Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zPFL Tartib-intizom qo‘mitasi Temur Kapadze va qator futbolchilarni jazoladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Superliga, O‘zbekiston Kubogi, Pro liga, Birinchi liga hamda U19 chempionati bahslarida yuz bergan qoidabuzarliklar ko‘rib chiqilib, tegishli jazo choralari belgilandi.

Quyida turnirlar kesimida qabul qilingan asosiy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Superliga: Temur Kapadze jarimaga tortildi

«Nasaf» — «Navbahor» (11-tur) uchrashuvidan so‘ng namanganliklar ustozi Temur Kapadze reglament talablarini buzgan holda, o‘yin qaydnomasiga rasmiy e’tiroz kiritmasdan, matbuot anjumanida hakamlikni tanqid qilgan. Qo‘mita kodeksning 77-moddasiga asoslanib, mutaxassisga nisbatan jarima jazosini qo‘lladi.

2. O‘zbekiston Kubogi: Qo‘pollik va tashkiliy kamchiliklar

  • Mahmud Jo‘raboyev («Mash’al»): Raqibning yuziga boshi bilan zarba bergani uchun 3 ta o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

  • Akmaljon Muzaffarov («Qizilqum»): To‘psiz vaziyatda raqib yuziga qo‘li bilan urgani sababli 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

  • Andrey Miklyayev («Olimpik-MobiUZ»): Yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun 2 ta o‘yinga chetlatilib, jarimaga tortildi.

  • «So‘g‘diyona» FK: Stadionda internet ta’minlanmagani bois translyasiya (KTS) uzilib qolgan. Klub jarimaga tortildi.

  • «Kattaqo‘rg‘on» FK va Otabek Boymurodov («Surxon»): Mezbonlar texnikasi (kompyuter/bildirgi) ishlamay o‘yin kechikishiga sabab bo‘lgani uchun jarimaga tortildi. «Surxon» vakili Boymurodov esa o‘yindan keyin muxlislar bilan tortishib, haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi.

3. Pro liga: Vaqtni cho‘zish va stadiondagi tartibsizlik

  • «G‘azalkent» FK va Ulug‘bek O‘rinboyev («TerDU»): «G‘azalkent» — «TerDU» bahsidan so‘ng mezbon muxlislar maydonga plastik idishlar uloqtirgan. Shu sababli klub jarimaga tortildi va keyingi uy o‘yinida stadionning bir nechta sektori (CIP, 1A, 1B, 1C, 1D) tomoshabinlar uchun yopiladigan bo‘ldi. «TerDU» futbolchisi U.O‘rinboyev esa vaqtni cho‘zgani uchun jarimaga tortildi.

  • «Aral» FK: «Aral» — «Yaypan» o‘yinida stadion suxandoni raqib jamoa vakilining avtogolini bir necha bor kesatiq bilan takrorlab, provakasiya yuzaga keltirgani uchun klub jarimaga tortildi.

  • Sardorbek Saidov («Lochin») va Jasurbek Umrzaqov («Jayxun») hakamga e’tiroz bildirib, sariq kartochka olganliklari sababli jarima to‘lashadi.

4. Birinchi liga: Shifokorsiz kelgan klublar va kechikkan tez yordam

  • «Namangan FA» va «Navoiy FA»: Uchrashuv qaydnomasiga shifokor kiritmagani va o‘yinga tibbiyot xodimisiz kelgani uchun ikki klub ham jarimaga tortildi.

  • «Guliston» FK: Tez tibbiy yordam mashinasi stadionga 30 daqiqa kechikib kelgani va o‘yin vaqti surilgani uchun mezbon klub jarimaga tortildi.

  • Javohir Olimov («Toshkent FA»): Raqib oyog‘iga xavfli tarzda zarba bergani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

  • Olim Kushbakov («Jizzax FA»): Zaxira hakamini haqorat qilgani uchun 3 ta o‘yinga chetlatildi.

  • Shahobiddin Po‘latov («Bunyodkor FJ») va Humayun Sindarov («Ahmedov FK»): Maydondagi mushtalashuvga shaylangani uchun har ikki futbolchi 2 tadan o‘yinga chetlatildi.

5. U19 Chempionati: Hakamlarga tajovuz va jiddiy jazolar

  • «Olimpik-MobiUZ U19»: Musobaqa banerini o‘rnatmagani va o‘yin videosini to‘liq taqdim etmagani uchun jarimaga tortildi.

  • Komiljon Umrbekov («Xorazm U19») va Saddam Ahmadov («G‘azalkent U19»): Raqibga nisbatan o‘ta qo‘pollik va kuch ishlatgani uchun har ikki futbolchi 4 ta o‘yinga futboldan chetlatildi.

  • Zohid Abdullayev («Metallurg U19») va Anvarjon Nazirov («Andijon U19»): Hakamlarni haqorat qilgan ushbu murabbiylar 3 tadan o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

  • Dauletiyar Medetbayev («Aral U19»), Odilxo‘ja Bahodirov («G‘azalkent U19»), Ozodbek Abdurahmonov («Bunyodkor U19»), Muhriddin Abdug‘aniyev («Dinamo U19») va Otabek Mansurov («Paxtakor U19» murabbiyi) turli qo‘polliklar va e’tirozlar uchun 2 tadan o‘yinga chetlatilishdi.

  • Jamshidjon Orziqulov («Lokomotiv U19»): Maydondagi tartibsizlik paytida yordamchi hakamni ko‘kragidan itarib yuborgani uchun 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:27, 28.05.2026. O'qildi: 488 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик