Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • -:-
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ma’mur Saidqosimov: «Hakamlarning malakasi muntazam ravishda oshirib boriladi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Hakamlar / O‘quv-mashg‘ulotlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan yurtimizda hakamlik sifatini oshirish, Superliga, Pro-liga hakamlari, shuningdek,  yosh hakamlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda ularning malakasini oshirib borish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday chora-tadbirlar haqida O‘FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

 “2017 yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra O‘zbekiston Futbol Federasiyasida bosh hakamlar soni 8 nafarni tashkil etayotgan edi.

Noyabr va dekabr oyining yarimiga kelib yosh hakamlar va tajribaga ega bo‘lgan hakamlarni attestasiyadan o‘tkazilgandan so‘ng hozirgi kunda bosh hakamlar soni 25 nafarga yetkazilmoqda.

Bundan tashqari, O‘FF Kubogi uchun 12-17 dekabda o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida yosh hakamlar ko‘rikdan o‘tkazildi hamda hozirgi kundagi yuqori salohiyatli hakamlar tanlab olindi. Bular – Firdavs Norsafarov (Qarshi), Olim To‘ychiboyev (Farg‘ona), Asker Nadjafaliyev, Jasur Muxtorov, Akobirxo‘ja Shukrullayev (Toshkent)”.

 Yosh hakamlarimiz soni ko‘paytiriladi

2018 yildan boshlab yosh hakamlarimiz soni ko‘paytiriladi. Bu borada O‘FF Futbol Federasiyasi prezidenti tomonidan vazifa belgilangan.

Shuningdek, Futbol federasiyasining Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan 13 dekabr kuni nazoratchilar bilan majlis o‘tkazildi. Ushbu majlisda endilikda hakamlar kabi nazoratchilarning ham javobgarligi oshirilishi, nazoratchilar hakamlarning malakasini oshirib borishga mas’ul ekanliklari aytib o‘tildi.

Shuningdek Federasiya prezidenti tomonidan yangi mavsumda barcha hakamlar bir xil forma va ekipirovkada bo‘lishlari, har bir hakamlar brigadasi o‘yin davomida foydalanish uchun aloqa vositasi  - “Communication system” bo‘lishi, maydonda jarimalar belgilanganda 9.15 metrni nazorat qilish spreylari va har bir inspektorga noutbuklar xarid qilinib, hakamlik va inspektorlikni jaxon standartlari asosida amalga oshirilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi”.

 Hakamlarimiz xalqaro seminarlarda qatnashyapti

 “O‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro seminarlarda ishtirok etmoqda. Jumladan, shu yilning 25-30 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida OFK tomonidan hakamlar uchun seminar tashkillashtirilgan bo‘lib, u yerda o‘zbekistonlik hakamlar Asimov Aziz, Qosimov Sherzod, Shodmonov Husniddin, Serazetdinov Ruslan, Gaynullin Timur, Sapenko Andrey, Usmonov Alisher, Mirabidova Edita, Sidorova Anna, Rahmatova Zilola va Sereda Kristina qatnashishdi.

Shuningdek, FIFA referesi Ravshan Ermatov kelasi yilning 5-9 fevral kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida Rossiya Federasiyasida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishlashga nomzod bo‘lgan hakamlar ishtirokidagi seminarga taklif etildi”.

 O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro uchrashuvlarni boshqarishmoqda

“O‘zbekistonlik hakamlarga FIFA va OFK tomonidan katta ishonch bildirilib, ular bir qator xalqaro musobaqalardagi uchrashuvlarga tayinlanmoqda. Masalan, Ravshan Ermatov BAAda bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Shuningdek, 6-16 dekabr kunlari Sharqiy Osiyo futbol federasiyasi (EAFF) tomonidan o‘tkazilgan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqada Valentin Kovalenko bosh hakam, Ruslan Serazitdinov esa yordamchi hakam sifatida ishladi. Ushbu musobaqaning ayollar jamoalari o‘rtasidagi bahslarida vakillarimiz Edita Mirobidova bosh hakam, Zilola Rahmatova esa yordamchi hakam sifatida faoliyat yuritdi.

Yana bir hakamimiz Aziz Asimov 22 dekabrdan 5 yanvargacha Kuveytda o‘tkaziladigan GOLF Cup musobaqasida bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Temur Gaynullin va Andrey Sapenkolar yordam berishadi.

Bundan tashqari, 2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan 23 yoshgacha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida quyidagi hakamlarimiz ish olib boradilar: Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov.

Hamyurtimiz FIFA instruktori Farhod Abdullayev ushbu musobaqaga hakamlar yo‘riqchisi sifatida taklif etilganini ham alohida ta’kidlash zarur”.

Hakamlarni attestasiyadan o‘tkazish jarayoni

“O‘zbekiston Futbol Federasiyasi xodimlar malakasini oshirish, o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lgan insonlar federasiya tarkibida ishlashini ta’minlash maqsadida, o‘zbekistondagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federasiyalari xodimlarini attestasiyadan o‘tkazilishi belgilangandi. 

Shunga ko‘ra, 6-7 dekabr kunlari Toshkent shahrida 25 nafar yosh xakamlarni attestasiyadan o‘tkazildi. Attestasiya jarayonida hakamlar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha imtihon topshirdilar, futbol o‘yin qoidalari bo‘yicha sinov testlari va video materiallardan tayyorlangan testlardan o‘tdilar.

Shuningdek, 15-16 dekabr 2017 yil kunlari Toshkent shahrida Oliy va Birinchi liga bosh hakamlari, Oliy liga yordamchi hakamlar attestasiyadan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 2 nafar bosh hakam (Superliga va Pro-liga) Vadim Agishev va Igor Garmashov , yon hakamlar Anvar Marajabov va Abdurahmon Qo‘ldoshev attestasiyadan o‘tolmadilar. Ularga qayta attestasiya o‘tish uchun fevral oyigacha muhlat berildi.  

Bundan tashqari,  2018 yilning  10 yanvaridan 20 fevraligacha bo‘lgan davrda qolgan barcha hakamlar va hakamlar inspektorlari attestasiyadan o‘tkaziladi.

Attestasiyada hakamlar nazoratchilari  futbol o‘yin qoidalari bo‘yicha imtihonlar va videomateriallardan tayyorlangan testlar topshiradilar.

10-20 fevral kunlari esahakamlar uchun xorijiy o‘quv mashg‘ulot yig‘ini tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda”, - deydi Ma’mur Saidqosimov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:52, 21.12.2017. O'qildi: 1939 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.