Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

To‘g‘ri qaror va o‘zgacha yondashuv bizni maqsad sari eltishi mumkin

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston terma jamoasi kelasi oy BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu bahs O‘FF va BFA o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi bilan bog‘liq.

Uchrashuv ahamiyati past emas, aynan uning uchun terma jamoaga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi - Ro‘ziqul Berdiyev. Bundan norozi bo‘lganlar istagancha topilar, ammo sal mulohaza yuritgan kishi federasiyaning qarorini oson tushunishi mumkin.

Birinchidan, murabbiylik tajribasi deyarli bo‘lmagan Babayan eng mas’uliyatli pallada termani boshqargan ekan, nima uchun uzoq yillar «Nasaf»da barqaror ishlab kelayotgan Ro‘ziqul Berdiyevga ishonch bildirmaslik kerak? Qolaversa, bu qaror vaqtincha ekani e’lon qilingan. Demak, ortiqcha gap-so‘z ko‘paytirish shart emas.

XORIJLIK MURABBIY

O‘zbekiston terma jamoasini xorijlik mutaxassis boshqarishi ehtimoli haqida ko‘p eshitdik. Ammo Osiyoga yuqori saviyali murabbiy olib kelish oson emas. To‘g‘ri, bu borada bizda tajriba yetarli.

Masalan, «Bunyodkor»da kimsan Ziko va Skolari ishlab ketishgan. Ularning foydasi ko‘p tegdi, xususan, Luiz Felipe yurtimizda faoliyat yuritgan kezlari futbolchilarimizda o‘sish kuzatilgandi. Xo‘sh, mana shunday murabbiylarni yana jalb etish mumkinmi? Albatta, mumkin.

Biznes olamida bir gap bor - pul bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalani katta pul hal qiladi. Qaysidir xorij nashri tomonidan xabar qilinganidek, Skolari «Bunyodkor»­da ishlab yurgan vaqtda dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiyi bo‘lgan. Shunday ekan, bu ishni yana bir bor uddalash hech gap emas.

Muhimi, zarur mablag‘ ajratilsin. O‘zbekiston futbol federasiyasining yangi rahbariyati qisqa muddat ichida ko‘p joyda bo‘lgani va qator kelishuvlarga erishganini inobatga olsak, pul bor. Har holda, yaqin yillar ichida moliyaviy masalalar katta muammo tug‘dirmasa kerak.

Shu bois ham O‘FF dastlab terma jamoaga yangi bosh murabbiy faqat xorijdan chaqirilishini qo‘rqmasdan e’lon qilgandi. Shunga monand matbuotda Frank de Bur hamda Gus Xiddinklar nomi paydo bo‘lgandi. Ochig‘i, shaxsan o‘zim Yevropadan nomdor murabbiy kelishiga hamon ishonaman. Ammo hozir emas, sal keyinroq.

MAVRID

Har qanday ishning bemavrid bo‘lgani yomon. O‘sha uzoq kutilgan «mavrid» qachon kelishini esa taxminan bilib olish qiyin emas. Gap shundaki, futbol olamida puldan tashqari bosh-qa masalalar ham bor.

Mo‘may mablag‘ evaziga ishlaydigan odamni topish qiyin emas, faqat bir shart bilan - avvalo, o‘sha yumushning o‘zi topilishi lozim. O‘zbekiston milliy jamoasida esa hozir qanday ish bo‘lishi mumkin?

JCH saralashi tugagan va hatto 2019 yilda o‘tadigan Osiyo kubogi saralashi ham yakunlangan. Demak, ikki yil bo‘lmasa, yaqin bir yarim yil davomida termamizda qiladigan ishning o‘zi yo‘q.

Shunday ekan, faqat BAA bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yini uchun millionlarga (xorijiy valyutada) mutaxassis olib kelinmaydi-ku, to‘g‘rimi?

Biz yangi murabbiyni ko‘ramiz, ammo buning uchun hech bo‘lmaganda Rossiyadagi jahon chempionati o‘tib olishi lozim. Keyin yangi to‘rt yillik sikl boshlanadi.

Termamiz o‘sha bosqichga boshqa mutaxassis qo‘l ostida kirishishi mumkin. Ana o‘shanda navbatdagi to‘rt yillikning eng muhim pallasi keladi - qaror to‘g‘ri qabul qilinsa, nihoyat, 2022 yilgi mundialga chiqamiz. Aks holda...

O‘FFning avvalgi xatosi ham shundan iborat bo‘lgan, to‘g‘ri qaror qabul qila olmagan.

NOTO‘G‘RI QAROR

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:55, 07.11.2017. O'qildi: 3319 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик