Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • 2:0
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • 1:2
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • 0:1
      • Lasio
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:1
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Espanyol
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Selta
  • AFC U-23
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • 1:0
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • 1:1
      • Iroq
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Napoli 19 39
4 Roma 20 39
5 Yuventus 19 36
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 19 22
14 Parma 19 21
15 Kalyari 19 19
16 Lechche 19 17
17 Jenoa 19 16
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Germaniyada futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan o‘zbekistonlik iqtidor bilan intervyu

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Germaniya futboli ta’rifini butun dunyo eshitgan. Nemis o‘yinchilariga hamma havas bilan qaraydi. Millionlar o‘yini bo‘yicha aynan Germaniyada tahsil olishni orzu qiladiganlar ham bisyor.

Davron Qoriyev shunday orzusi ro‘yobga chiqqan hamyurtlarimiz sirasiga kiradi. Yaqinda 14 yoshni qarshilagan iqtidor egasi Germaniyadagi Jugend-Fussball Leistungzentrum futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Yosh yigitchaning olmon o‘lkasiga qanday borib qolganini esa, yaxshisi, uning o‘zidan eshitganingiz ma’qul. Avvalo, qo‘shimcha qilishimiz kerak, Davron bilan yozgi ta’tilning so‘nggi kunlari hamsuhbat bo‘lgandik.

BIRINCHI USTOZ

- Davron, birinchi navbatda, futbolga qanday oshno tutinganingiz haqida so‘zlab bersangiz. Sizda sportning bu turiga aynan qachon alohida havas tug‘ilgan?

- Hammasi oilaviy muhitdan boshlangan. Esimni tanibmanki, to‘pga eng sevimli o‘yinchoq sifatida qaraganman. Otam - millionlar o‘yinining ashaddiy shinavandasi. Xullas, bo‘sh vaqt yuzaga kelsa, bas, men va akam bilan birga to‘p tepardi.

Umuman, aynan dadamni birinchi ustozim sifatida bilaman. Zero, ko‘p narsalar, ayniqsa, fintlarni undan o‘rganganman. Har bir harakatini diqqat bilan kuzatib, keyin takrorlashga intilardim.

Shu bois, 7 yoshda «Paxtakor» futbol maktabiga borganimda, mashg‘ulotlarda uncha qiynalmadim. U yerda Dmitriy An qo‘l ostida shug‘ullandim.

O‘yinim murabbiyimizga yoqdi, shekilli, keyinchalik meni jamoa sardori etib tayinladi. «Paxtakor» maktabida 6 yil tahsil olgach, ko‘rikdan o‘tish uchun Germaniyaga yo‘l oldim.

XORIJ

- Futbol mashg‘ulotlarini nemislar o‘lkasida davom ettirish tashabbusi kimdan chiqdi?

- Murabbiylarimiz tavsiyasiga binoan, otam bilan Jugend-Fussball Leistungzentrum maktabiga bordik va ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgach, o‘sha yerda qoldim.

- Hali juda yoshsiz, yurtdan uzoqda o‘qish og‘irlik qilmayaptimi?

- Albatta, Vatandan yiroq bo‘lish qiyin. Xususan, Germaniyaga borgach, dastlabki kunlar tezroq ortga qaytishni xohladim. Lekin professional futbolchi bo‘lish, niyatga erishish uchun har qanday murakkabliklarga chidash kerak.

Qolaversa, yaqinlarim yordam berishdi, oila a’zolarim bilan har kuni gaplashib turdim. Ayniqsa, ota-onam dalda bo‘lishdi. Aksariyat jahon yulduzlari bolaligi shunga o‘xshash murakkab o‘tgan. Hamma ularga o‘xshashni orzu qiladi, shu jumladan, men ham.

- Hammasiga qo‘l siltab, uyga qaytishni istagan vaqtlaringiz ko‘p bo‘ladimi?

- Deyarli har kuni takrorlanadi (kuladi). Begona yurtga ko‘nikish oson emas. Ob-havo boshqacha, o‘zbekcha gaplashadiganlar yo‘q. Bitta o‘zbekcha ibora eshitishga zor bo‘lasiz.

Muhimi, asta-sekin hammasiga ko‘nikdim. Maktabimiz juda yaxshi, sharoitlar havas qiladigan darajada. Bizdan talab qilinadigani - ko‘proq shug‘ullanish va albatta, yaxshi o‘qish.

O‘QISH

- Jugend-Fussball Leistungzentrum maktabida o‘qish jarayoni qaysi tilda olib boriladi? Bu borada qiynalmayapsizmi?

- Inglizchani yaxshi bilaman, ota-onam yoshligimdan o‘rgatishgan. Jugend-Fussball Leistungzentrum maktabida tahsil olish uchun esa nemischani ham o‘rganishga to‘g‘ri keldi.

Hozir bu tilda bemalol so‘zlashyapman, o‘qiyapman, xullas, bu borada hech qanday muammo yo‘q. Ammo bilim yurtida loaqal bir nafar o‘zbekistonlik o‘rtog‘im o‘qiganida, zarar qilmasdi (kuladi).

- O‘zimizdagi futbol maktablari va Jugend-Fussball Leistungzentrum o‘rtasida qanday farq bor?

- Bizda ham mashg‘ulotlar yaxshi olib boriladi. Ammo nemis futboli bilan taqqoslaganda, tafovut bor, baribir. Meni hammasidan ko‘proq hayron qoldirgani, Jugend-Fussball Leistungzentrumda nafaqat futbol, balki maktab darslariga ham talab yuqori.

Agar biror fanni o‘zlashtirishda qiynalsangiz, murabbiylar avvalo, mashg‘ulotlar emas, darsga e’tibor qaratishni so‘rashadi. Xullas, o‘quvchi darslarni o‘zlashtirmay turib, futbol bilan xotirjam shug‘ullanolmaydi. Boshqacha aytganda, birinchi navbatda, yaxshi o‘qish talab qilinadi, keyin futbol.

- Buning sababi nima? Axir futbol maktabining asosiy vazifasi iqtidorli o‘yinchilarni tarbiyalash emasmi?

- Shunday, lekin maktabda tahsil olgan barcha tarbiyalanuvchilarning professional futbolchi bo‘lishlariga hech kim kafolat berolmaydi.

Murabbiy va o‘qituvchilarimiz shu gapni ko‘p takrorlashadi. O‘zimizdan misol, har yili qanchadan-qancha yosh o‘yinchilar chiqishadi, ammo hamma ham o‘ynab ketolmaydi-ku.

Qisqasi, Jugend-Fussball Leistungzentrum maktabida bolalarni futboldan tashqari, hayotga tayyorlashga katta e’tibor qaratiladi. Zero, bitiruvchilarning futbolda omadlari chopmasa, keyinchalik istalgan oliygohda o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

- Maktabda sizdan tashqari, boshqa mamlakatlardan kelgan o‘quvchilar ham bormi?

- Ha, xorijliklar ko‘p. Deylik, Janubiy koreyalik ikki bola men bilan sinfdosh. Umuman, Jugend-Fussball Leistungzentrumga butun dunyodan bolalar kelishadi. Hammamiz ahilmiz.

NON VA TILAK

- Germaniyada ota-ona, aka-uka va yaqinlaringizni sog‘inishingiz tayin. Yana nimalarni qo‘msaysiz?

- Nonimizni. Toshkentda har kuni erta tongda issiq non bilan nonushta qilardik. Germaniyada shu narsa yetishmayapti. To‘g‘ri, kamimiz yo‘q, nonushtaga yumshoqqina bulochka berishadi. Ammo o‘zbek noniga hech narsa yetmaydi-da, baribir!

- Suhbatimiz oxirida tengdoshlaringizga nima deyishni xohlardingiz?

- Germaniyada shunga amin bo‘ldimki, ko‘p o‘qigan inson albatta, yutar ekan. Maktabimizda turli o‘lkalardan kelgan bolalar bor, ular orasida men haqimda noto‘g‘ri fikr tug‘ilmasligi uchun yaxshi o‘qishga harakat qilyapman.

Chunki chetga chiqdimmi, yurtimiz to‘g‘risida menga qarab muayyan xulosa chiqarishadi. Shuning uchun bor kuchni birinchi navbatda, o‘qishga qaratyapman.

Nemis metodikasi o‘zimizda qo‘llaniladi

Davronbek bilan suhbatimiz yakunlangach, uning otasi - Dilshod aka Qoriyevdan ham intervyu olishni joiz bildik.

Zero, bu inson nafaqat o‘z farzandiga xorijda tahsil olish imkonini berdi, balki o‘zimizda ham nemis metodikasi asosida futbol maktabi ochilishiga bosh-qosh bo‘ldi.

Yaqinda yurtimizda Jugend-Fussball Leistungzentrum filiali - Jugend-Fussball in Tashkent ish boshladi. Dilshod aka bilan suhbatimiz Davronbek haqidagi savollar bilan boshlanib, JFL mavzusida davom etdi.

- Dilshod aka, Davronni Germaniyada o‘qitish fikri qachon paydo bo‘ldi? Yaxshi bilamizki, bu oson emas...

- Har qanday ota-ona farzandlari kamolini ko‘rishni xohlaydi. Ularning qiziqishi va iqtidoriga qarab, sharoit yaratib berishga mas’ul bo‘ladi. Davron «Paxtakor» maktabida shug‘ullanib yurganida, murabbiylar uni xorijda sinab ko‘rishni tavsiya etishdi.

Ochig‘i, shunday taklif o‘rtaga tashlangach, qanday bo‘lmasin, Davronni Yevropaga olib borishni o‘ylay boshladim. Futboli rivojlangan o‘lka sifatida Germaniyani tanlab, nemis maktablarini o‘rgandim.

Bir qator ta’lim maskanlariga borib, sharoitlar bilan tanishdim. Ular orasida nafaqat futbol mashg‘ulotlari, balki tartib va o‘qitish tizimi ham ko‘ngildagidek yo‘lga qo‘yilgan Jugend-Fussball Leistungzentrum ma’qul keldi.

To‘g‘risi, Germaniyadagi boshqa maktablarni kamsitmoqchi emasman, chunonchi, nemis futbol metodikasiga ko‘ra, barcha ta’lim muassasalarida hech bir fan e’tibordan chetda qolmaydi. Ammo Jugend-Fussball Leistungzentrum alohida ajralib turadi.

- Toshkentda Jugend-Fussball Leistungzentrum filialini ochish g‘oyasi qanday yuzaga keldi?

- Olmon o‘lkasidagi shart-sharoitlarni ko‘rgach, «Nima uchun o‘zimizda ham shunday muassasa ochmasligimiz kerak?» qabilida o‘ylab qoldim. Germaniya futbol maktablari dong‘i butun dunyoga taralgan.

U yerda faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jahon futboliga ko‘plab yulduzlarni yetishtirib berishgan. Xullas, futbolning ashaddiy muxlisi sifatida mamlakatimizda ham xuddi shunday maktab bo‘lishini istadim.

Qolaversa, nemis metodikasi nafaqat futbol, balki yoshlarni shaxs sifatida tarbiyalashga katta ahamiyat qaratishi bilan ham hayron qoldirdi. Maktabga kelgan bola juda iqtidorli bo‘lishi mumkin, ammo futbol - jarohatlarga boy sport turi.

Tushunarliki, professional futbolchi bo‘lib yetishish juda qiyin. Ochig‘i, o‘zim ham bolaligimda millionlar o‘yini bilan astoydil shug‘ullanganman. Afsuski, professional tarzda faoliyat yuritish nasib qilmadi.

Mening holatimga tushgan aksariyat tengqurlarim esankirab qolishgandi: futbol o‘ynay olishmaydi, boshqa ish etagini tutish uchun esa tayinli hunarlari yo‘q. Germaniyada o‘tmishimni ko‘p esladim va Toshkentda ham xuddi shunday maktab ochishga bel bog‘ladim.

- Jugend-Fussball in Tashkent futboldan tashqari, yana nimalarga e’tibor beradi?

- Maktabimiz bolalarni faqat futbol o‘ynashga o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Bu dargohda ingliz va nemis tillarini o‘rgatadigan malakali mutaxassislar faoliyat yuritadilar.

Qolaversa, alohida metodiklar tarbiyalanuvchilarning maktab darslarini o‘zlashtirishlarini nazorat qilishadi. Bundan tashqari, suvda suzish bo‘yicha mashg‘ulot o‘taydigan murabbiy bor.

Bolalar Jugend-Fussball Leistungzentrum maktabiga kelgach, nafaqat futbol o‘ynashlari, balki a’lo baholarga o‘qishlari ham shart.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:07, 01.11.2017. O'qildi: 5810 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Наполи Rasmus Xeylund 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Интер Markus Tyuram 6
7 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
8 Комо Niko Pas 6
9 Рома Matias Soule 6
10 Парма Mateo Pellegrino 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.