Superliga 28-turida "Qizilqum" Navoiyda "Andijon"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda mezbonlar 1-daqiqadayoq oldinga chiqib olishdi. Andijonliklar himoyachisi Kristian Novak o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. Taym yakunida (45+4) Damir Temirov muvozanatni tikladi. 73-daqiqada Shoxruz Norxonov tomonidan kiritilgan gol "Qizilqum"ga 3 ochko keltirdi.
"Oltin izlovchilar" 35 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Andijon" 29 ochko bilan 11-pog‘onada.
Superliga. 28-tur
9 noyabr, yakshanba, 15:00
Qizilqum - Andijon - 2:1
Gollar: 1:0 – 1, Kristian Novak (avtogol), 1:1 – 45+4, Damir Temirov (Bektemir Abdumannonov), 2:1 – 72, Shohruz Norxonov (Dushan Miyich)
Qizilqum: Sanjar Quvvatov, Ilhom Vahobov, Davron Anvarov (Akmal Muzaffarov, 71), Shahzod Rahmatullayev (Murodali Usmonov, 90+2), Jambuli Jigauri (Shahzod Turopov, 80), Asror G‘afurov, Farhod Bekmuratov, Ilhom Kenjayev (Diyor Rahmatilloyev, 46), Bobomurod Bozorov, Shohruz Norxonov (Kamron Norqulov, 90+2), Dushan Miyich
Andijon: Erjan Tokotayev (Eldor Adhamov, 18), Abubakir Ashurov, Sunnatulloh Hamidjonov, Abdulvohid G‘ulamov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Saidumarxon Saidnurullayev, 76), Damir Temirov (Shohjahon Yorqinboyev, 76), Usmonali Ismonaliyev (Bekzod Sulaymonov, 81), Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak, Bektemir Abdumannonov (Abdurahmon Abdullayev, 81)
Ogohlantirishlar: Shohjahon Yorqinboyev (79), Dushan Miyich (82), Abubakir Ashurov (89), Doniyor Abdumannopov (90+3), Muhammadkarim Toirov (90+7)