi) avval aytilganidek, 15-16 o‘rindagi jamoalar emas, 12-16 o‘rinlarni egallagan klublar yakunda oliy ligani tark etadigan bo‘ldi. Shunaqa deb yozilgan.

Xabarda bu ishlarning barchasi o‘zbek futbolini, xususan milliy chempionatimizni yanada qiziqarliroq qilish, klublarning professionallashuvini ta’minlashga qaratilgani aytilib, vaziyat ekspertlar tomonidan chuqur o‘rganilgani qayd etiladi. Ammo sport prinsiplari va reglamentga qarab turib, oddiy ko‘z bilan, bu qarorning naqadar shoshilinch ekanini aytish mumkin.

Birinchidan, oliy liga o‘yinlarini o‘tkazadigan tashkilot - PFL, ya’ni professional futbol ligasi. Bu tashkilot professional klublardan tashkil topgan va o‘sha klublar PFLga badal puli to‘laydi. PFLning vazifasi ushbu klublar o‘rtasidagi musobaqalarni adolat va qoidalar asosida tashkil qilib berishdan iborat. Bu futbol alifbosi, hamma joyda shunaqa.

Endi, ishtirokchi klublarning sonini qisqartirish haqidagi qaror har bir klubning ishtirokida va muhokamasi ostida, hech bo‘lmasa, ovoz berish jarayoni orqali qabul qilinishi kerak. Misol uchun, APL kelasi yozdan transfer oynasida 31 avgustdan 12 avgustga surdi. Bu qarorga barcha klublarning ishtirokida, ovoz berish orqali kelindi. Oliy ligadagi jamoalari soni va formati esa, transfer muddatlaridan ham ko‘ra jiddiyroq masala edi.

Uzoqqa bormaylik, bir necha yil oldin OAVda oliy liga formatini o‘zgartirish, aytaylik, mavsum oxirida kuchli oltilikning pley-off yordamida chempionni aniqlashi masalasi ko‘tarilgandi. Barcha klublar ishtirokida majlis bo‘lib o‘tgan va aksariyat klublar vakillari bunday formatni ma’qullashmagandi. O‘FFning bugungi Ijroiya qo‘mitasi tarkibi bilan tanishdim, faqat «Lokomotiv», «Bunyodkor» va «Paxtakor» klublari rahbarlari 11talik guruhning ichiga kirar ekan xolos. Demak, bu safar bunday qarorni qabul qilishda boshqa klublarning fikri inobatga olinmagan. Inobatga olingan taqdirda, ba’zi klublarning javobi qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish qiyin emas.

Ikkinchidan. Bu muhimroq.

Bunday qarorga nafaqat klublar, butun respublika referendum orqali 98.6 foiz ovoz bergan taqdirda ham, yangi format eng yaqini 2019 yilgi futbol mavsumidan amal qilishi shart edi. Aks holda adolat mezonlari buziladi.

Qarang, mavsum boshida PFL bir klubga «sen 13-o‘rinni olsang, oliy ligadagi o‘rningni saqlab qolasan» deb aytmoqda. Mavsum tugashiga 4 tur qolganda esa, «yo‘q, sen shu o‘rinda qolsang, birinchi ligaga tushib ketasan» deyapti. Tasavvur qilyapsizmi, bunday holatni qayerda ko‘rgansiz? Men hech qayerda ko‘rmaganman!

Albatta, ba’zi mulohazalarni eshitdim, o‘sha o‘rtamiyona klublar harakat qilishlari lozim edi, yuqori o‘rinlar uchun kurashish kerak edi, ana o‘sha beg‘amligi uchun jazolanyapti, deganlar ham bo‘ldi. Nafaqat muxlislar, jurnalistlar tomonidan ham yangradi bu fikrlar. Ammo qarang, biz reglament va adolat haqida gapirmoqdamiz, PFLning o‘zi tuzib qo‘ygan reglamentga ko‘ra, uchinchi o‘rinda turgan «Paxtakor» kelasi yilda oliy ligada o‘ynashga qanchalar haqli bo‘lsa, 12-o‘rinni egallab turgan «Dinamo» ham xuddi shunday haqlidir, zarracha kam emas. Chunki har ikki jamoa reglamentda oliy ligada qolish huquqini beradigan o‘rinni egallagan bo‘lib chiqadi, bu o‘rin uchinchimi, o‘n ikkinchimi umuman farqi bo‘lmaslik kerak.

Axir masalan, o‘sha «Dinamo» yoki «Neftchi» haqida gap borganida, biz ularni aslida yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan potensialda bo‘lib turib, ataylab pastda yurganlikda ayblashga haqqimiz yo‘q, to‘g‘rimi? Balki «Dinamo» 15-16 o‘rinlarni egallashdan qochib, harakat qilib, mehnat qilib, 12-o‘ringa chiqqandir, zero har qanday ligada ham jon saqlash uchun kurashadigan va yakunda buni uddalab, olqish oladigan klublar bo‘ladi-ku, to‘g‘rimi? «Bunyodkor»ga «nega chempionlik uchun kurashmading, boqi-beg‘ammisan?» deb aytish ham absurd bo‘lganidek, o‘rtamiyonalarni yoki autsayderlarni ayblash, ularni nohaq jazolash qaysi mezonlarga to‘g‘ri keladi?

Men aslida jamoalar soni ligani qizitib yuborishda katta ahamiyat kasb etmaydi deb hisoblasam ham, agar yakunda 12talik tizimga o‘tilsa, bunga ham rozi bo‘lishim mumkin. Ammo hammasi reglament va adolat prinsiplarida o‘tishi tarafdoriman. Bu yerda eng to‘g‘ri yo‘l, kelasi mavsum boshlanishida musobaqaning mos tartibini joriy qilish va masalan, 2018 yilda ligani 5 jamoa tark etadi, deb e’lon qilib qo‘yilishi shart edi, deb hisoblayman.

E’tibor bersangiz, bu yerda yana bir chalg‘ituvchi masala bor. O‘FF klublarning lisenziyalash talablari bilan jiddiy shug‘ullanadi va talabga javob bermaydigan klublar oliy ligaga qo‘yilmaydi. Ya’ni, jamoalar sonining qisqarishi aslida klublarning yangi oliy ligaga mos kelmayotgani bilan bog‘liq, deyilmoqchi. Esingizda bo‘lsa, 2004 yilda xuddi shu tarzda lisenziyalash talablari qat’iylashtirilgan va mavsum boshida talablarga javob bermagan «Qo‘qon» va «Do‘stlik» klublari oliy ligadan chiqarib yuborilgandi.

Bugungi holatni aslo 2004 yildagi voqeaga o‘xshatib bo‘lmaydi. O‘shanda oliy liga klublari soni fikslanmagan, ya’ni agar «Qo‘qon» yoki «Do‘stlik» tekshiruvdan o‘tganida, oliy ligaga qo‘yilar edi. Jamoalar talabga javob bermagan va oliy ligani tark etishgan. Hozir esa, kelasi mavsumda 12 jamoa ishtirok etadi, deyilyapti, «lisenziya talablarini bajarmaganlar qo‘yilmaydi» deyilmayapti. Ya’ni, yakunda 14 jamoa qo‘yilgan shartlarni bajarsa-da, ikkitasi qolib ketadi. Oliy ligani bu yil 13-o‘rinda yakunlagan shartli «Qizilqum» barcha shartlarni bajargan taqdirda ham, agar 12talikdagilar butun qolsa, 1-ligaga ravona bo‘ladi, tushunyapsizmi?

Tushunmayapsiz. Albatta, yangi rahbarlarning futbolimizda keskin o‘zgarishlar qilib yuborishga bo‘layotgan harakatlarini ko‘rib turibman. Masalan, UzReport telekanali bilan yangi shartnomalar haqida xabarlar chiqdi, bunga faqat qarsak chalish mumkin. Ammo agar qarorlar shoshilinch chiqaversa, agar go‘yoki hammaga yoqadigan islohotlarning zamirida adolat va qonun tarozisi buziladigan bo‘lsa, bunday harakatlar populizmga o‘xshab qoladi.

Ha, terma jamoaga chet ellik murabbiy olib kelish, futbolchini bir yilga, hakamlarni bir umrga haydash, oliy liga jamoalar sonini qisqartirish - bularning hammasi ko‘pchilik anchadan beri aytib kelayotgan masalalar, to‘g‘ri. Ro‘yxatni yanada davom ettirib, aytaylik, Babayanni bir umrga mamlakatdan chiqarib yuborish, Sergeevni o‘n besh sutkaga qamash mumkin. Ishoning, bu qarorlarni ham qo‘llab-quvvatlaydiganlar yanada ko‘proq topiladi, ana shunda, o‘sha ellik besh millionlik jarimani to‘lagan buxorolik suxandondan farqimiz qoladimi? O‘sha suxandonning ishi ham ko‘pchilikka yoqdi, nima dedingiz?

Esingizda bo‘lsa, 1992 yilda bo‘lib o‘tgan ilk chempionatimizda ikki chempion e’lon qilib yuborilgan. G‘alati. «Paxtakor» va «Neftchi» o‘shanda bir xil ochko to‘plagandi. To‘plar nisbati va g‘alabalar soni bo‘yicha, «Paxtakor» oldinda, o‘zaro o‘yinlarda esa, farg‘onaliklar ustun edi. Adashmasam, mavsum boshidagi reglamentda bunday holat e’tiborga olinmagan bo‘lishi kerakki, o‘sha qoida ishga tushib, bu jamoalardan kuchlisini aniqlab bera olmagan. O‘shanda hali nomiga «professional» tamg‘asini qo‘yib olmagan oliy liga ijroiya qo‘mitasidan kimdir chiqib, «yo‘q, to‘plar nisbatiga qaraymiz» deb «Paxtakor»ni chempion qilib yuborgani «Neftchi»dan istihola qilgandir.  

Ammo bugun «Neftchi»dan istihola qilishmayapti.

Qahramon Aslanov

Manba: kun.uz
Kiritildi: 10:06, 31.10.2017. O'qildi: 4177 marta. Fikrlar: 14 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.