Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2018 yilgi mavsumidagi o‘zgarishlar tasdiqlandi

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonning professional futbol klublari o‘rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi. 2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o‘zgardi va takomillashtirildi.

Undan O‘FF hamda PFL bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalar tuzilishi, formati, qatnashuvchi klublarga qo‘yiladigan talablar o‘rin olgan.

Mana shu talablar haqida O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktor Omon G‘ofurov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

-Superligada ishtirok etadigan klublar endilikda ayollar va futzal jamoasiga ega bo‘lishi shart. Shuningdek, klublar qoshida o‘z akademiyasi ham mavjud bo‘lishi kerak. Bunday talablarlarning klublar oldiga qo‘yilishi qanchalik asosli?

-Bunday talablar o‘z-o‘zidan kelib chiqqani yo‘q. Biz FIFA hamda OFK reglamentini yaxshilab o‘rganib chiqdik. Professionallikni da’vo qiluvchi har bir klubda eng avvalo akademiya bo‘lishi zarur. Klub o‘z tarbiyalanuvchilariga ega bo‘lishi, ana shu tarbiyalanuvchilari asosida jamoasini shakllantirishi zarur. Shuningdek, klublar kelajakda akademiyada yetishib chiqqan iste’dodli futbolchilarni boshqa klublarga sotish yoki ijaraga berish orqali yaxshigina mablag‘ ham ishlab olishi mumkin.  

Ayollar va futzal jamoasiga ega bo‘lish juda muhim. Bu yo‘nalishlar butun dunyoda rivojlanmoqda. Professional klub qoshida ayollar va futzal jamoalarining mavjud bo‘lishi mana shu klubning nufuzini oshirib, unga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.

-Milliy chempionatimiz formatida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi va bu  o‘zgarishlardan maqsad nima?

-Milliy chempionatimiz formati 16ta klubdan 12ta klubga o‘zgartirildi. Endilikda Superliga jamoalari ikki bosqichda, dastlab ikki davradan iborat uy-safar tizimida bahs olib borishadi. Ikkinchi bosqichda esa, jamoalar o‘z o‘rinlaridan kelib chiqib, 1-6 o‘rinlardagi jamoalar hamda 7-12-o‘rinlardagi jamoalar yana ikkita guruhga bo‘linadilar va uy-safar tizimida maydonga tushadilar.

Bunda “oltin ochko” qoidasi amal qiladi. Ya’ni 1-6 o‘rinlarni egallagan jamoalarning 7-12 o‘rinlardagi jamoalar bilan o‘tkazgan uchrashuvlaridagi barcha natijalar chiqarib tashlanadi. 1-6 gacha bo‘lgan jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar ochkolari saqlab qolinadi. Shuningdek, 7-12 o‘rinlardagi jamoalar ochkolari ham xuddi shunday tarzda hisoblanadi.

Pro-ligada 1-o‘rinni egallagan jamoa Superligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oladi. Superligada 12-o‘rinni olgan jamoa Pro-ligaga tushib ketadi. Pro-ligadagi 2 va 3- o‘rin sohiblari Superliganing 10 va 11-o‘rinlardagi jamoalari bilan o‘tish bahslarida ishtirok etishadi.

Bu o‘zgarishdan asosiy maqsad milliy chempionatimizdagi kurashni kuchaytirish, uchrashuvlardagi shiddatni yanada oshirish. Endilikda hech qaysi jamoa uchun o‘tkinchi o‘yinlar bo‘lmaydi. Yuqori o‘rinlarda borayotgan jamoalar bilan autsayderlar o‘rtasida farq oldingidek katta bo‘lmaydi.

Shuningdek, Superliga klublarining yoshlar jamoalari U-14, U-16, U-18 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida ishtirok etishadi. Ilgari ushbu yosh toifalarida O‘zbekiston birinchiliklari o‘ktazilgan emas. PRO-liga yoshlar jamoalari esa U-14 va U-16 toifalarida o‘zaro bahs yuritishadi.

-Superliga jamoalari to‘p suradigan stadionlarga qo‘yilgan talablar nimalardan iborat?

-CHiroyli va tomoshabop futbol namoyish etish uchun birinchi navbatda shunga mos maydon bo‘lishi kerak. Ana shundan kelib chiqqan holda, Superligada ishtirok etadigan klublar maydonining chimi borasida alohida talablar qo‘yildi. Ya’ni chim xalqaro talablarga javob beradigan, yuqori sifatli bo‘lishi zarur.

Shuningdek, stadionda muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lishi, jurnalistlar, yuqori martabali mehmonlar uchun alohida tribunalar ajratilishi shart.

Bundan tashqari, stadionlarda yoritish uskunalari 1200 lyuks bo‘lishi kerakligi reglamentda ko‘rsatib o‘tildi. Ko‘pgina stadionlarda shu paytga qadar yoritish tizimi yaxshi ishlamagani tufayli o‘yinlarni vaqtli, kunduz kuni o‘tkazishga majbur bo‘lishayotgandi. Buning natijasida stadionga muxlislar tashrifi kamayib ketgani hech kimga sir emas.

- Bu borada qanday o‘zgarishlar amalga oshiriladi?

-Bu borada ham biz vaziyatni yaxshilab o‘rganib chiqdik. Futbol avvalo muxlislar uchun. Muxlislarsiz futbol zerikarli bo‘ladi. Futbol ishqibozlarini stadionlarga qaytarish uchun eng avvalo o‘yinlar vaqtini ular uchun qulay paytga tayinlash zarur edi. Shundan kelib chiqqan holda, yangi mavsumdan boshlab Superliga uchrashuvlari 18:00dan keyin boshlanishi reglamentga kiritildi. PRO-ligada hamda O‘zbekiston kubogi o‘yinlari esa 17:00dan keyin start oladi.

-Superligada ishtirok etadigan jamoalar tarkibida nechta legioner to‘p surishi mumkin?

-O‘zbekiston Superligasi ishtirokchi klublari endilikda 5 nafargacha xorijlik futbolchilarni 4+1 formatida ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishadi. So‘nggi yillarda chempionatimizda "legioner" darvozabon o‘ynashi mumkin emas edi. Bu ta’qiq ham bekor qilindi. Endi klublar xorijlik darvozabonlar bilan ham shartnoma imzolashlari mumkin bo‘ladi.

Qolaversa, klub tizimida ishlaydigan hodimlar borasida ham aniq lavozimlar bo‘yicha qanday ishchilar faoliyat olib borishi reglamentda ko‘rsatib o‘tildi.

-Stadionlarda muxlislik madaniyatini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

-Muxlislik madaniyati eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Aksariyat stadionlarga tashrif buyuruvchi futbol ishqibozlari yomon xulq-atvorlari sababli boshqa muxlislarni stadionga kelishdan bezdirib qo‘yishadi. Aynan madaniyatsiz muxlislar tufayli ko‘plab ishqibozlar stadionlarga farzandlari bilan tashrif buyura olishmaydi. Mana shu holatlarni oldini olish maqsadida, yangi mavsumdan boshlab klublar oldiga muxlislar bilan ish olib borish vazifasini qo‘ydik. Agarda qaysidir jamoa muxlislari stadionda o‘zlarini yomon tutishsa, hakam va futbolchilarni haqorat qilishsa, o‘sha klubga 500 million so‘mga qadar bo‘lgan jarimalar solinishi reglamentga kiritildi. Moliyaviy jazoga tortilmaslik uchun ham endilikda klublar o‘z muxlislari bilan ish olib borishga majbur bo‘lishadi.

-Murabbiylar oldiga qo‘yilayotgan talablar borasida qanday yangiliklar bor?

-Superligada ishtirok etuvchi klublar murabbiylari endilikda talabnoma (“zayavka”) berishdan oldin o‘zlarining chorak va yillik rejalarini bizga taqdim etishalari kerak. Bu rejani O‘zbekiston futbol federasiyasi Ilmiy-metodik bo‘limi mutaxassislari o‘rganib chiqishadi. Agar murabbiyning rejasi talabga javob bermasa, rejasini o‘zgaritib, qaytadan topshirmaguncha,  murabbiy 2018-yilgi o‘yinlar talabnomasiga kiritilmaydi.

Xuddi shuningdek, jamoa futbolchilari ham belgilangan normativlarni bajarmasa, 2018-yilgi mavsumda o‘ynashga ruxsat berilmaydi. Bundan asosiy maqsad, murabbiylar futbolchilar bilan yetarli darajada mashg‘ulot olib borishlari, ularning jismoniy holatini muntazam nazorat qilib borishlarini ta’minlashdan iborat. Futbolchilarga keladigan bo‘lsak, ularning jismoniy holati qanchalik yuqori bo‘lsa, natijalari ham shunga qarab o‘sib boradi. Ular sport formalarini yuqori saviyada ushlab turish uchun doimiy ravishda o‘z ustilarida ishlashga majbur bo‘lishadi. Bu holat terma jamoalarimiz uchun ham munosib nomzodlar yetishib chiqishiga katta yordam beradi.

-Pro-liga bo‘yicha reglamentga qanday talablar kiritildi?

-Pro-liga jamoalari oldiga ham xuddi Superliga kabi jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Avvaliga, Pro-ligada 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar to‘p surishi rejalashtirilgandi. Keyinchalik mutaxassislar va jamoatchilik fikri chuqur o‘rganib chiqilib, jamoalarning hozirgi ahvolidan kelib chiqqan holda, bu cheklov olib tashlandi. Endilikda Pro-ligada istalgan yoshdagi futbolchilar to‘p surishi mumkin. Lekin shu bilan birga, biz jamoalar oldiga asosan yoshlarga katta e’tibor qaratish vazifasini qo‘yganmiz.  

2018 yilgi mavsum reglamentini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:51, 29.12.2017. O'qildi: 6456 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик