Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Slaven Bilich yoki Bert van Marveyk? Stop, O‘zbekiston futboliga murabbiy kerak!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Avvalroq xabar berib o‘tganimizdek O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa (MTJni JCH-2018 musobaqasi guruh bosqichiga olib chiqish) ni uddalay olmagani uchun iste’foga chiqarilgandi.

Keyinchalik O‘FF MTJning yangi murabbiyi chet eldan bo‘lishi haqida xabar berib, terma jamoaga vaqtinchalik “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyevni murabbiy sifatida tayinlagandi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi bugun, 23 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo‘yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borayotgani haqida rasman e’lon qildi.

Demak, O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar qatorida faoliyati davomida Rossiya, Polsha, Xitoy va BAA chempionatlarida faoliyat olib borgan 49 yoshli ruminiyalik Dan Petresku hamda Fransiya, Serbiya, Ukraina, Rossiya chempionatida harakat qiluvchi ko‘plab klublarda ishlagan 64 yoshli serbiyalik Slavolyub Muslin kabi mutaxassislar mavjud.

Shuningdek, Toshkentning “Paxtakor” hamda Moskvaning “Dinamo” kabi klublaridagi faoliyati orqali o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan 50 yoshli chernogoriyalik mutaxassis — Miodrag Radulovich ham mazkur nomzodlar qatoridan o‘rin egallagan.

Shu bilan birga, italiyalik 52 yoshli murabbiy Anjelio Alessio (“Napoli”, “Yuventus”, “Chelsi” klublari va Italiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan), germaniyalik 54 yoshli Bernd Shtork (“Shtutgart”, “Volfsburg”, “Borussiya” Dortmund klublari, Qozog‘iston, Vengriya terma jamoalarini boshqargan) va xorvatiyalik Branko Ivankovich (Eron milliy terma jamoasi, “Al-Ittifoq”, “Al-Vahda”, “Persepolis” klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan) bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Angliyaning “Vest Xem” klubi sobiq murabbiyi Slaven Bilich, “Napoli”, “Inter”, “Uotford” kabi klublarni boshqargan italiyalik 56 yoshli mutaxassis Valter Massari, “Feynord”, “Borussiya” Dortmund, “Gamburg” klublari va Gollandiya, Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalarda faoliyat yuritgan gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk ham muzokaralar olib borilayotgan mutaxassislar orasida mavjud”, deya yozmoqda O‘FF Matbuot xizmatining rasmiy sahifasi.

O‘FF o‘z va’dasiga muvofiq chet eldan murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda, lekin yuqoridagi murabbiylar qatorida deyarli barchasi o‘z kasbini yuqori malakali mutaxassislari, deya olmaymiz.

Agar Bert van Marveykning Saudiya Arabistonini jahon chempionatiga olib chiqqanini inobatga olmasak, Slaven Bilich kuni kecha yomon natijalari sabab “Vest Xem”dagi o‘rinin bo‘shatib qo‘ydi.

Miodrag Radulovich va boshqa nomzodlarni ham shaxsan O‘zbekiston MTJda murabbiy sifatida ishlab keta olishlariga ishonish qiyin.

Eng yaxshi yo‘l — yuqoridagi murabbiylar nomzodidan voz kechib, boshqa ishsiz yurgan yoki shartnomasi yaqinda yakunlanadigan kuchliroq mutaxassisni izlab topib, uning oldiga 4 yillik shartnoma va O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2022 musobaqasiga olib chiqish vazifasini jiddiy tarzda yuklatish darkor.

Aks holda, o‘zbekistonlik futbol muxlislaring JCHga chiqish orzulari yana uzoq yillarga cho‘zilishi mumkin.

O‘FF rahbariyatidan bu masalada uzoqroq va puxta o‘ylab qaror qabul qilish kerakligini so‘ragan bo‘lardik.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 19:27, 23.11.2017. O'qildi: 10255 marta. Fikrlar: 23 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик