Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Axbor Imomxo‘jayev: "Yangi g‘oyalarni qoralamasdan, hammamiz yangi rahbariyatga ko‘mak berishimiz kerak"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbek futbolining otaxoni, taniqli futbol jurnalisti Axbor Imomxo‘jayev O‘zbekiston Futbol Federasiyasining yangi rahbariyati tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish, o‘zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avvalambor, barcha yurtdoshlarimiz kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan chin ko‘ngildan tabriklayman. Hamma sohada bo‘lgani kabi sport sohasida ham, xususan, futbol sohasida ham 2018 yil bizda boshlagan  ishlarimiz davom etsin. Aytmoqchimanki, futbolimiz jahon va Osiyo miqyosida o‘z mavqeini tiklasin.

Biz faqat o‘z ichki chempionatimiz bilan cheklanib qololmaymiz. Yaqinda Tailandda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi xalqaro turnirda Ravshan Haydarov murabbiyligidagi o‘smirlarimiz ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Avval guruhdagi birinchi o‘rin, keyin esa finalda Yaponiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib yangi yil oldidan muxlislarga katta sovg‘a tayyorlashdi. Yaqinda Qarshida bo‘lganimda ularning akademiyasi O‘zbekistonda birinchi o‘rinni egallagani, aynan 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoaga ulardan 5 nafar futbolchi kiritilgani bilan faxrlanishayotganiga guvoh bo‘ldim.

Bitta viloyatdan besh nafar futbolchi termaga chaqirilishini faqatgina orzu qilsa bo‘ladi. Bir vaqtlar sobiq ittifoq davrida o‘smirlar o‘rtasidagi terma jamoaga yurtmizdan 5 futbolchi jalb etilgan edi. Ya’ni bu ham ajoyib natija demoqchiman.

Birinchi liga, Oliy Liga mana yangicha nomlandi. Endi ular zamonaviy talablarga javob beradigan bo‘lishi kerak. Aytish kerakki, stadionlarni to‘ldirish masalasi hozirda oqsamoqda. Faqatgina so‘nggi o‘yinlarda, birinchi, ikkinchi o‘rinni aniqlashda yoki Kubok finalidagina stadionlarimizga odamlar tusha boshlashdi. Mana shunday holat har bir o‘yinimizda bo‘lishi kerak. Qaysi liga bo‘lishidan qat’iy nazar biz odamlarni stadionga chaqira olishimiz kerak. Bu hammasi bizning qo‘limizda. Qachonki, futbolchilarmiz, chiroyli va zamonaviy o‘yin ko‘rsatsa, murabbiylar ularni yaxshi yo‘lga boshlashsa, muxlilar ham stadionlarga kela boshlashadi.

Federasiyada bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida aytadigan bo‘lsam, mana hozir ko‘plab yangi kadrlar tashrif buyurishmoqda. Balki ularga hali tajriba orttirish kerakdir, lekin ularning yoshlik shijoati o‘z kuchini ko‘rsatishi kerak. Ular o‘zlarining yangi g‘oyalari bilan har bir sohani, murabbiylar, futbolchilar, hakamlar, turli yoshdagi terma jamoalar ishini o‘sishiga hissasini qo‘shishiga yaqinda guvoh bo‘lamiz”.

Yangi format haqida

“Super ligada 12ta jamoa qolishi bir tomondan yaxshi. Birinchidan bu raqobatni oshiradi. Hozirda birinchi va so‘nggi o‘rinlarda borayotgan jamoalar o‘rtasida kurash deyarli yo‘q. Yetakchilar oldindan yutishini, ular esa oldindan mag‘lub bo‘lishini biladi. Bu esa o‘yinning ahamiyatini kamaytirib yuboradi. Ularni soni 12ta qoladigan bo‘lsa, raqobat kuchayadi. Misol uchun o‘tgan yili “Navbahor”, “Qo‘qon-1912” va “Buxoro” jamoalari Oliy ligamizga yangilik olib kirishdi. Bu sohada “Nasaf”ni ham maqtagan bo‘lardim. Qarshiliklar o‘zbek klublari orasida birinchi bo‘lib OFK kubogini qo‘lga kiritgan.

Bir vaqtlar bu klubda taniqli murabbiylar ishlagan. Hozirda Ro‘ziqul Berdiyev faoliyat olib bormoqda. U bekorga uchinchi marta yiling eng yaxshi murabbiyi deb topilgani yo‘q. Aynan manashunday murabbyilar ko‘p bo‘lishi ham kerak. Bu endi o‘ziga xos eksperiment bo‘ladi. Bu qanchalik bizga foydali bo‘lish, bo‘lmasligini esa keyingi mavsumda ko‘ramiz. Meni fikrimcha bu yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘ladi. Jamoalar birinchidan kuchli, ikkinchidan o‘yinlar ham shunga yarasha murosasiz bo‘ladi. Qaysidir klub biror raqibiga yutqazib qo‘ysa, keyingi to‘qnashuvda uni mag‘lub etish uchun yana imkoniyatlar bo‘ladi. Bundan tashqari ularning yutuq kamchiliklari ham ko‘rinadi”

Jamoatchilik fikri

“Bu eksperiment. Biz tavakkalga ham qo‘l urib ko‘rishimiz kerak. Yangi g‘oya odatda ko‘pchilikda turlicha munosabatga sabab bo‘ladi. Yangi g‘oyalarni qoralamasdan, hammamiz yangi rahbariyatga bu borada ko‘mak berishimiz kerak. O‘zimizdan ham yangi fikrlarni o‘rtaga tashlashimiz kerak. Murabbiylar, futbolchilar va hakamlar malakasini oshirish uchun futbol sohasi rivojlangan mamlakatlarga ularni yuborishimiz kerak. O‘shanda tajriba ham oshib boradi. O‘zbekiston Futbol Federasiyasi aynan mana shu jihatga ahamiyat qaratayotgani juda quvonarli.

Kitoblar hakida

“Hozirgacha sport va futbol sohalarida yozgan kitoblarim soni 9taga yetdi. Menga esa 11 soni yoqadi. Shuning uchun ketma ket ikkita kitobim chiqishi kerak. Bu o‘zbek futbolining ensiklopediyasi bo‘lishi kerak. O‘zbekistondagi eng yaxshi murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar, homiylar va futbolga yordam bergan davlat rahbarlarini xalqqa ko‘rsatishga harakat qilmoqchiman. Hozir kitobning 90 foiz materiali tayyor. Kitobning nomi “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim haqida” deb atalgan. Bu kitobda o‘zbek futbolining 100 yilligi haqida yozilgan.

Hozircha kitobga 237 nafar odam kiritilgan. Bu odamlarning deyarli hammasini uylariga bordim. Ularning ko‘pchilik ko‘rmagan suratlari va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni jamlashga hakarakat qildim. Yanvarning oxirida o‘zbek tilidagisini, fevralning oxirida esa kitobning rus tilidagi sonini chiqarishni niyat qilganmiz. Hozircha kitob rasmlarsiz 700 betdan iborat.

Rasmlar bilan ming betga yaqin.  Bu kitob haqidagi yangilikni eshitganlaridan so‘ng O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov: “Bu qilgan mehnatlaringiz uchun kitobni hamma xarajatlarini o‘zimiz ko‘taramiz va ularni yurtimizdagi barcha jamoalarga, ularning akademiyalariga, internatlarga, hakamlarga yetkazib beramiz, qo‘rqmasdan ishingizni davom ettiravering, deb aytdilar. Bu gaplardan keying qayta tug‘ilgandek bo‘ldim. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:44, 19.12.2017. O'qildi: 2333 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик