Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Niyatlar nomlarda namoyon yoki uchinchi davra mexanizmiga munosabat

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Istiqlol davri islohotlari mamlakatimiz hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Mustaqillik qadrini biladigan, erkinlik kayfiyatidan huzurlanadigan xalqimiz endilikda farovonlik marralarini zabt etish uchun astoydil mehnat qilmoqda.

Mustabid mafkurani eslatuvchi nomlar va atamalardan xalos bo‘lganimiz bois, bunyodkor xalqimiz ayrim qiyinchiliklarni nazar-pisand qilmay, dadil olg‘a bormoqda.

Afsuski, harchand istamaylik, futbolimizdagi islohotlar biz kutgan natijani bermadi. O‘ylaymizki, bu xulosa OCHL mavsumini a’lo darajada yakunlanishiga munosib hissa qo‘shgan Ravshan Ermatov yutuqlariga soya solmaydi aslo.

Zero, Ravshan Ermatov fenomeni - futbolimizdagi alohida va istisno hodisa.

Natijasizlik xususida mulohaza yuritilganida, asosan milliy jamoamiz va yetakchi klublarimizning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki nazarda tutilgani ma’qul.

Navbat yangi konsepsiyaga

Natijasizlik, ya’ni milliy jamoamizning jahon chempionati final bosqichiga chiqolmayotganidan muxlislar anchadan buyon aziyat chekishadi. Mazkur muammo sababi esa oliy ligadagi nosog‘lom muhit bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘pchilikka ayon.

Demoqchimizki, o‘zgarish borasidagi farmon va qarorlarga qaramay, oliy va birinchi ligada shu paytga qadar sho‘ro mafkurasidan ko‘chib o‘tgan eskicha yashash ishtiyoqi, avvalgi hayotni qo‘msash kayfiyati hukm surdi.

Xo‘sh, o‘zgarishga urinish harakatlari hozirgacha nega sezilarli naf keltirmadi? Nazarimizda, buni faqat bitta sabab bilan izohlash o‘rinli: hamma futbolimiz o‘zgarishini xohladi, ammo «oliy liga» va «birinchi liga» atamalaridan voz kechish haqida o‘ylab ko‘rmadi.

Ha, ko‘pchilik «Gap nom emas, balki mohiyatning o‘zgarishida» qabilida mulohazaga boradi, chog‘i. Holbuki, nomning inson ruhiyati, hattoki, taqdiriga ham ta’siri beqiyos ekanligi isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir.

Goho betob bola ismi o‘zgartiriladiki, bu udumda ham ilohiy hikmat mujassam. Shu ma’noda oliy va birinchi liga ham bemor edi. Kasallikni davolash uchun bir qancha chora-tadbirlar qo‘llanildi.

Taassufki, har ikki liga hayotida davo tadbirlari ta’siri sezilmadi. Shunday ekan, yagona chora qolgandi. Nihoyat, shu o‘zgarishga qo‘l urildi, ya’ni oliy va birinchi liga nomi yangilandi.

Biz 2010 yili sho‘ro mafkurasi va shuning ta’siridagi yondashuvlardan xalos bo‘lmas ekanmiz, nainki o‘zimizda, balki MDH futbolida ham rivojlanish kuzatilmasligini ta’kidlab, sohaga yangi konsepsiya zarurligini dolzarb masala sifatida jamoatchilik hukmiga havola etgandik.

Biroq hamon dolzarbligini yo‘qotmagan o‘sha mulohazalar gazeta taxlamlari orasida qolib ketdi. Futbolimiz mutasaddilari o‘shanda barchasini bir farmon yoki qaror bilan o‘zgartirib yuborish mumkinligini o‘ylashdi, shekilli, bunga e’tibor qaratishmadi.

Oliy hakam - vaqt esa ilgari surilgan o‘sha mulohazalar haqligini isbotlamoqda. Ne tongki, bu haqiqat ko‘ngilni quvontirmaydi. Ko‘ngil iztirobli o‘ylar so‘rog‘idan qiynaladi: nima uchun futbol jamoatchiligi mulohazalarimizni vaqtida qo‘llab-quvvatlamadi yoki o‘zimiz o‘sha fikrlarning hayotga tatbiqi masalasida jon kuydirmadik?

Nima uchun tahririyatlar tomonidan jiddiy va jo‘yali taklif-mulohazalar, o‘rinli tanqidiy chiqishlar rasman futbolimiz mutasaddi tashkilotlariga yuborilmaydi?

OAV vakillari balki mutasaddilarning siyqayu, mazmuni avvaldan ma’lum javoblarini bilishgani bois, shu paytga qadar betaraf pozisiya tanlashayotgandir... Ehtimol. Eng muhimi, endi vaziyat o‘zgardi.

Shu jumladan, futbol nashrlari sadolarini ham tinglay boshlashdi. Yodingizda bo‘lsa, gazetamizning shu yil 7 noyabr kuni chiqqan 89-sonida «Islohotlar zarurati - reglamentdan ustun» sarlavhasi ostida maqola yozib, unda «oliy liga» va «birinchi liga» atamalari eskirganini aytib, har ikki divizion nomini o‘zgartirish taklifini o‘rtaga tashlagandik.

Aniqrog‘i, bu g‘oyani qaytadan dolzarb masala sifatida e’tibor markaziga olib chiqdik. Takror bo‘lsada, aytamizki, bu masala gazetamizning 2015 yil 8 dekabrda chop etilgan 87-sonida ham yoritilgandi.

O‘shanda oliy liga o‘rnida «bosh liga», birinchi liga o‘rnida esa «avangard liga» atamasi qo‘llanilishi maqsadga muvofiq kelishini yozgandik. Taklif o‘rtaga tashlaganidan 2 yil o‘tgach, uni yana qayta yoritish zarurati tug‘ildi.

Garchi futbol jamoatchiligi bu mavzuni keng muhokama qilmagan va ehtiyotkor munosabatni ma’qul ko‘rgan bo‘lsada, muammo yechimini topdi, baribir. Ya’ni har ikki liga nomi yangilandi. To‘g‘ri, yangi atamalarda baynalminal ruh kuchli.

Agar taklifimiz keng muhokama qilinganida va yangi-yangi variantlar ilgari surilganida, nomlar boshqacharoq, milliy futbol makonimizga mosroq darajada o‘zgararmidi?! Mayli, endi bunga hojat yo‘q.

Biz uchun muhimi - yangilanish sari yuz burilgani. Buning uchun futbolimiz mutasaddilariga rahmat. Ayni chog‘da aytamizki, yangilanish jarayoni oson kechmaydi.

Zero, har qanday o‘zgarish hech qachon osongina qabul qilinmagan va bundan keyin ham qarsak chalib kutib olinmaydi. Ijobiy natija berishi uchun yangilanish qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj, uning mexanizmi esa mukammallashtirilishi shart.

Bu o‘rinda super-liganing uchinchi davrasini nazarda tutmoqdamiz. Darhaqiqat, uni o‘tkazish tartibi mukammallashtirilishga muhtoj. Taklif sifatida 2 yil avval aytilgan mulohazani yana e’tiboringizga havola etamiz.

Uchinchi davra mexanizmi

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:54, 29.11.2017. O'qildi: 1832 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик