Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bosh rolga hakamlar chiqqan «uik-end» qanday o‘tdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu galgi «uik-end» nafaqat murosasiz olishuvlar, balki hakamlikdagi xatolarga ham boy bo‘ldi.

APL. Joze bilan Arsen bir yonda

Xosep bilan Konte taqdir taqozosi bilan 11-tur London va Manchester grandlarining o‘ziga xos «duel»i ko‘rinishini oldi - poytaxtda «Chelsi» «MYU»ni qabul qilgan bo‘lsa, «Siti» va «Arsenal» Manchesterda o‘zaro hisob-kitob qilishdi.

Ayniqsa, «shaharliklar» va «to‘pchilar» o‘rtasidagi bahsning birinchi yarmi hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi. Markazda mezbonlar tomonidan tashkil etilgan hujumkor uch burchak mehmonlar himoya chizig‘ini qiymalab tashladi.

Aguero o‘ta qulay vaziyatda to‘pni yaqin burchakka yo‘llay olmadi, Sterling esa Sanening ajoyib uzatmasini yo‘qqa chiqardi. Shu bois, tanaffusga yirik hisob bilan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan maydon egalari Kevin de Bryuynenig yagona goli bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldilar. Ikkinchi bo‘lim yanada qiziqarliroq lahzalarni hadya etdi.

Jumladan, uchrashuv hakami Nacho Monrealni Rahim Sterlingga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan deb topib, «Arsenal» darvozasiga penalti belgiladi. Uning bu qarori «to‘pchilar» bosh murabbiyiga yoqmagani turgan gap. O‘yindan keyin Venger Sterlingni «mohir sho‘ng‘uvchi» sifatida e’tirof etdi. Rahimning ongli ravishda to‘qnashuvga intilgani - fakt.

Lekin Monreal nafisroq, ehtiyotkorlik bilan harakat qilganida penalti bo‘lmasligi aniq edi. Keyinroq Sterling ajoyib imkoniyatni yo‘qqa chiqardi: ikki hujumchi bir himoyachiga qarshi qolgan vaziyatda to‘pni Sanega aniq uzata olmadi. Lavhani diqqat bilan kuzatib turgan Gvardiola g‘azabdan qo‘lidagi suv idishini uloqtirib tashladi.

Uchrashuvning yakuniy qismida qanot hakami Styuart Bart bosh qahramonga aylandi. U yaqqol «ofsayd» holatida turgan David Silva hamda Gabriel Jezusni payqamay qoldi. Holat shu qadar aniq ediki, jamoalar ikki soniyaga to‘xtab qolishdi.

Keyin «shaharliklar» uchinchi golni urishdi. O‘yin taqdiri hal bo‘lgan pallada ham Arsen asabini jilovlay olmadi. U «Arsenal» mag‘lubiyati haqqoniy emasligini ta’kidlab, hakamlardan nolidi.

Xosep esa o‘z navbatida hakamlikdagi xatolar futbolning bir qismi ekaniga urg‘u berib, «to‘pchilar»ning «Bernli» darvozasiga urgan nohaq gollarini eslatdi. Xullas, mazkur g‘alabadan keyin «Siti» 31 ochko to‘plagan holda yetakchilik mavqeini yanada mustahkamlab oldi.

«Stemford Bridj»dagi bahs arafasida Joze Mourinyo boshqalarga o‘rnak bo‘lishga intilgandi: «Mening o‘rnimda murabbiylar allaqachon Pogbaning jarohati xususida bong o‘rgan bo‘lishardi. U anchadan buyon safda emas. Bu bizga xalal beryapti.

Biroq men bu borada og‘iz ochmadim. Balki, gapirsam yaxshiroq bo‘larmidi?». Nima ham derdik, balki bu «Benazir»ning o‘ziga xos muhofaza qalqonidir? Nima bo‘lganda ham, «MYU» bu uchrashuvga kuchli jamoalarga qarshi qo‘llaydigan uslubi - nursiz durangni ko‘zlagan holda keldi. Biroq har qanday mukammal rejada ham qandaydir zaiflik bo‘lishi mumkin.

«Qizil iblislar»ning mazkur bahsdagi zaif jihatlari - N~Golo Kantening safga qaytganligini hisobga olmaganliklari. Fransiyalik yarim himoyachi yo‘qligida «ko‘klar»ning hujumlariga keskinlik yetishmayotgandi.

Endi u o‘z o‘rniga qaytgach, Fabregasning hujum tashkil etish imkoniyati sezilarli darajada oshdi. Albatta, asosiy e’tibor himoyaga qaratiladigan yopiq o‘yinlarda har ikki tomonda ham g‘alaba qozonish imkoniyati bo‘ladi.

Mezbonlar butun o‘yin davomida, ayniqsa ikkinchi bo‘limning boshlarida faolroq bo‘lishdi va hisobda oldinga chiqib olishdi. Bahsdan keyin Mou Antonio Kontening qo‘l berib xayrlashmagani va izsiz g‘oyib bo‘lganini ma’lum qildi.

«Tvitter»da esa asosan statistik ma’lumotlar joy olgan: «Stemford Brij»dagi 3 uchrashuvda Mourinyoning «MYU»si birorta gol urolmagan, uch marta ham mag‘lubiyatga uchradi.

Kuchli oltilikdagi jamoalarga qarshi o‘tkazilgan 11ta o‘yinning 6tasida «MYU» imkoniyatni boy bergan, 5ta uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Aytgancha, Antoni Konte portugaliyalik kasbdoshiga javob qaytardi. Ochig‘i, u nima demoqchi bo‘lganini tushunmadik: «O‘zaro hurmatni maydon tashqarisida emas, balki uning ichida namo­yish etish kerak». Qiziq, balki Konte boshqacharoq fikr bildirgandir?

La-liga. Messi «0», Suares «0» Hozircha qo‘rqinchli emas

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:50, 10.11.2017. O'qildi: 2848 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик