Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FF prezidenti Farg‘ona viloyati futbol federasiyasi faoliyati bilan tanishdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Viloyatlar FF
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ishchi guruh bilan birgalikda 12 yanvar kuni Farg‘onaga tashrif buyurdi.

Umid Ahmadjonov dastlab Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Shuhrat G‘aniyev bilan uchrashib, vodiyda futbolni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar borasida suhbatlashdi.

Shundan so‘ng Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh “Neftchi” PFK klubi stadioni – “Istiqlol”ga borib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Stadion 20 ming nafar muxlisga mo‘ljallangan bo‘lib, uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. O‘FF prezidenti “Istiqlol” stadionidagi sharoitlarni yuqori baholadi.

Keyin esa Umid Ahmadjonov “Neftchi” PFK qoshidagi ayollar jamoasi a’zolari bilan uchrashdi va ularning mashg‘ulot jarayonlari qanday kechayotgani bilan qiziqdi. Keyin esa ayollar jamoasi a’zolariga to‘plar sovg‘a qilindi.

Shundan so‘ng, O‘FF prezidenti “Neftchi” PFK akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Bolajonlarga ham mashg‘ulotlar o‘tkazishda foydalanish uchun to‘plar sovg‘a qilindi.

“Neftchi” klubi faoliyati bilan tanishilgandan keyin O‘FF prezidenti boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyati futbol federasiyasiga tashrif buyurdi. Viloyat futbol federasiyasi faoliyati o‘rganib chiqildi.

Shu yerning o‘zida Umid Ahmadjonov viloyat federasiyalari mas’ullari ishtirokida majlis o‘tkazdi. Majlisda O‘FF boshqarma boshliqlari, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyati futbol federasiyalari xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Majlis davomida viloyat futbol federasiyasi tomonidan ommaviy futbol, bolalar va o‘smirlar futboli, murabbiylar va hakamlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Viloyat futbol federasiyalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Vodiy ahli futbolni juda sevadi. Bu yerda futbolning jonkuyar muxlislari ko‘p. Ana shu muxlislarni, xalqimizni xursand qilish uchun asdoydil mehnat qilishimiz kerak. Buning uchun, ko‘zi yonib turgan, futbol rivoji uchun halol ishlashga tayyor insonlarni ishga olish kerak. Mana “Oltin vodiy” dasturi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda. Reja bo‘yicha bu yil butun respublika bo‘ylab 1000 ga yaqin musobaqa o‘tkazish rejalashtirilgan. Shulardan 600 tasi vodiyda o‘tkaziladi. Jumladan, Farg‘onada 200 ga yaqin bolalar va o‘smirlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazamiz.

Endilikda futbol maktablariga qabullarni shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash kerak. Qabul davomida O‘FF mas’ul xodimlari albatta ishtirok etadi. Shuningdek, OAV vakillari ham qabul jarayonini keng yoritib borishlari kerak.

Shuningdek, Farg‘onada murabbiylar va hakamlarni tayyorlash masalasiga jiddiy yondashish zarur. Endilikda, O‘zbekiston futbol federasiyasi hakamlar va murabbiylarning saviyasini oshirish bo‘yicha seminarlarning barcha xarajatlarini qoplab beradi. Bu chora-tadbirlar iste’dodi bo‘la turib, moliyaviy sabab lisenziya ololmay yurgan murabbiy va hakamlarga yaxshigina imkoniyat”, – deydi O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

“Vodiyda futbolni rivojlantirish uchun ko‘p mehnat qilish kerak. Qo‘qon shahri o‘zbek futbolining vatani. Nasib qilsa, bu yil vodiyda futbol bayrami uyushtiramiz. Bu yerda xalqaro talablarga javob beradigan shunday chiroyli stadionlar barpo etilgan. Bu stadionlarda Olimpiya terma jamoamiz ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etiladi. Bu vodiy ahli uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ladi”, – deya qo‘shimcha qildi Umid Ahmadjonov.

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:44, 12.01.2018. O'qildi: 4739 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик