Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Pley-off» orqali mundialga yo‘l olgan va ololmagan qit’adoshlarimiz

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Avstraliya milliy jamoasi 14 noyabr kuni KONKAKAF vakili - Gonduras termasini 3:1 hisobida  yengib, JCH-2018 final raundi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa Rossiya mundialida OFK sharafini himoya qiluvchi jamoalar soni 5taga yetdi. Diqqatni tortadigan fakt shuki, Osiyo futboli tarixga aylangan avvalgi 20ta jahon chempionatining hech biriga bu qadar ko‘p vakil yubormagan.

«Sokkeruz»ni ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklash barobarida mundialga qit’alararo «pley-off» orqali yo‘l olgan va ololmagan qit’adoshlarimizga to‘xtalamiz.

JCH-30. Futbolning Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgani boshida yangi formatdagi turnir kelajagiga shubha uyg‘otgan. Bundan tashqari, Yevropaning bir qator mamlakatlari ilk turnirga jamoa yuborishni istamagan. Shular ta’sirida tarixdagi debocha jahon chempionati uchun saralash bosqichi o‘tkazilmagan. Shuningdek, Urugvay-30 mundialiga Osiyodan biror jamoa bormagan.

JCH-34. Italiyada tashkillashtirilgan hisob bo‘yicha ikkinchi JCH yo‘llanmalari taqdiri esa saralash bahslari orqali hal etilgan. Xususan, 12-saralash guruhida Afrika va Osiyo jamoalari yagona yo‘llanma uchun kurash olib borgan. Aniqroq aytsak, trio shaklidagi guruhda Misr, Falastin (Britaniya mandati ostida edi) va Turkiya jamoalari joy olgandi. Biroq turkiyaliklar so‘nggi pallada saralashdan bosh tortishadi va guruhda 2ta jamoa qoladi. O‘sha vaqt Falastin termasi tarkibida 9 nafar ingliz, 6 nafar yahudiy va bir nafargina arab futbolchisi bor edi. Xullas, misrliklar ushbu baynalminal jamoani 7:1 va 4:1 hisobida yengib, JCH-34ga yo‘l oladi. Falastin termasi gollarini Abraxam Nadelmann (birinchi bahsda) hamda Yoxanan Sukenik urishgandi. O‘yinlar esa Qohira va Tel-Avivda tashkillashtirilgan.

JCH-38. Bu safar ham 12-saralash guruhi «uchinchi dunyo» vakillari uchun ajratiladi: Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Filippin va Gollandiya Hindistoni (Indoneziya). Biroq bu jamoalar saralashda ishtirok etishni istamagani sabab, Gollandiya Hindistoni termasi kurashsiz yo‘llanma oladi. Britaniya mandati tasaruffida bo‘lgan Falastin termasi esa bu safar 6-guruhda o‘ynab, Gresiya jamoasiga yo‘l bo‘shatadi - 1:3, 0:1. Falastinliklar qaysi asosga ko‘ra, greklar bilan o‘ynashgani futbol qaydnomalarida ko‘rsatilmagan. Ayrim manbalarda taxmin qilinishicha, Falastin jamoasining so‘nggi 5 yildagi natijalari Isroil futboli statistikasiga qo‘shib yuborilgan.

JCH-50. Ikkinchi jahon urushi tufayli 12 yillik tanaffusdan so‘ng tashkillashtirilgan uchinchi mundial yo‘llanmalari jami 10ta guruhda o‘ynalgan. Osiyoda joylashgan Isroil va Suriya mamlakatlari jamoalari esa Yevropa hududidagi saralashda ishtirok etgan. Suriyaliklar 2-guruhda Turkiya termasiga 0:7 hisobida imkoniyatni boy berishadi, isroilliklar esa 3-guruhda Yugoslaviya jamoasiga bas kelolmaydilar - 0:6, 2:5. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Isroil tarixda 3ta konfederasiyaga a’zo bo‘lgan: OFK (1954-1974 yillar), OkFK (1974-1991 yillar) va UYEFA (1994 yildan buyon).

JCH-54. Shveysariya jamoasi mezbon, Urugvay termasi esa amaldagi chempion sifatida saralashdan ozod qilinadi. Qolgan 14ta chiptaning 11tasi Yevropa jamoalari (Misr, Isroil va Suriya termalari ham inobatga olinganda)ga ajratiladi. 2ta yo‘llanma taqdiriga Amerikada oydinlik kiritilgan bo‘lsa, ulkan Osiyoga 1ta chipta beriladi. Aytgancha, Vyetnam va Hindistonning saralashda qatnashish uchun arizasi rad etilgandi. Aynan o‘sha saralashdan e’tiboran jamoalarga o‘yin davomida bir o‘yinchini almashtirish uchun ruxsat berilgan.

JCH-58. Bu safar 16ta yo‘llanma quyidagicha taqsimlanadi: Yevropa - 11ta, Janubiy Amerika - 3ta, Shimoliy va Markaziy Amerika - 1ta, Afrika va Osiyo - 1ta. Isroil, Kipr va Turkiya termalari ham AFK|OFK guruhida o‘ynaydi. FIFA Efiopiya va J.Koreya jamoalarini saralashga qo‘ymaydi. Xullas, Osiyo nomidan Indoneziya, Xitoy, Avstraliya, Isroil, Suriya termalari kurashga kirishadi.  Yakunda isroilliklar yo‘llanma uchun Sudan termasi bilan o‘ynashlari kerak edi. Biroq Afrika vakili siyosiy sabablarga ko‘ra, o‘yin-dan bosh tortgach, FIFA Isroil termasini qit’alararo «pley-off»­ga ro‘baro‘ qiladi. Unda UYEFA a’zosi Uels jamoasi har ikki o‘yinni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal etadi. Natijada 1958 yilgi mundialda Osiyodan hech kim ishtirok etmaydi.

JCH-62. Osiyoga bu safar 0,5ta yo‘llanma beriladi. Yaponiya va J.Koreya termalarining o‘zaro o‘yin-larida koreyslar ustun kelishadi - 2:1, 2:0. Yugoslaviyaliklarga qarshi kechgan qit’alararo «pley-off»da esa OFK vakili hech narsa qilolmaydi - 1:5, 1:3. Bu qit’amiz vakili uchun haqiqiy ma’noda ilk «pley-off» bo‘lgandi.

JCH-66. 16ta yo‘llanmadan atigi 1tasi Afrika, Osiyo va Okeaniya mintaqalariga ajratiladi. Saralash bosqichi start olgan vaqt Okeaniya futbol konfederasiyasi hali tuzilgan emasdi. KXDRtermasi guruh raundida Avstraliya jamoasini 6:1 va 3:1 hisobida yengadi. Afrika jamoalari esa so‘nggi bosqichdan voz kechgach, Osiyo vakili Angliya mundialiga yo‘l oladi. Muhimi, KXDR termasi JCHda hammani o‘ziga qaratadi. Fakt: mundial-66 saralashida jami 51ta jamoa qatnashadi - 127ta o‘yin, 393ta gol.

JCH-70. Meksika mundialining 1ta chiptasi Osiyo va Okeaniyaga beriladi. Saralashning oxirgi bosqichida Isroil termasi Avstraliya jamoasidan ustun keladi - 1:0, 1:1. E’tiborlisi, har ikki o‘yinni avstriyalik hakam Ferdinand Marshall boshqargandi.

JCH-74. 4 yil oldingi holat o‘zgarmaydi. Ya’ni bitta yo‘llanma uchun Osiyo va Okeaniya jamoalari o‘rtasida kurash boradi. Avstraliya termasi avvalgi xatolaridan xulosa chiqarib oxirigacha kurashadi va Osiyoni mundialsiz qoldiradi. Janubiy Koreya termasiga qarshi 2ta o‘yinda ham durang qayd etilgach, qo‘shimcha bahs tashkillashtirilgandi.

JCH-78. Osiyo va Okeaniya mintaqalaridagi saralashda yana 1ta yo‘llanma taqdiriga oydinlik kiritiladi. Avvaliga 21ta jamoa 5ta guruhga bo‘linadi. 5-guruhda Avstraliya, Yangi Zelandiya va qit’amiz vakili - Xitoy Taypeyi termalari joy olgandi. Hal qiluvchi final raundiga esa Eron, J.Koreya, Quvayt, Avstraliya va Gonkong termalari chiqadi. Yakunda eronliklar ilk marta JCH chiptasini qo‘lga kiritishadi.

JCH-82. Ispaniya mundialining 24ta chiptasidan 2tasi Osiyo va Okeaniyaga ajratiladi. Quvayt termasi final bosqichida Yangi Zelandiya, Xitoy va Saudiya Arabistoni jamoalarini ortda qoldiradi. Ikkinchi yo‘llanma uchun esa guruhda bir xil ochko (7ta) to‘plagan Xitoy va Yangi Zelandiya termalari alohida maydonga tushadi va unda qit’adoshlarimiz yutqazib qo‘yishadi - 1:2.

JCH-86. Meksika mundialining sof 2ta yo‘llanmasi OFK ixtiyoriga beriladi. Okeaniya vakillari esa  0,5ta chiptani butun qilishga urinib ko‘rishadi. Biroq Avstraliya termasi qit’alararo «pley-off»da UYEFA a’zosi Shotlandiya jamoasiga bas kelolmaydi.

JCH-90. 4 yil oldingi holat: osiyoliklar 2ta yo‘llanmaga ega bo‘lishadi, okeaniyaliklarga esa yana 0,5ta chipta ajratiladi. Yakunda na Osiyo va na Yevropaga siqqan Isroil termasi qit’alaro «pley-off»ga yo‘l olib, kolumbiyaliklarga yutqazadi. Xullas, isroilliklar o‘sha yili Okeaniya nomidan ishtirok etishgandi.

JCH-94. DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:19, 30.11.2017. O'qildi: 2939 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.