Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyoning eng yaxshi futbolchisi? U kim o‘zi?

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilgan AG‘C Annual Awardsgala marosimida Osiyoning 2017 yilgi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu sharafli nomga Suriya terma jamoasi va «Al-Hilol» klubi hujumchisi Omar Xarbin sazovor bo‘ldi.

Sovrin uchun kurashda xitoylik Vu Ley (Guanchjou Evergrand) hamda BAA t/j yarimhimoyachisi Omar Abdulrahmonni (Al-Ayn) ortda qoldirgan Xarbin ushbu nufuzli mukofotga erishgan dastlabki suriyalik futbolchiga aylandi. Shu tariqa OFK «Al-Hilol» klubi libosida qit’a Chempionlar Ligasi finaligacha yetib kelgan va Suriya terma jamoasi tarkibida JCH-2018 saralash bosqichida pley-offda ishtirok etgan 23 yoshli forvardning o‘yinlarini munosib baholadi.

FAOLIYATI

Omar Xarbin professional futbolchilik faoliyatini boshlagan yilda Suriyada hali fuqarolar urushi boshlanmagan va yosh yigitcha o‘z yurtida siyosiy notinchlik mamlakat hayotini, shu jumladan, futbolni izidan chiqarishini xayoliga ham keltirmagandi. Shuningdek, u yaqin kelajakda aynan millionlar o‘yini – futbol orqali qit’aga tanilishi hamda jafokash Suriya xalqiga quvonch hamda tinchlik hukm surishini istagan qalblarga taskin olib kelishini ham ehtimol bilmagan bo‘lsa kerak.

Akasi Muhammadni yashil maydonda to‘p tepishini ko‘rib futbolga ixlos qo‘ygan Omarning kelajak yo‘li ma’lum edi. Damashqlik yosh forvard dastlab Suriyaning «Al-Vaxda» klubida to‘rt yil to‘p surgan va 2012 yilda mamlakat chempionligiga erishgan. 2013 yilda u Iroq chempionatidagi faoliyatini boshlagan — avval «Al-Quva Al-Javiya» jamoasida ikki mavsum o‘ynagan, so‘ngra 2015/2016 yilgi mavsumda «Al-Minaa» klubi sharafini himoya qilgan. Bu orada Suriyada urush va notinchliklar avjiga chiqqan, yuzaga kelgan qiyinchiliklar Omarning irodasini ham toblagan edi. Biroq u yurtiga qaytmay qo‘shni mamlakatlarda to‘p surishni davom ettirdi.

LEGIONER

2016 yilning yanvar oyida BAAning «Al-Dafra» klubi Xarbinni bir yilga ijaraga oldi. Tez orada u «Al-Ayn»ga qarshi debyut uchrashuvidayoq yangi jamoasidagi dastlabki golini nishonladi. Omar may oyiga qadar «Al-Dafra» tarkibida 12 uchrashuvda 9 gol urdi va bir marta jamoadoshlarining goliga assistentlik qildi. Natijada Amirliklar jamoasi uning transferini to‘liq sotib oldi. Yil yakuniga «Al-Dafra» safida barcha turnirlarda 26 uchrashuv o‘tkazib 17 gol muallifi bo‘ldi. Ammo uning klubi mamlakat chempionatida bor-yo‘g‘i 8-o‘rin bilan kifoyalandi.

2017 yil 16 yanvar kuni Saudiya Arabistoni vakili «Al-Hilol» uni 1,3 mln. AQSH dollari evaziga olti oy muddatga ijaraga oldi. U Saudiya Arabistoni Premyer-Ligasida 10 uchrashuvda 7 gol urib, jamoadoshlari bilan g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Shuningdek, 3 o‘yinda 5 gol bilan Qirol kubogida ham g‘alaba nashidasini surdi. 19 iyun kuni saudiyaliklar uning transferini 44 million Saudiya riali (bugungi kurs bo‘yicha 11,7 mln. dollar) evaziga sotib olishdi. Xarbin dastlabki o‘yinlardan bu ulkan mablag‘ni oqlashga tushib ketdi. Ayniqsa uning jonbozligi va samarali o‘yinlari «Al-Hilol»ga Osiyo Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishga yordam berdi. Suriyalik futbolchining urgan 5 goli «Al-Hilol»ga musobaqa finaligacha yetib borishini ta’minladi, ammo hal qiluvchi uchrashuvlarda Xarbin va jamoadoshlarining yo‘llariga «Urava Red Daymonds» klubi to‘g‘anoq bo‘ldi.

SURIYA TERMASI YETAKCHISI

Omar Xarbin bugungi kunda Suriya terma jamoasining haqiqiy yetakchisi hisoblanadi. U Suriya terma jamoasidagi debyutini 18 yoshidayoq nishonlagan – 2012 yil 20 noyabr kuni suriyaliklar Falastin terma jamoasiga qarshi bahs olib borishgan. 2013 yil 26 martda esa Xarbin Bag‘dodda Iroq bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:2) ilk golini nishonlagan. 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida ham qahramonimiz sermazmun o‘yinlari bilan ajralib turdi. Uning raqiblar darvozasiga urgan 6 goli Suriyaga pley-offgacha yetib borishiga yordam berdi, afsuski Omar boshchiligidagi Suriya ushbu raundda Avstraliyaga imkoniyatni boy berdi. «Biz uchun bu juda og‘ir uchrashuvlar bo‘ldi, — deya tan oldi hujumchi, — biz maydonda bir tan, bir jon bo‘lib harakat qildik. Bor kuchimizni berdik. Butun Suriya xalqiga quvonch olib kelishni istagandik. Ammo omad bizdan yuz o‘girdi. Shunga qaramay biz yurtimiz sharafini munosib himoya qilganimizga aminman».

Shak-shubhasiz Omar Xarbin boshchiligidagi suriyaliklarning turnirdagi ishtiroki barchani befarq qoldirmadi. Milliy terma jamoa va yetakchisining ajoyib o‘yinlari bir necha yildan buyon qonli urushdan aziyat chekib kelayotgan mahalliy xalqning birlashishiga va qurolli to‘qnashuvlarga barham berilishiga xizmat qilgan bo‘lsa ajab emas. Uning keyingi faoliyatiga ham omad yor bo‘lishiga va Suriya osmonida tinchlik hukm surishiga tilakdoshmiz!

Statistika…

Xarbin «Al-Hilol»da bir yil ichida barcha turnirlarda 30 uchrashuv o‘tkazib, 23 gol muallifiga aylangan.

Raqam

Suriyalik futbolchining bugungi kundagi transfer qiymati 5 mln. yevroni tashkil etadi.

OMAR XARBIN

«Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) va Suriya terma jamoasi hujumchisi. 1994 yil 15 yanvarda Damashq (Suriya) shahrida tug‘ilgan.

Manba: erudit-sport.uz

 

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 10:43, 14.12.2017. O'qildi: 17487 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик