Bugun 17 iyul, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Бодрум".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/16 финала. "Понферрадина" - "Реал Сосьедад".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Италии. 1/16 финала. "Монца" - "Брешиа".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Хатайспор".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/16 финала. "Эльче" - "Лас-Пальмас".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Кубок Италии. 1/16 финала. "Дженоа" - "Сампдория".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Бодрум".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/16 финала. "Понферрадина" - "Реал Сосьедад".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Кубок Италии. 1/16 финала. "Монца" - "Брешиа".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.07.2025

      05:05 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Этап в Москве.
      07:15 "Страна спортивная".
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Смешанная эстафета.
      09:45 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      10:50 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве.
      12:25 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 10 в Монако.
      14:40 "Что за спорт?". "Экстрим".
      15:10 Д/с "Век нашего спорта".
      15:40 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Классический лук. Личное первенство.
      17:50 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      18:10 LIVE Летняя Универсиада 2025. Прыжки в воду. Микст. Трамплин 3 м. Финал. Прямая трансляция.
      19:10 "Спорт, который есть". "Кануполо".
      19:30 "Вопреки всему".
      19:55 LIVE Борьба. Международный турнир в Венгрии. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      01:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      01:55 Д/с "Век нашего спорта".
      02:25 Летняя Универсиада 2025. Плавание.
      04:10 "Страна спортивная".
      04:25 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 5 км. Прямая трансляция.
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.07.2025

      06:55 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Смешанная эстафета.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      11:25 "Культовые".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC 313 в Лас-Вегасе, США. Джастин Гейджи против Рафаэля Физиева.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо".
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:10 LIVE Летняя Универсиада 2025. Прыжки в воду. Микст. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      19:10 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      20:15 Смешанные единоборства. UFC 300 в Лас-Вегасе, США. Предварительный кард. Джэлин Тёрнер против Ренато Мойкано.
      21:55 LIVE Летняя Универсиада 2025. Плавание. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Профессиональный бокс. Никита Цзю против Коэна Мазудье. Бой за вакантные титулы IBF Australia и WBO Inter-Continental в 1-м среднем весе.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Классический лук. Личное первенство.
      04:25 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 5 км. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.07.2025

      07:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2.
      09:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 11. Тулуза - Тулуза.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Имолы" в Италии. Лучшие моменты.
      13:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 11. Тулуза - Тулуза.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 12. Ош - Отакам. Прямая трансляция.
      21:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      21:55 LIVE Летняя Универсиада 2025. Плавание. День 1. Прямая трансляция.
      23:45 Снукер. Players Tour Championship. Финальный турнир в Манчестере, Великобритания. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 12. Ош - Отакам.
      03:00 Снукер. Всемирный гран-при в Гонконге. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 12. Ош - Отакам.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning Yangi yil tabrigi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston xalqi, futbol jamoatchiligi, muxlislar va OAV xodimlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi.

«2017 yil tarixda qolayapti. Yangi yil bilan birga yangi rejalar, yangi maqsadlar va yangi loyihalar kirib kelmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida o‘zbek futboli turli davrni boshdan kechirdi. Afsuski, g‘alabalardan ko‘ra mag‘lubiyatlar ko‘proq bo‘ldi. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. O‘smirlar va Yoshlar terma jamoalari ham bildirilgan ishonchni oqlay olishmadi. Ammo endilikda o‘zbek futbolida yangi davr boshlanmoqda.

12 sentyabr kunidagi Hisobot-saylov konferensiyasidan boshlab shu kunga qadar o‘tgan qisqa vaqt davomida futbolimizda katta islohotlar amalga oshirildi va bu islohotlar davom etyapti.

Birinchi navbatda, o‘zbek futbolida amalga oshirish kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. O‘FF bayrog‘i ostidagi musobaqalar o‘tkazilishi saviyasini OFK standartlari holatiga olib kelish, terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini yangi bosqichga olib chiqish birlamchi vazifa qilib qo‘yildi.

Ikkinchi ustuvor vazifa esa, texnikaviy rivojlantirish masalalar bo‘lib, unga bolalar va o‘smirlar, ommaviy futbol, ayollar futboli, futzal va plyaj futbolini rivojlantirish, murabbiylarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi vazifalar kiradi.

Uchinchi ustuvor vazifa, PFL va hududiy federasiyalar faoliyatini kuchaytirish bo‘lib, unda asosiy e’tibor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi musobaqalarini o‘tkazish tizimini tubdan isloh qilish, O‘FFning a’zolari hisoblangan 14 ta hududiy federasiyaning mamlakat futbolini rivojlantirishdagi roli va dahldorligini oshirishga qaratildi.

To‘rtinchi ustun esa, xalqaro munosabatlar bo‘lib, bu jabhada asosan FIFA, OFK, UYEFA va boshqa konfederasiyalar, hududiy federasiyalar, milliy federasiyalar bilan o‘zaro hamkorlik va hamjihatlik aloqalarini kuchaytirish, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish masalalariga e’tibor qaratish ko‘zda tutildi.
Yuqoridagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston futbol federasiyasi xodimlari tomonidan katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, joylarda bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Yangi yil arafasida poytaxtimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda “Kelajak umidlari” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yurtimizning mashhur futbolchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida bolalarga to‘plar va sport formalari, shuningdek, Faxriy yorliqlar topshirishdi.

Kelasi yilda butun Republika bo‘ylab 1000ga yaqin ana shunday musobaqalar, tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Futbolimiz poydevori hisoblangan bolalar futbolini rivojlantirish uchun xorijdan bir qator yetuk mutaxassislar yurtimizga jalb qilinyapti. Jumladan, serbiyalik Zavisha Mixaylovich, “Real” Madrid akademiyasi murabbiyi Kiko Zuniga poytaxtimizda bo‘lishdi. Yanvar oyida yurtimizga belgiyalik mutaxassislar Kris van Puyvelde va Bekir Tedek tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ushbu mutaxassislar yurtimizda faoliyat olib borish orqali, iste’dodli bolalarni saralab olish va ularning iste’dodini sayqallash borasida O‘zbekistondagi murabbiylarga o‘z maslahatlarini berib borishadi. Shuningdek, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Yevropaning kuchli klublariga tavsiya qilishadi.

Milliy chempionatimiz saviyasini oshirish va klublar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish maqsadida, Oliy liga va Birinchi liga Superliga va Pro-ligaga aylantirilib, musobaqa formati o‘zgardi. Endilikda Superligada 12ta jamoa kurash olib boradi. Bu esa o‘z navbatida milliy chempionatda shiddat oshishini ta’minlab beradi.
Yangi mavsumdan boshlab klublar oldiga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgardi. Endilikda har bir klub o‘z qoshida akademiya, futzal va ayollar jamoalariga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Futbolchilar chiroyli futbol namoyish qilishi uchun uchrashuvlar bo‘lib o‘tadigan stadion va maydonlarning sifati ham talabga javob beradigan bo‘lishi, 1200 lyuksdan kam bo‘lmagan yoritish uskunalariga ega bo‘lishi shart qilib belgilandi. Muxlislarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, o‘yinlar boshlanish vaqtlari ish vaqtidan keyinga (18:30, 20:30) qo‘yildi.

Milliy chempionat futbolchilarining jismoniy holatini nazorat qilib borish, terma jamoalarimizga har tomonlama kuchli futbolchilarni yetishtirib berish maqsadida o‘zbek futboli tarixida birinchi marta O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan futbolchilardan normativlar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu normativlar futbolchlarni o‘z ustida ishlashga majbur qiladi. Futbolchilarning jismoniy holati kuchli bo‘lsa, terma jamoalarga nomzodlarni saralab olishda murabbiylar qiyinchilikka duch kelishmaydi.

Xalqaro aloqalarni mustahkamlar maqsadida o‘tgan to‘rt oydan kam vaqt davomida FIFA va OFK prezidentlari Janni Infantino va Shayx Salmon Ibrohim bin Xalifa bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu uchrashuvlarda o‘zbek futbolini rivojlantirish masalalari muhokam qilindi. FIFA hamda OFK tomonidan yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish uchun katta mablag‘lar ajratilishiga kelishib olindi.

Dekabr oyi boshida OFK prezidentining yurtimizga tashrifi va O‘zbekiston Kubogi finalini bevosita stadiondan tomosha qilib borishi katta voqelik bo‘ldi.

Bundan tashqari, BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya futbol assosiasiyalari prezidentlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va imzolangan memorandumlar ham o‘zbek futboli uchun juda manfaatli bo‘ldi. Ana shu memorandumlar asosida terma jamoalarimiz o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi.

O‘zbek futboli tarixida birinchi marta Milliy chempionatimizda ishtirok etadigan klublar murabbiylari va xodimlarini malaka oshirish uchun xorijga yuborish yo‘lga qo‘yildi. Superliga klublari dekabrda Qatarning mashhur “Aspetar” tibbiy markazida malaka oshirib qaytishgan bo‘lsa, klub murabbiylari yanvar oyida Janubiy Koreyaning Key-ligasida tajriba to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

O‘tayotgan yil yoqimli g‘alabalarni taqdim qilganini ham e’tirof etish kerak. Jumladan, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi dekabr oyida Taylandda bo‘lib o‘tgan Xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, finalda Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi va yurtimizga g‘alaba bilan qaytdi.

Endilikda, Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoani katta musobaqa – Osiyo chempionati kutib turibdi. Yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida Olimpiya terma jamoamizdan faqat va faqat g‘alaba kutib qolamiz. Ushbu terma jamoa yigitlari kelajakda Milliy terma jamoa asosini tashkil qilishadi. Shu sababli ham ulardan umidimiz katta.

Milliy terma jamoamiz – futbolimiz yuzi. Ushbu terma jamoaning natijalariga qarab o‘zbek futboliga Xalqaro futbol jamoatchiligi baho beradi. Shu sababli ham milliy terma jamoamizning kuchaytirish, yuqori saviyaga olib chiqish uchun ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, terma jamoamizga munosib sparring raqiblar topish, kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish borasida ham muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilning mart oyida Jahon chempionatiga yo‘l olgan Marokash terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi. Shuningdek, may oyida yana bir JCH ishtirokchisi Eronga qarshi o‘yin o‘tkaziladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tez orada xorijdan kuchli murabbiy olib kelinadi. Bu murabbiy albatta o‘z terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga yo‘l olgan, katta tajribaga ega murabbiy bo‘ladi.

Ishonchimiz, komilki, bu amalga oshirilayotgan islohotlar tezda o‘z samarasini berib, o‘zbek futboli yana yuqori bosqichga chiqadi. Olimpiya va Milliy terma jamoalarimiz Tokio va Qatarda bo‘ladigan Olimpiada va Jahon chempionatlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritib, butun o‘zbek xalqini xursad qilishadi.

Aziz do‘stlar! Kirib kelayotgan yangi 2018 yil oilangizga tinchlik, xonadoningizga baraka olib kirsin. Yangi g‘alabalar, yangi muvaffaqiyatlar doimo yor bo‘lsin. Bundan buyon muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va xalqimizni xursand qilib, futbolimizni birgalikda ko‘taramiz degan umiddaman», - deydi O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov tabrigida.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:44, 31.12.2017. O'qildi: 2069 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.