Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga (Super liga): yangi mavsum hisob-kitobi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston chempionatida uzoq kutilgan yangi reglament ham ma’lum qilindi. Endi oliy va birinchi ligani unutib, Superliga hamda Pro-liga atamalariga ko‘nikaverish kerak.

Shuningdek, avvalgi formatlarni ham yoddan chiqaramiz. Kamiga endi futbol tomosha qilish uchun matematikani ham yaxshilab o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Chunki Superliga ikki bosqich va to‘rt davradan iborat bo‘larkan, boz ustiga, «oltin ochko» qoidasi ham bor ekan.

Ya’ni, unga ko‘ra, birinchi bosqichning ikki davrasi yakuniga yetgandan so‘ng 1-6-o‘rinlar chempionlik uchun, 7-12-o‘rin egalari esa elitada «jon» saqlash uchun kurashishadi.

«Oltin ochko» qoidasi esa shundan iboratki, yuqori o‘rin egalarining dastlabki bosqichda quyi pog‘onada bo‘lganlar bilan o‘yinlarda qo‘lga kiritgan ochkolari bekor qilinadi. O‘z navbatida, autsayderlar bilan ham xuddi shunday bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, hisob-kitobga shay turish kerak.

Ammo bu narsa biz - o‘zbek futboli muxlislari uchun ko‘p muammo emas. Hisoblash kerakmi, demak shunday qilamiz. Bizda tajriba katta. Shu vaqtga qadar har bir JCH saralashida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ochkolari va imkoniyatlarini hisoblayverib, usta bo‘lib ketganmiz.

O‘sha o‘rganganlarimiz yana asqotadi. Endi qaysidir jamoaning Superligada g‘olib chiqishi yoki Pro-ligaga tushib ketishini bemalol hisoblab yurish mumkin.

Darvoqe, bu yoqda hisoblaydigan boshqa narsalar ham bor...

BADAL PULI

O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan ma’lum qilingan yangiliklar faqat shu emas. O‘z navbatida, hakamlar, nazoratchilar, bolalar futboli bilan birgalikda badal puli haqida ham ma’lumot berildi.

Ishonamizki, bu qarorlarning barchasi futbolimiz ravnaqiga xizmat qiladi. Ammo hamma narsa ham munozaralarda sayqallanadi. Shunday ekan, biz o‘sha qarorlar bo‘yicha ba’zi mulohazalarni bildirib o‘tsak, zarar qilmasa kerak.

Kelasi mavsumdan e’tiboran Superligada badal puli keskin oshishi haqida gaplar tarqaganiga ancha bo‘ldi. Kimdir 300 milliondan so‘z ochsa, boshqasi esa maydalashib o‘tirmay, 1 milliarddan gapirdi. O‘FF nihoyat, bu masalaga ham oydinlik kiritdi - yangi mavsumda elitada qatnashadigan har bir jamoa 500 million so‘m badal puli to‘lashi lozim bo‘larkan.

Pro-liga uchun esa to‘lov miqdori biroz kamroq - 40 million so‘m. Bu raqamlar sizga nimanidir anglatyaptimi? Solishtirish uchun aytib o‘tamiz: o‘tgan mavsum oliy ligada ishtirok etgan klublar 90 million so‘m, birinchi liga jamoalari esa 10 million so‘m badal puli to‘lashgandi. Oradagi farq qay darajada ekanini ko‘r­yapsizmi?

SAVOL

Demak, hisoblaymiz. 500 million so‘m - katta mablag‘. Bunga hech qanday shak-shubha yo‘q. Axir 90 million qayerda-yu, 500 million qayerda. Aytishga oson. Aftidan, O‘FFning o‘zi ham buni juda yaxshi bilib turibdi va qarorini tushuntirish uchun rasmiy saytida alohida xabar ham berib o‘tdi.

Unda aytilishicha, klublardan olinadigan yillik to‘lov: «birinchi navbatda, musobaqalarni o‘tkazish, sport inventarlari va zaruriy texnik vositalarni xarid qilish, klublarning turli yoshdagi jamoalari o‘rtasida Respublika birinchiliklarini o‘tkazish, ilmiy-metodik qo‘llanmalarni nashr etish, chempionat uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar, nazoratchilar, komissarlar maoshlarini to‘lash» uchun kerak. Shuningdek, «badal pullari miqdorini belgilashda yangi mavsumda jamoalar soni qisqargani, uchrashuvlar soni esa ko‘paygani ham inobatga olingan». Xullas, shunaqa gaplar.

Ha, O‘FF tomonidan badal puli bu qadar katta bo‘lishi shu qadar aniq va tiniq qilib tushuntirilganki, ortiqcha e’tirozga o‘rin ham qolmaydigandek ko‘rinadi. Ammo buni qarang­ki, savol baribir topilar ekan. Xususan, federasiya tomonidan aytib o‘tilganidek, yangi mavsumda jamoalar soni qay darajada qisqargani va uchrashuvlar soni ko‘payganini bir hisoblab ko‘raylik-chi.

HISOB

O‘tgan yili oliy ligada 16ta klub ishtirok etgandi va har biri 90 million so‘mdan badal puli to‘lagan. Har holda reglament bo‘yicha shunday bo‘lishi kerak edi. To‘lamaganlar esa musobaqadan chetlatilgan («Obod»). Umumiy hisobda bu mablag‘ 1 440 000 000 so‘mni tashkil etishi lozim edi.

O‘yinlar soni esa 480tadan iborat bo‘lishi rejalashtirilgandi. Demak, O‘FF har bir uchrashuvga o‘rtacha 3 million so‘m sarflashni maqsad qilgan. To‘g‘ri, bu o‘rinda boshqa xarajatlar ham bor. Ammo gap jamoa­lar soni qisqarib, o‘yinlar soni oshganiga bog‘lanayotgan ekan, shu nisbatdan kelib chiqib fikr bildiramiz.

Yuqorida aytilganidek, o‘tgan yili PFL oliy ligadagi har bir o‘yin uchun o‘rtacha 3 million so‘m sarflagan. To‘g‘ri, bu u qadar katta mablag‘ emasdir. Ammo ko‘p xarajatlar klublar gardaniga yuklanganini inobatga olsak, shu 3 million oshib-toshib, homiy tashkilotlar gardaniga katta yuk bo‘lib tushganini taxmin qilish qiyin emas. Xo‘sh, u holda bu yil vaziyat qanday tus oladi? Homiylarning yuki yana og‘irlashadimi?

Yangi reglamentga ko‘ra, kelasi mavsum Superligada 12ta jamoa qatnashadi. Ularning har biri 1 fevralga qadar 500 million so‘m to‘lashi lozim. Aks holda, boshiga «Obod»­ning kuni tushadi. Hamma ishtirokchilar badal pulini to‘lagan taqdirda PFL hisobiga 6 milliard so‘m tushadi.

Yangi mavsumda Superliga to‘rt davra va ikki bosqichda o‘tkaziladi. O‘yinlar soni esa umumiy hisobda 504ta bo‘lishi kutilmoqda. Ya’ni, har bir jamoaga 42tadan o‘yin to‘g‘ri keladi.

Hisoblab chiqadigan bo‘lsak, PFL tomonidan Superligadagi har bir uchrashuv uchun o‘rtacha 11 904 761 so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Bu raqamni yaxlitlab yuborsak, deyarli 12 million so‘m kelib chiqadi. Demak, har bir o‘yin uchun avvalgiga qaraganda 4 barobar ko‘proq xarajat talab qilinadi.

Xo‘sh, bu yaxshimi yoki yomon? Klublarimiz bunday xarajatga tayyormi?

Agar 2008 yilda qabul qilingan qarorga ko‘ra, har bir klubning minimal byudjeti 3 milliard so‘m etib belgilanganini inobatga olsak, nazariy jihatdan jamoalar bu mablag‘ni to‘lash qudratiga egalar. Biroq shu bilan birga yana bir jihatni ham inobatga olib qo‘yish lozim: Superligada «Paxtakor»ga o‘xshash xususiy klublar ko‘p topilmaydi.

Yo‘q, desak ham bo‘lar. Shunday ekan, Superligadagi qolgan 11 jamoa va shu bilan birga Pro-ligadagi 18 ishtirokchining bari davlat tashkilotlariga qaram hisoblanadi. Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi - shuncha mablag‘ni yangi format uchun sarflash to‘g‘ri bo‘larmikan?

MUKOFOT PULI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:28, 07.01.2018. O'qildi: 7001 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.