Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pele: «Messi yoki Ronalduni biri-biridan kuchli demayman»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Futbol qiroli, Braziliya futbolining afsonasi - Pele yozda Moskvaga Konfederasiyalar kubogining ochilish marosimiga tashrif buyurgandi.

O‘shanda «Sport-Ekspress» nashri undan intervyu olgandi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Siz muloqot qilayotganingizda xavotirga tushadigan insonlar bormi?

- To‘g‘risi, bundaylar yo‘q. Turli vaziyatlar esa boshqa masala. Shaxsan men hujjatlarga imzo chekayotganda hayajonlanaman. Rasmiy qog‘ozlardan hamon qo‘rqaman. Xayriyatki, insonlar bilan bunday emas.

- Har kuni telekanallar, nashr-lardan sizga so‘rov tushadi. O‘zingiz kim bilan intervyu uyushtirishni istardingiz?

- Bundaylar ko‘p. Sportchilar, artistlar, jamoat arboblari va hattoki, siyosatchilar bor.

- Masalan?

- Muhammad Ali. Afsuski, endi buning iloji yo‘q. Lekin u bilan gaplashishni juda istardim. Shuningdek, «Formula-1» poygachisi Mixael Shumaxerdan intervyu olishni xohlardim. U o‘z ishining ustasi.

Hamma nima desa ham Krishtianu Ronalduni hurmat qilaman. Albatta, u qatori Messi bilan ham suhbatlashishni xohlardim. Sportdan tashqarida Donald Tramp bor.

U bilan ajoyib intervyu chiqardi. Chunki u oson vaziyatda emas. Trampdan o‘zini qanday his qilayotgani, qanday hissiyotlarga berilayotganini so‘rashni istardim.

- Moskvaga soat ishlab chiqaruvchi Hublot kompaniyasi vakili sifatida tashrif buyurdingiz. Agar vaqtni to‘xtatib, ortga qaytarish imkoniyati bo‘lganida faoliyatingizning qaysi lahzalariga qaytardingiz?

- Qiyin savol. Chunki, hayotimda bunday holatlar juda ko‘p. Hamisha vaqtning qadriga yetganman. Futbolchi uchun vaqt o‘ta qadrli omil. Gol urish uchun lahzalarni iqtisod qilishingizga to‘g‘ri keladi. Agar qaytishni istasam, gol urgan lahzalarimga qaytardim.

- Rossiyada necha marta bo‘lgansiz?

- Olti yoki yetti marta, hisobdan ham adashdim. Birinchi bor kelganimda siz tug‘ilmagandingiz, 1965 yil.

- Aniq.

- Lekin o‘shandan buyon bir necha marta keldim.

- Nimalarni ko‘p eslaysiz?

- Gollarni, axir futbolchiman-ku. Juda yoqimli xotiralar. Umuman olganda, Rossiya va Braziliyaning aloqalari yaxshi. Garchi geografik jihatdan uzoqda joylashgan bo‘lsakda, futbol va boshqa sohalarda qarashlarimiz yaqin.

- Rossiyada eng yaxshi narsa?

- Do‘stlar.

- Odatda, braziliyaliklar sovuq haqida gapirishadi.

- Men uchun Rossiya - bu do‘stlar. Lev Yashin ulardan birinchisidir. Hozir uning rafiqasi Valentina bilan muloqot qilib turaman. Bu men uchun katta ahamiyat kasb etadi.

- Oxirgi marta u bilan nima haqida gaplashdingiz?

- Rossiyaga necha marta kelganim haqida gaplashdik. O‘tgan davrlarni esladik va undan necha marta Braziliyaga borganini so‘radim. U esa «Pele, biror marta ham bormaganman», dedi. Keyin «Janubiy Amerikaga necha marta borgansan?» deb so‘radim.

U esa: «Yashin borgan. Men bormaganman», deb javob qaytardi. Shunda unga: «Endi sen mehmonga borasan», dedim. Keyingi safar Braziliyada uchrashishga kelishib oldik.

- Unga qayerlarni ko‘rsatasiz? «Marakana», Iso Masih haykali?

- Iso Masihning haykalini shundoq ham ko‘rsatishadi. Lekin men San-Paulo shtatidagi Santos shahrida yashayman. Shunday ekan, o‘z shahrimning diqqatga sazovor joylarini ko‘rsataman.

- Odamlar oldingi davr qahramonlarini zamonaviy qahramonlarga solishtirishni yaxshi ko‘rishadi. Yashinni hozirgi davr darvozabonlaridan kimga qiyoslagan bo‘lardingiz? Balki Buffongadir?

- Darvozabonlarni solishtirish oson. Ammo hujumchilarni tenglashtirish qiyin. Chunki, futbol o‘zgaryapti. Darvozabon baribir, darvozabon bo‘lib qolaveradi. Oldingidek, reaksiya, intuisiya, maydonni ko‘rish qobiliyati kerak.

Braziliyada Jilmar eng yaxshi darvozabon hisoblanadi. U bilan ikki marta jahon chempionatida g‘olib chiqqanmiz. Lekin shaxsan men uchun Yashin eng yaxshi bo‘lib qolaveradi. Butun davrlar uchun.

- Aytishlaricha, JCH-1970 sizning eng yaxshi turniringiz ekan. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Yaxshi savol. 1958 yili Shvesiya­da bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 17 yoshda edim. Jamoa tarkibiga endi chaqirilgandim va tajribam yo‘q edi. Bir tarafdan qiyin bo‘lgan bo‘lsa, boshqa tomondan oson kechgan.

Chunki hech qanday ma’suliyat yo‘q, siz eng yoshisiz, terma jamoa­da o‘ynash orzungiz ushalgan. Mas’­­­u­liyat o‘sha paytning buyuk o‘yinchilari Didi, Nilton Santoslarda edi. Oradan 12 yil o‘tib, 1970 yilgi jahon chempionatida o‘zim shunday holatga tushdim.

Faoliyatim yakunlanayotganini, oxirgi yirik turnirim va odamlar menga boshqacha nazar bilan qarayotganlarini bilardim. Mana bu haqiqiy mas’uliyat. Buning ustiga, musobaqadan oldin faoliyatimni yakunlashimni aygandim.

Shu bois ham yaxshi notada yakunlash talab etilardi. Shunday ekan, JCH-1970 men uchun eng yaxshi bo‘lishi mumkin. Lekin eng qiyini bo‘lgani aniq.

- Sizdan Messi va Krishtianu Ronaldu haqida yuz martalab so‘rashgan. Bilishimizcha, argentinalikka ko‘proq baho berarkansiz. DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:18, 06.11.2017. O'qildi: 4911 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик