Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ravshan Ermatov: «Futbolimiz islohotlar yo‘lida»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Dunyoning eng yaxshi hakami, FIFA referisi Ravshan Ermatov “Sport” telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekistonda hakamlarning saviyasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi kunda O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan yurtimizda hakamlikni rivojlantirish, hakamlarimiz saviyasini oshirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yangi mavsum oldidan o‘tgan davr mobaynida hakamlik borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, endilikda bu xato va kamchiliklarning oldini olish borasida aniq vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalarni o‘z vaqtida sifatli tarzda bajarish uchun biz hakamlar mas’uliyatni his qilgan holda, qo‘limizdan kelgan barcha harakatlarni amalga oshiramiz.  

Shuningdek O‘zbekiston futbol federasiya prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan yangi mavsumda barcha hakamlar bir xil forma va ekipirovkada bo‘lishlari, har bir hakamlar brigadasida o‘yin davomida foydalanish uchun aloqa vositasi  - “Communication system” bo‘lishi, maydonda jarimalar belgilanganda 9.15 metrni nazorat qilish spreylari va har bir inspektorga noutbuklar xarid qilinib, hakamlik va inspektorlikni jahon standartlari asosida amalga oshirilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. Albatta bu chora-tadbirlar ham milliy chempionatimizda hakamlik sifatini oshishiga xizmat qilishi aniq.

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsum o‘yinlarida bahsli holatlar yuzaga kelsa, bosh hakam yordamchisi bilan muhokama o‘tkazishi uchun 4-5 daqiqa vaqt sarflangan. Bu esa o‘yin tempining tushishiga, uning tomoshabopligi yo‘qolishiga olib keladi. Agar kommunikasiya aloqasi bo‘lsa, bahsli holatlarda hakamlarning muhokamasiga 30-40 soniya yetarli bo‘ladi.

Sprey haqida. Ko‘p hollarda hakam “jonli devor” qayerda turishini belgilab berganidan keyin, “jonli devor”da turgan futbolchilar hakamga bildirmay bir-ikki metrga surilib olishardi. Keyin esa jarimadan yo‘llangan zarbalar “jonli devor”ga tegib qaytgan vaziyatlarni ko‘p ko‘rganmiz. Hakam nazorat spreyiga ega bo‘lsa, bu kabi holatlarning ham oldi olinadi. Jarimalardan kiritiladigan gollar ko‘payadi va bu albatta muxlislarga manzur bo‘ladi.

Shuningdek, hakamlar bir xil ekipirovkaga ega bo‘lishi ham juda chiroyli holat. Ular O‘FFning vakili sifatida uchrashuvlarga tashrif buyurishadi. Bu holat albatta, O‘FF imidjining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yana bir muhim yangilikni qayd etib o‘tish zarur. Yangi mavsum oldidan milliy chempionatimizda faoliyat yuritadigan hakamlar xuddi klublar singari xorij yig‘inini o‘tkazishadi. Ular xorijda nazorat uchrashuvlarini boshqarib, mavsum boshlanishidan oldin tajribalarini oshirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bunday yig‘inlar hakamlarimiz saviyasi o‘sishiga katta yordam berishi aniq.

Kelasi mavsumdan boshlab formati o‘zgargan Superliga ancha shiddatli kurashlarga boy tarzda o‘tishi kutilmoqda. Shu sababli hakamlarimiz bu o‘yinlarga jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak. Hakamlarning jismoniy holatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida O‘zbekiston futbol federasiyasi yil mobaynida hakamlarni jismoniy holatini nazorat qilib borishni yo‘lga qo‘ymoqda. Hakamlarning o‘z ustilarida ishlashlari ularda professional xususiyatlar shakllanishiga yordam beradi. 

Normativlar bo‘yicha

Futbol muxlislari pulini, vaqtini ajratib, 90 daqiqa tezkor tomoshabop o‘yin ko‘rish uchun stadionga kelishadi. Ba’zi o‘yinlarda ba’zi futbolchilar oxirgi 10-15 daqiqada jismoniy jihatdan toliqib, maydonda piyoda yurib futbol o‘ynashyapti. Tez charchab qolishyapti. Bu holat nafaqat milliy chempionatimiz tomoshabopligini kamaytiradi, balki terma jamoalarimizning xalqaro maydondagi o‘yinlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ana shu maqsadda O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan Superligada ishtirok etuvchi klublar futbolchilaridan normativlar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bunday  normativlarning joriy qilinishi ba’zi o‘zini ustida ishlashni, o‘zini qiynashni xohlamaydigan futbolchilarga yoqmasligi mumkin. Lekin bu narsa o‘zbek futboli rivoji uchun albatta o‘z samarasini beradi. Terma jamoalarimiz jismoniy jihatdan kuchli bo‘lsa, Osiyo grandlari hisoblangan Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron kabi terma jamoalar bilan tengma-teng kurashib, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lgan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga turtki bo‘ladi”, - deydi Ravshan Ermatov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:59, 22.12.2017. O'qildi: 2378 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик