Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • 0:2
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 2:2
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 07.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 5:0
      • Suriya
      • 07.01.2026 16:30
      • Janubiy Koreya
      • 0:0
      • Eron
      • 07.01.2026 19:00
      • O‘zbekiston
      • 3:2
      • Livan
      • 07.01.2026 21:30
      • Qatar
      • 0:2
      • BAA
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • -:-
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 18 42
2 Milan 17 38
3 Napoli 18 38
4 Yuventus 19 36
5 Roma 19 36
6 Komo 18 33
7 Atalanta 19 28
8 Bolonya 18 26
9 Lasio 19 25
10 Udineze 19 25
11 Sassuolo 19 23
12 Torino 19 23
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 18 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 19 13
19 Verona 18 13
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma
19-тур Sassuolo 0-3 Yuventus
19-тур Bolonya 0-2 Atalanta
19-тур Napoli 2-2 Verona
19-тур Parma 0-2 Inter
19-тур Torino 1-2 Udineze
19-тур Lasio 2-2 Fiorentina

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi nega uyda futbol haqida gapirmaydi? (Leo bilan eksklyuziv intervyu-1)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

Maqsad va intilishlar hozir ham mushtarak. Biroq istaymizmi-yo‘qmi, vaqt o‘z hunarini ko‘rsatadi. Futbolda ham, maydondan tashqarida ham juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi…

Beozorgina ko‘ringan Lionel Messi ushbu mavsumda qanchadan qancha jamoalarning ta’zirini bermadi deysiz. U to‘p bilan hujumga oshiqqan paytda darvozabonlardan tortib raqib jamoa murabbiylarigacha «yurak hovuchlab» turishi hech kimga sir emas. E’tiboringizga «o‘zga sayyoralik» deb atashga odatlanib qolgan argentinalik tirik afsona Lionel Messi bilan uyushtirilgan ekskluziv intervyuni havola etamiz.

— Oilaning hayotingizdagi ta’siri qanday bo‘ldi? Antonella bilan turmush qurish, farzandlarning dunyoga kelishi… Bularning bari hayotingizda qanday o‘rin egallaydi?

— Hamma narsa tubdan o‘zgardi. Atrofga boshqacha nigoh bilan qaraydigan bo‘ldim. Tan olishim kerak — otalik baxti hayotimdagi eng unutilmas voqea bo‘ldi. Ikkita bolani erkalash va yana uchinchisini kutish — buni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Birinchi o‘g‘lim tug‘ilganda naq yettinchi osmonda uchib yurgandim. Bu tuyg‘u boshqa hech qachon takrorlanmasa kerak deb o‘ylagandim. Yo‘q, ikkinchi o‘g‘limning tug‘ilishi menga yana o‘sha baxtni taqdim qildi. Uchinchisi dunyoga kelganda xursandchiligim bundan kam bo‘lmasligiga ishonchim komil.

— Bolalaringiz bilan vaqtingizni qay tarzda o‘tkazasiz? Yaqinda paydo bo‘lgan suratlarning birida Tyagoga kitob o‘qiyotganligingiz tasvirlangan…

— Kundalik hayotimning asosiy qismi farzandlarimga bag‘ishlangan. Ertalab to‘ng‘ichim Tyagoni maktabga olib boraman, mashg‘ulotlardan qaytayotganimda esa uning darslari tugagan bo‘ladi. Shundan keyin kechgacha Antonella, kichik o‘g‘lim Mateo va Tyago birga bo‘lamiz. Bir qarashda, hammasi oddiy oilalardagidek.

— Bolalaringiz siz bilan futbol o‘ynashni juda yoqtirsa kerak?

— Juda tez-tez emas, lekin ba’zida hovlida to‘p ortidan yugurgan paytlarimiz bo‘ladi. Hatto kichkintoy Mateo ham bizdan qolishmaydi. Tyago allaqachon futbol mashg‘ulotlariga qatnishishni boshladi, lekin uyda bu masalada uncha xarxasha qilmaydi.

— Mateoga pas berganingizda u o‘ng oyoq bilan javob qaytaradimi, chapi bilanmi?

— O‘ng oyoq bilan. O‘g‘illarimning ikkalasi ham o‘naqay.

— Uyga qaytganingizda Antonella va bolalaringiz bilan futbol haqida gaplashasizmi? Yoki barchasini ostonaning narigi tomonida qoldirib kirasizmi?

— Uyda futbol mavzusini deyarli muhokama qilmaymiz. Uyda futbol mavzusi ko‘tarilishi uchun klubda yoki termada juda ham muhim voqea sodir bo‘lishi kerak.

— Bolalaringiz bilan nima haqida suhbatlashasiz? Ularning tasavvurida Leo Messi kim?

— Mateoning bu haqida deyarli tasavvuri yo‘q. Mendan dastxat yoki suratga tushishimni so‘rashsa, u juda taajjublanadi. Tyagoninig esa sal-pal tasavvuri bor. Otasi kimligini ozgina bo‘lsa-da, anglaydi. Stadionga borib, o‘yinlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘radi. Atrofdagilardan eshitgani uchun menga “Leo Messi” deb gapiradi, lekin gap nimadaligini to‘liq tushunmasa kerak.

— Kelajakdagi rejalaringiz qanday? Murabbiylik qilmoqchimisiz yoki…?

—Futbolchi sifatidagi karyeram yakunlangach nima qilishim haqida oila davrasida ko‘p marotaba gaplashganmiz. Lekin bir qarorga kelganim yo‘q.O‘zimni murabbiy sifatida tasavvur qila olmayman, bunda menga xohish ham yo‘q. Balki bir kun kelib , fikrim o‘zgarar. Xullas, futbolda hali ancha-muncha vaqtim borligi sababli bu haqida o‘ylashga erta deb hisoblayman.

Saralash turnirlaridan o‘tish qiyinlashmoqda

—To‘rtta  “Oltin butsi”  javoningizda tap-tayyor. Ularga tikilib, xayolinigizdan nimalar o‘tadi?

— Ular meni ilhomlantirishini tan olaman. Lekin hech qachon faqat o‘zimga berilgan mukofotlarni alohida faxr hisoblamayman. Yana bir marotaba Chempionlar ligasi va La Ligada g‘alaba qozonishimizni istardim. Jamoaviy g‘alabaning o‘rni boshqacha. Biroq bu butsilarning ahamiyatini ham kamaytirmaydi.

— JCH-2018 saralash bosqichida Argentina to‘qnash kelgan qiyinchiliklar haqida qanday fikrdasiz? Terma jamoa yanada raqobatbardosh bo‘lishi va oltinga bemalol da’vo qila olishi uchun nimalar qilish kerak?

— Ha, ushbu saralash o‘yinlari biz uchun oson kechmadi. Terma jamoani turli qarashlarga ega bo‘lgan uch nafar murabbiy boshqardi. Ularning har biriga moslashish va shu o‘rinda  o‘z o‘yin falsafamizni saqlab qolish qiyin bo‘ldi. Xorxe Sampaoli murabbiylarning so‘nggisi bo‘ldi, u bilan saralashdagi to‘rtta o‘yinni va bir necha o‘rtoqlik bahslarini o‘tkazdik. Kundan-kunga jamoalar mustahkamlanib boryapti, saralash o‘yinlari ham shunga mos ravishda qiyinlashyapti.

— JCH-2014 final bosqichida nemislar Argentinani mag‘lub etishgan edi. Rossiyada bo‘lib o‘tadigan chempionatda ham Germaniyani asosiy raqib sifatida ko‘rasizmi? Yoki Ispaniya va Portugaliya kabilar ham sizlarni dog‘da qoldirishi mumkinmi?

— Har doimgidek, Germaniya peshqadamlar orasida bo‘ladi. Lekin birinchilikkka da’vo qilishga haqli bo‘lgan boshqa terma jamoalar ham bor. Masalan, Fransiya, Braziliya, Ispaniya… Hozirgi kecha-kunduzda ular ajoyib o‘yin ko‘rsatishyapti, Rossiyada bundan-da kuchli bo‘lishlariga shubha yo‘q.

— 2014 yilda Braziliyadagi chempionatda yarim finalda gollandlar bilan to‘qnashgan edingiz. Robben singari yulduzli o‘yinchilari bo‘la turib, Gollandiya termasining JCH—2018 da ishtirok etmasligiga qanday qaraysiz?

— Boya aytib o‘tganimdek, saralash o‘yinlaridan o‘tish barcha terma jamoalar uchun qiyinlashib bormoqda — xoh u Janubiy Afrika bo‘lsin, xoh Yevropa. Jamoalar oarsidagi farq shunchalar kamayib boryaptiki, odmigina tuyulgan terma ham seni oyog‘ingdan chalib yiqitishi mumkin. Navbatdagi chempionatga Italiya, Gollandiya  kelmaydi… Bularning har ikkalasi ham uzoq yillar davomida koinotning eng asosiy va ahamiyatli turnirlarida ishtirok etib, butun dunyoni lol qoldirgan. Menimcha, ularning saralashdan o‘ta olmagani barcha uchun kutilmagan hol bo‘ldi.

— Italiya terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz? Italiya futbolining muammosi nimada?

— Har holda, Italiya futboli o‘zining avvalgi shashtini yo‘qotganini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon chempionatiga chiqa olmaganlariga aloqasi yo‘qkuya, lekin Italiya futboli ilgarigidek emas. A seriyasiga mansub “Inter”, “Milan” kabi jamoalar so‘nggi o‘n yillikda o‘zi yaratgan nomga munosib o‘yin ko‘rsata olmayapti. Bu esa Italiya futboliga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ammo u endi “hushiga kelyapti”, avvalgi holatini tiklab olishga harakat qilyapti. Umid qilamanki, Italiya klublari ertami-kechmi yana kuchlilar qatoridan joy oladi.

— Turkiyalik Ardan Turan hozir ko‘pchilikning diqqat markazida. Siz futbolchi sifatida unga qanday qaraysiz?

— Ardanning mahoratiga gap bo‘lishi mumkin emas. Unga shunchaki omad kulib boqmadi xolos — murabbiyning ishonchini oqlay olmadi, o‘zini ko‘rsatish uchun unga yetarlicha vaqt berishmadi. U Madridning “Atletiko”sida bo‘lganida  har yakshanbada maydonga tushardi. Ora-chorada o‘yinga tushish va har bir bahsda ishtirok etish umuman boshqa-boshqa narsa. Zaxirada o‘ynash oson emas, shuning uchun u o‘z iqtidorini to‘la namoyish eta olmadi.

Manba: hordiq.uz
Kiritildi: 19:11, 22.12.2017. O'qildi: 6177 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Наполи Rasmus Xeylund 7
4 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
5 Комо Niko Pas 6
6 Интер Markus Tyuram 6
7 Ювентус Kenan Yildiz 6
8 Комо Anastasios Duvikas 6
9 Милан Rafael Leau 6
10 Интер Xakan Chalxanoglu 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.