Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga jamoalari yangi mavsumga taraddud ko‘rishmoqda

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Mavsumoldi yig‘inlar / Xorijiy yig‘inlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

“LOKOMOTIV”

Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni 2017 yilning 24 dekabrida, o‘z qarorgohida boshlagan. Ayni paytda Toshkentda mashg‘ulotlar olib borayotgan futbolchilar ertaga yig‘inni xorijda davom ettirish uchun BAAning Dubay shahriga jo‘nab ketishadi.

Klub bilan shartnomasi yakunlangan Olabiran Blessing, Muhammad Kone, Sherzod Fayziyev va  Bobir Davlatovga ruxsat berilgan. Ayni paytda Farhod Bekmurodov kabi bir qator futbolchilar ko‘rikdan o‘tishmoqda. “Paxtakor” a’zosi Sherzod Karimov ham yangi mavsumni “temiryo‘lchilar” tarkibida davom ettirishni lozim topgan. Mavsum boshlangunga qadar turli amplualarga besh nafar tajribali futbolchilarni tarkibga qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Jamoa yangi mavsumda JOMA brendi ostidagi oq va qizil sport kiyimlarida maydonga tushishni rejalashtirmoqda.

“PAXTAKOR”

Shota Arveladze shogirdlari yangi mavsumga tayyorgarlikni bira-to‘la xorijda boshlashni afzal bilishdi va 3 yanvarda Turkiyaning Belek shahriga safar etishdi. Yig‘in doirasida 7 yanvarda "Turgutluspor" (Turkiya, 3-liga), 11 yanvarda "Shanliurfaspor" (Turkiya, 2-liga), 15 yanvarda "Partizani" (Tirana, Albaniya Superligasi) va 20 yanvarda "Vardar" (SkopYE, Makedoniya yuqori ligasi) klublari bilan nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan. Jamoa   21 yanvar kuni Turkiyadan qaytgach, tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Toshkentda davom ettiradi. Navbatdagi yig‘inlar jamoaning 30 yanvar kuni Qatar mamlakatining Doxa shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionlar ligasi pley-offining “Al-Garafa” klubiga qarshi uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

 

Jamoani Sherzod Karimov (“Lokomotiv”), Igor Sergeev (“Al-Dafra” BAA), Davron Hoshimov, Javohir Sohibov, Behruz Sa’dillayevlar tark etishdi. Vladimir Kozak, Aleksandr Lobanov, Azim Ahmedov, Akbar Ismatullayev, Jamshid Iskanderov bilan shartnoma muddatlari yakunlangan va qayta shartnomalar imzolangan. Shuningdek, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullayev, Farruh Sayfiyev, Akmal Shorahmedov, Husniddin G‘ofurovlar bilan ikki yillik bitimlar tuzilgan.

Futbolchilar  “Adidas” brendida, avvaldagidek,  sariq-ko‘k va oq rangli formalarda to‘p surishi hal etilgan.

“BUNYODKOR”

Mirjalol Qosimov ustozligidagi jamoa dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 2017 yilning 22 dekabrida, klub qarorgohida boshlagan. Yig‘inlar to‘rt bosqichda rejalashtirilgan bo‘lib, ikkinchi yig‘in Toshkentda, 3 yanvarda boshlangan va 30 yanvargacha davom ettiriladi. Uchinchi yig‘in xorijda, 1-15 fevral kunlari BAAning Dubay shahrida tashkillashtiriladi. So‘nggi yig‘in esa 17 fevraldan to mavsum boshlangunga qadar Toshkentda davom etadi.

“Bunyodkor” FK bilan shartnomasi yakunlangan Otabek Shukurov BAAning “Sharja” klubiga o‘tdi. Shuningdek, shartnomasi tugagan xorijlik Vadim Chemirtan ham jamoani tark etgan. Ayni paytda jamoa bilan shug‘ullanayotgan futbolchilardan Murodjon Zuhurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatovlarning ham shartnomalari yakunlangan. Shu kunlarda ular bilan yangi bitim imzolanishi kutilmoqda. Qolaversa, klub murabbiylar shtabida bir nafardan yarim himoyachi va hujumchi taklif etish rejasi ham bor.

“Bunyodkor” 2018 yilda ham Germaniyaning JAKO kompaniyasi liboslarida harakat qiladi. Jamoa liboslari oq va to‘q ko‘k ranglarda bo‘ladi.

“MASH’AL”

Futbolchilar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 5 yanvarda Yangiyerda boshlashdi. Yangi bosqichga tayyorgarlik yig‘ini ikki bosqichda o‘tishi belgilangan. Dastlabkisi 5-20 yanvar kunlari  Yangiyerning o‘zida, ikkinchisi 25 yanvardan 11 fevralgacha Farg‘onada.

Ayni paytda Zohir Qo‘ziboyev, Kenja To‘rayev, Umid Matmusayev, Tomoki Muramatsu, Shaxzod Shaymanov va Igor Timanyuklar jamoa yig‘inida ishtirok etishmayapti, ammo ular  rasman jamoani tark etishganicha yo‘q. Yangilardan Akram Baxriddinov va Muxsin Ubaydullayev bilan shartnoma imzolangan. Shuningdek, mashg‘ulotlarda 15 nafarga yaqin ko‘rikdan o‘tayotganlar bor.

8 yanvarda “Qo‘qon-1912”, 13 yanvarda Qozog‘iston klublaridan biri,  17 yanvarda “Navbahor”, 18 yanvarda esa “So‘g‘diyona” jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish rejalashtirilgan.

Futbolchilar yangi mavsumda “Patrik” firmasining oq, ko‘k va sariq ranglardagi sport kiyimlarida harakat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

“QO‘QON-1912”

Jamoa yangi yilga qadar ilk yig‘inini o‘z qarorgohida o‘tkazgandi. Navbatdagi yig‘in 4 yanvar kuni Toshkentda boshlandi. To‘rt bosqichdan iborat tashkil etiladigan yig‘inlarning qolganlari Farg‘ona va Toshkent shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 8 yanvarda “Mash’al”, 14 yanvarda “Navbahor”, 23 yanvarda esa “Buxoro” klublari bilan nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi belgilangan. 18 yanvarda ham bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tadi, biroq raqib nomi hozircha ma’lum emas.

F.Rayevas, N.Ribkin, A.Sidorovning ijara muddati tugadi va ular “Paxtakor”ga qaytishdi. Hozircha hech kim bilan shartnoma tuzilmadi.

Ayni paytda jamoa tarkibida Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Bahodir Pardayev (J.Koreya), O‘tkir Yusupov (“Neftchi”), Igor Taran (“Sho‘rtan”), Muzaffar Abdullayev (“So‘g‘diyona”) kabi futbolchilar ko‘rikdan o‘tishmoqda. Mavsum boshlangunga qadar tarkibga ikki nafardan darvozabon, yarim himoyachi va hujumchi hamda bir nafar himoyachi taklif etishga ehtiyoj bor.

Jamoa yangi mavsumda qanday sport kiyimida maydonga tushishi hozircha ma’lum emas. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:10, 09.01.2018. O'qildi: 4804 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик