Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Humoyun Sherbo‘tayev: «Surxon Arena»da o‘ynash biz uchun yoqimli. Stadionimizga qaytishni ancha kutgan edik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/pflclubs/surxon
Rukn: Intervyular
A A A

"Surxon" klubining iqtidorli yarim himoyachisi Humoyun Sherbutayev jarohati sababli mavsumning birinchi yarmidagi ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Biroq, qaytgach, u yuqori saviyada o‘ynay oldi va qaytganidan keyingi ikkinchi o‘yinidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Surxon" matbuot xizmati Humoyundan intervyu olib, uning tiklanish jarayoni va klubimiz kelajagi haqida so‘z yuritdi

— Humoyun, assalomu alaykum! Avvalo, sizni uzoq kutilgan qaytishingiz bilan tabriklaymiz. Tiklanish jarayoni uzoq davom etganidan so‘ng sizda qanday kutganlar bo‘lgan edi?

— Assalomu alaykum! Jamoa tarkibiga qaytganimdan juda xursandman. Jamoadoshlarim bilan birga to‘p tepish, mashg‘ulot va o‘yinlarda ishtirok etish — bu butunlay boshqa bir tuyg‘u. Qaytganimdan baxtiyorman, chunki hayotimni futbolsiz tasavvur qila olmayman

— Tiklanish jarayoni qanday kechdi? Axir siz deyarli yarim yil maydonda yo‘q edingiz

— Tiklanish jarayoni oson kechdi deb aytolmayman. O‘zing bilan kurashish, og‘riq va qiyinchiliklar bor edi, lekin aynan shu holatlar meni kuchliroq qildi, deb o‘ylayman. Nima bo‘lsa ham — yaxshilikka. Tiklanishimda yordam bergan insonlarga, oilamga, yaqinlarimga, do‘stlarimga rahmat aytaman — ular doim yonimda bo‘lishdi

— Siz safga qaytganingizdagi ilk o‘yinda maydon markazida yaxshi o‘yin ko‘rsatganingiz ko‘zga tashlandi. Ikkinchi — "Sho‘rtan"ga qarshi bahsda esa gol muallifiga aylandingiz. "Neftchi" va "Sho‘rtan"ga qarshi ilk o‘yinlaringiz haqida nima deya olasiz?

— Tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytish — bu menga ta’riflab bo‘lmas darajada yoqimli tuyg‘u bo‘ldi. Futbolchi uchun eng katta baxt — bu maydonda bo‘lish. Albatta, dastlabki o‘yinlar oson kechmadi: hali optimal formada emas edim, ayrim xatolar ham bo‘ldi. Lekin men bu jarayonga jiddiy yondashdim, har bir daqiqani qadrladim va eng muhimi — o‘zimga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmadim. Sho‘rtanga qarshi gol urganim esa — bu mehnatimning birinchi mevasi deb bilaman

— Hozirda "Surxon" Superligada 8-o‘rinni egallab turibdi. Sizningcha, bizdan ilgarilab ketgan yetti jamoani quvib yetish imkoniyati bormi?

— Albatta! Agar mehnat qilsak, o‘z ustimizda tinimsiz ishlasak va xatolar ustida jiddiy ishlashda davom etsak — biz yetakchi jamoalarni quvib yetishimiz, hattoki ortda qoldirishimiz mumkin. Eng muhimi — ishonch va jamoaviy birlik

— Bu mavsumdan boshlab O‘zbekiston chempionati yana 16 klub formatiga qaytdi. Bu o‘zgarish chempionatni kuchliroq va raqobatbardoshroq qilishga yordam beradimi?

— Menimcha, bu chempionat yanada kuchliroq bo‘ladi. Qancha ko‘p raqobat va o‘yin bo‘lsa, shuncha ko‘p o‘sish bo‘ladi. Aynan shunday sharoitlarda futbolchi sifatida shakllanish va rivojlanish mumkin. E’tibor bergan bo‘lsangiz, oxirgi yillarda Superligada raqobat kuchaydi. Ko‘plab jamoalar chempionlik va medallar uchun kurashmoqdalar

— Ma’lumki, siz Doston Tursunov bilan juda yaqin do‘stsiz va ko‘pincha futbol adabiyotini o‘qiyotgan holatingizni ko‘rish mumkin. Qaysi kitoblarni afzal ko‘rasiz?

— Doston Tursunov bilan sportchilar avtobiografiyasi haqidagi kitoblarni o‘qishni yoqtiramiz. Ammo rostini aytsam, so‘nggi paytlarda hali kitob o‘qishga ulgurmadim. Hozirgi kunda ko‘proq u bilan shaxmat va PlayStation o‘ynaymiz

— Murabbiylar tandemi — Davletov va Kudryashov haqida nima deya olasiz? Ularning futbol falsafasi sizda qanday taassurot qoldirgan?

— Davletov va Kudryashov murabbiylar tandemi - professional ishidan iborat. Ularning futbolga bo‘lgan yondashuvi aniq, tartibli va zamonaviy. Har bir mashg‘ulot puxta rejalashtirilgan, jamoa ichida intizom va sog‘lom raqobat muhitini yaratishgan. Eng muhimi — ular har bir futbolchining salohiyatiga ishonishadi va uni ochishga harakat qilishadi. Ular bilan ishlash – bu barcha futbolchilar uchun katta tajriba va o‘sish imkoniyati

— 2025 yil "Surxon" uchun tarixiy yil bo‘ldi. Jamoa yana “Surxon Arena”ga qaytdi va o‘z muxlislari qarshisida o‘ynay boshladi. Stadion haqida ilk taassurotingiz qanday bo‘ldi?

— "Surxon Arena"da o‘ynash nafaqat futbolchilar, balki muxlislar uchun ham yoqimli bo‘lsa kerak. Biz o‘z stadionimizga qaytishni ancha kutgan edik. Endi esa bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan — maydon sifati, muhit, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bizga alohida motivasiya beradi

— Sizning pozisiyangizda to‘p suradigan qaysi futbolchilar sizning sevimli o‘yinchilaringiz?

— Hozirgi kunda menga Pedri va Rodri kabi futbolchilarning o‘yini juda yoqmoqda. Ularning futbol mahorati butunlay boshqa darajada. Har ikki futbolchi ham o‘yinni aql bilan boshqaradi, to‘pni nazorat qilish, pozision o‘yin, to‘g‘ri qaror qabul qilish borasida juda kuchli. Ularning o‘yin uslubi menga ilhom beradi va o‘zimni ham shu yo‘nalishda rivojlantirishga intilaman

— "Surxon"ni 3ta so‘z bilan tariflab bering.

— Birlik, tirishqoqlik, g‘alaba.

BLIS-SAVOLLAR:

— O‘zbekiston terma jamoasining TOP-3 futbolchisi?

— Terma jamoamizdagi barcha futbolchilar kuchli va o‘z o‘rniga ega. Shunga qaramay, kuchli uchlikni aytadigan bo‘lsam — bu Eldor Shomurodov, O‘tkir Yusupov va Otabek Shukurov.

— "Surxon" jamoasining TOP-3 o‘yinchisi?

— Jamoamizda ham saviyasi yuqori futbolchilar juda ko‘p. Uch nafarini ajratib ko‘rsatish qiyin, lekin baribir Doston Tursunov, Azizbek Jumayev va Ulug‘bek Shamsiyev alohida e’tiborga loyiq, deb o‘ylayman

— Siz "Surxon" tarkibida 3 ta gol urdingiz. Qaysi biri eng esda qolarli bo‘lgan?

— Eng esda qolarli lahza Superligadagi birinchi golim (Superliga-2023, 4-tur, "Surxon" - "Buxoro" 2:0. Sherbo‘tayev jamoamizning 2-golini urgan edi) Bu men uchun unutilmas tuyg‘u bo‘lgan, chunki u nafaqat shaxsiy yutuq, balki mehnatning samarasini bildirardi

— Muxlislarga tilaklaringiz.

— Muxlislarga katta rahmat — ular har bir o‘yinimizga uzoq yo‘l bosib kelishadi. G‘alaba yoki mag‘lubiyat, yaxshi yoki yomon kunlarda ham bizni qo‘llab-quvvatlashadi. Biz birgamiz — va birgalikda kuchliroqmiz!

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 14:25, 15.07.2025. O'qildi: 1272 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик