Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shu vaqtga qadar o‘z yoshini kichiklashtirgan futbolchilar ishini Adliya vazirligi o‘rganib chiqishni boshladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston futbolidagi eng katta illatlardan biri — futbolchilar yoshini kichiklashtirish, hujjatlarni qalbakilashtirish ishlari bilan endi Adliya vazirligi mashg‘ul bo‘ladi. Bu haqda O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov «Gazeta.uz» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Yoshini kichiklashtirish masalasida ish olib borgan, hujjatlarini qalbakilashtirgan futbolchilar masalasini Adliya vazirligiga qoldirdik. Nega shu vaqtgacha 16—17 yoshli futbolchilar Jahon Chempionatida yaxshi o‘ynagan-u, keyin yo‘qolib qolgan? Chunki ko‘plab futbolchilar yoshini kichiklashtirgan. Tizim buzilgan.

Klublardagi 16 yoshli bolalarning soqollari o‘sib turibdi. Bunday holatlar ko‘p, masalaga aniqlikni Adliya vazirligi kiritib beradi. Yoshlar orasidagi natijalarning yaxshi ekani shu vaqtgacha futbolchilar yoshidagi yolg‘on ko‘rsatkichlardan kelib chiqdi. 18 yoshli futbolchini 16 yoshlilar orasiga qo‘shib kelishgan.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Tashkilot prezidentining so‘zlariga ko‘ra, futbolda tartib bo‘lmagunicha, natijaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kelasi mavsumdan hech kim ayab o‘tirilmaydi va jazolar kuchaytiriladi.

Lobanovning ishi bo‘yicha biz «Paxtakor»ni 50, «Nasaf»ni 100 million so‘m jarimaga tortdik. Nega «Paxtakor»da jarima kamroq deyishlari mumkin. Chunki ular mehmonda to‘p surgandi. Men har daqiqa bo‘ralab so‘kiladigan stadionga hech qachon qizimni olib borolmasdim. Mana bizda madaniyat qanday! Nega ayollar futbol uchrashuvlariga bora olmasliklari kerak?

Agar bu kabi vaziyatlar yana takrorlansa, kelasi mavsum jarimani 500 millionga qadar oshiramiz. Bu ishlarning hammasi klublar uyg‘onishi, o‘zining rivojlanishi ustida ishlashi va muxlislar madaniyatini ko‘tarishga harakat qilishi uchundir.

Shuningdek, kelasi mavsumdan boshlab qizil kartochka olgan futbolchilarni jiddiy jarimalar kutadi. Oldin bunday bo‘lmagan. Ular avval natija ko‘rsasin, pulini keyin oladi.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilgi mavsumdan boshlab klublarning jismoniy tayyorgarligi masalasi bilan yengil atletika federasiyasi vakillari shug‘ullanadi.

Biz yengil atletika federasiyasidagilar bilan kelishdik, futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ular ish olib boradi. Yaxshisi, yigitlar oz bo‘lsa-da uyg‘onsin. Taktika bo‘yicha bosh murabbiy ishlayversin, jismoniy tayyorgarlik masalasini esa yengil atetikachilarga qoldirsin. Milliy termaga chetdan murabbiy olib kelganimizda ham, jismoniy tomondan futbolchilarimizda nimadir borligi ko‘rinishi kerak.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Xo‘sh, milliy termaga bosh murabbiy tayin qilish ishlari qachon yakuniga yetadi? 2018 yil O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikki terma bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Biroq murabbiyning o‘zidan darak yo‘q.

 

Biz ma’lum qilingan 9 nafar murabbiydan tashqari, termasini JCHga olib chiqqan boshqa mutaxassislar bilan ham muzokara olib bormoqdamiz. Ular ayrim sabablarga ko‘ra o‘z jamoasidan ketish niyatida. Ularning iltimosiga ko‘ra, nomlarini hozir aytolmayman.

Ikki murabbiy bilan kelishuvga deyarli erishdik. Endi esa boshqa variantlar ustida ishlamoqdamiz. Biz taklif qilmoqchi bo‘lgan murabbiyni men yaxshi seleksioner mutaxassis sifatida ham bilaman.

FIFA prezidenti Janni Infantinoning sharofati bilan bizga Yevropa uchun yo‘l ochildi. Mavsum boshiga qadar 3 ta mamlakatga borishni rejalashtirganmiz. Qo‘shimchasiga, bosh murabbiylar malakasini oshirish uchun, ularni xorijiy kurslarga yuboramiz. Masalan, «Everton» futbol klubi bilan kelishuvga erishmoqchimiz. Ba’zi murabbiylar o‘yin vaqtida pista chaqib o‘tirishini jim kuzatib turolmaymiz.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 13:44, 27.12.2017. O'qildi: 3843 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик