Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov: "G‘irrom futbol bizga kerakmas, yoshi kichraytirilganlar qat’iy jazolanadi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan futbolimizda shaffoflikni ta’minlash, nohaqliklarni oldini olish va g‘irromliklarga barham berish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, futbolchilarning yoshini kichraytirib ko‘rsatish, hujjatlarni qalbakilashtirishga qarshi kurashish, bu illatlarning ildiziga bolta urish maqsadida, mavjud ma’lumotlar muntazam ravishda o‘rganilib, tahlil qilib borilmoqda.

Tahlil asnosida bir qator noqonuniy holatlar yuzaga chiqdi.

Jumladan, 2008 yil U-16 va 2011 yil U-19 Osiyo chempionatlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan Abdumutal Abdullayev o‘z tug‘ilgan sanasini 19 sentyabr 1992 yil sifatida ko‘rsatgan. Aslida esa bu futbolchining ismi-sharifi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘yicha Nodir Teshabayev bo‘lib, 1989 yil 4 oktyabr kuni tug‘ilgan. Ayni paytda bu futbolchi hech qaysi jamoa tarkibida to‘p surmayapti.

2010 yil Toshkentda o‘tgan U-16 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida to‘p surgan Muhammadjon Abdullayev o‘z tug‘ilgan yilini 1994 yil sifatida ko‘rsatgan. Bu futbolchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida tavallud kuni sifatida 23 noyabr 1991 yil ko‘rsatilgan. Muhammadjon Abdullayev 2013 yili o‘z ismini Rasuljon Abdullayevga o‘zgartirib, Birinchi ligadagi “Xotira-72” jamoasida to‘p surib kelgan.

2012 yil U-16 Osiyo chempionatida hamda 2013 yil BAAda o‘tgan U-17 JCHda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan Ulug‘bek Davlyatov tug‘ilgan yilini 1996 yil sifatida ko‘rsatgan. Aslida esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘yicha uning ismi Nuriddin Hasanov bo‘lib, 1994 yil 20 iyul kuni tavallud topgan. Bu futbolchi shu paytga qadar “Surxon” jamoasida to‘p surib kelgan.

2012 yil U-16 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida to‘p surgan Zokir Ahmadaliyev o‘z tug‘ilgan yilini 1996 yil sifatida ko‘rsatgan. Aslida esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘yicha bu futbolchining ismi Dilshod Ahmadaliyev bo‘lib, 1994 yil 2 noyabr kuni tavallud topgan. Bu futbolchi “Bunyodkor” jamoasida to‘p surib kelgan.

Hasanov Burhon “Buxoro” klubi yoshlar jamoasi futbolchisi. 2000 yil tug‘ilgan deb ko‘rsatilgan. Aslida esa 1998 yil tavallud topgan.

Yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan bir umrga futboldan chetlatildi.

"O‘zbekiston futbol federasiyasi doimiy ravishda futboldagi g‘irromliklar, yosh kichraytirishlar va hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holatlarga qarshi kurash olib boradi. O‘zbek futbolidagi har bir futbolchini shaxsan o‘zim tekshiraman. Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, qat’iy ravishda jazolanadi. G‘irrom futbol bizga kerakmas.

O‘z yoshini kichraytirib, chet elda to‘p surib yurgan futbolchilar haqida ham menda barcha ma’lumot bor. Tez orada ular haqida ham batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi va tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, futbolchilarni chet davlatlarga sotish bo‘yicha qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan, katta pul ishlash maqsadida, futbolchini g‘irromlikka qo‘l urishga majbur qilgan futbol agentlari haqida ma’lumotlar to‘plangan. Bu ma’lumotlar ham tez orada federasiya rasmiy saytida e’lon qilinadi va ularga tegishli jazolar tayinlanadi", - deydi O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:54, 05.01.2018. O'qildi: 5359 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик