Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Nasaf»: Muhim o‘yinda ishonchli g‘alaba va ikkinchi kumush medal!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Nasaf
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Nasaf” bugun o‘z maydonida juda muhim uchrashuvni o‘tkazdi. Yil o‘yini maqomiga ega bo‘lgan uchrashuvda qarshiliklar “Paxtakor”ni yirik hisobda dog‘da qoldirishdi.

Bu g‘alaba, “ajdarlar”ning oliy ligadagi 350-g‘alabasi bo‘ldi. Shuningdek “Nasaf”, o‘z tarixidagi ikkinchi kumush medalni va OCHL-2018 yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvni mehmonlar katta tashabbus bilan boshlashdi. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat ham “Paxtakor” jamoasi tomonidan tashkil etildi. Bu holat stadionga tashrif buyurgan futbol ishqibozlarining xavotirini ikki hissa ortirgan bo‘lsa, ajab emas.

Ammo futbolchilarimiz o‘yin tizginini sekin asta qo‘lga kirita boshlashdi. Endi jamoamiz raqibini ko‘proq to‘psiz qoldira boshladi. Bu albatta “Paxtakor” o‘yinchilarining asabiylashishiga sabab bo‘ldi. Bu esa jamoamiz uchun juda qo‘lay edi. Ammo birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarigacha tablodagi hisob 0:0ligicha o‘zgarmasdan qolaverdi.

44-daqiqada o‘ng qanotdan tashkil etilgan hujumda Bahrom Abdurahimov ikki himoyachi orasidan to‘pni Bobir Abduxoliqovga oshirib berdi. Abduxoliqovni himoyachilar bee’tibor qoldirishdi. U to‘pni bir zarba bilan Lobanov qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi – 1:0.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni mehmonlar negadir sustroq boshlashdi. Futbolchilarimizning esa g‘alabaga bo‘lgan katta ishtiyoqi tufayli yana hujumlarga zo‘r berildi.

Ikkinchi bo‘limning 15-daqiqasi o‘tib borayotganda tashkil etilgan hujum, samara berdi. Bu vaziyatda o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilib bergan to‘pni himoyachi Hojiakbar Alijonov qo‘li bilan o‘ynadi. Uchrashuv hakami “Paxtakor” darvozasiga penalti belgiladi. Penaltini Dragan Cheran juda xotirjam tarzda golga aylantirdi – 2:0.   

Bu hisob futbolchilarimizni ham, stadionga tashrif buyurgan muxlislarni ham kayfiyatini ancha ko‘tarib yubordi. Endi o‘yinchilarimizni to‘xtatishga “Paxtakor” o‘yinchilarining kuchi yetmay qolgan edi. O‘yin shunday tarzda davom etayotgan bir paytda, Aleksandr Lobanov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U jamoadoshidan to‘pni qabul qilib oldi va xotirjam tarzda to‘pni oyog‘iga o‘nglab olmoqchi bo‘ldi, vaziyatga yaqin turgan Abdurahimov to‘pga zarba berdi, to‘p esa darvoza to‘riga borib tushdi – 3:0.

Bu hisob o‘yin taqdirini hal qilgan edi. Ammo futbolchilarimiz bu hisob bilan ham qanoatlanishmadi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan tezkor o‘yinchimiz Islom Kenjaboyevda gol urishga ayniqsa ishtiyoq kuchli bo‘ldi. U bir necha marta Lobanovni sarosimaga solishga ham ulgurdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqada bu tezkor va tirishqoq o‘yinchimiz jamoamizning 4-goliga hammualliflik qildi. U chap qanotdan katta tezlik bilan darvozaga yaqinlashib bordi va zarba berdi, ammo to‘pni Lobanov qaytardi, qaytgan to‘pni Cheran darvozaga joylab qo‘ydi – 4:0.

Uchrashuv ana shu hisobda yakunlandi.

Shunday qilib, muhim uchrashuvda “Nasaf” “Paxtakor”ni yirik, 4:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Ofarin!

Bugungi uchrashuvda stadionga tashrif buyurgan jamoamiz muxlislarining ham hissalari katta bo‘ldi. Ular bugun haqiqiy 12-o‘yinchi rolini ado etishdi.

“Nasaf”ga shunday muxlislik qiling, “Nasaf” esa faqat SIZ uchun o‘ynaydi! Klubimiz shunday muxlislari bilan doimo faxrlanadi!

Chempionatning so‘nggi uchrashuvini jamoamiz safarda “Navbahor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zPFL 29-tur

“Nasaf” (Qarshi) - “Paxtakor” (Toshkent) 4:0 (1:0). 18574 tomoshabin

19.11.2017. “Markaziy” stadion. 14:00da

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Obid Jumayev,  Ruslan Samandarov (Navoiy)

Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro).

Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent).

PFL vakili: Bobur Xaydarov.

Gollar: Bobir Abduxoliqov, 44’-1:0, Dragan Cheran (pen.), 60’-2:0, 90+1’-4:0, Bahrom Abdurahimov, 77’-3:0.                             

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov (s), 6.Azizjon G‘aniyev (10.Dilshod Rahmatullayev 88), 7.Odil Hamrobekov, 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 34.Farruh Sayfiyev, 45.Bobir Abduxoliqov (20.Islom Kenjaboyev 64), 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov (4.Maqsud Karimov 80), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 15.SHaxboz Erkinov, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov.

“Paxtakor”:12.Aleksandr Lobanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 8.SHerzodbek Karimov (22.Jasur Yaxshiboyev 60), 10.Jamshid Iskandarov, 11.Igor Sergeev, 21.Kamoliddin Tojiyev (s), 29.Vladimir Kozak, 52.Gidi Konyuk (17.Suhrob Nurillayev 60), 55.Marko Simich (70.SHerzod A’zamov 77), 77. Tiago Bezerre, 80.Rostin Griffits.

Zaxira: 25.Eldorbek Suyuyunov, 7.Azimjon Axmedov, 24.Davron Hoshimov, 71.Zabihillo Urinboyev.  

Ogohlantirish: Akmal Shorahmedov (27) – Marko Simich (27), Sherzodbek Karimov (31).

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 19:55, 19.11.2017. O'qildi: 3773 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик