Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sangiya xotirasi uchun yoxud «Manchester Siti»ning yaponiyalik ideal ijrochisi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

U xitoylik emas, balki yaponiyalik. Uni vaqtida «Real» «brak»ka chiqargan, o‘zi esa «Barselona» safiga qo‘shilishdan bosh tortgan. U hozirda «Manchester Siti»da Xosep Gvardiolaga misli ko‘rilmagan miqyosda ko‘maklashmoqda. U - jahon va Yevropa chempioni. Ko‘pchilik bu ta’riflar mohir yarim himoyachi David Silvaga qaratilganini osongina fahmlagan bo‘lsa, ajabmas.

Fojia yoki bayram?

David Silva qiyofasiga qarab, uning o‘ta xotirjam yigit ekanligini tushunish qiyin emas, to‘g‘ri, ispan yigiti oxirgi «Manchester derbisi»da sardorlik bog‘ichining ta’siridami, xuddi Xalkdek taassurot uyg‘otdi.

Silvaning futbolda erishgan katta g‘alabalari ro‘yxati shunchalik uzunki, unga beixtiyor havasingiz keladi. David Silva - jahon chempioni, Yevropa birinchiligining ikki karra g‘olibi, Angliya chempionati oltin medali va mamlakat kubogi sohibi.

Ammo haqiqat shuki, chinakam chempionlarning hayot yo‘llari faqat g‘alabalardan iborat emas. Ular ham xuddi oddiy odamlardek ba’zan shunchalik og‘ir yo‘qotishlarga duch kelishadiki, alamini bir umr unutmaydilar, unutolmaydilar... Xullas, David 9 yoshga to‘lgan vaqt uning suyukli va mehribon xolasi Loli qizchali bo‘ladi.

David Silva oxirgi vaqtlarda raqib darvozasini zabt etgach, har safar golini og‘ir xastalik tufayli 5 yoshida vafot etgan o‘sha jiyani - Santiya xotirasiga bag‘ishlamoqda. Futbolchining butsasida ham chiroyli yozuv ko‘zga tashlanadi - «Santiya». Qo‘lida esa maxsus tatuirovka bor.

Otasining alohida ta’kidlashicha, Sintiyaning o‘limi Davidni shu darajada ezib qo‘ygandiki, u atigi bir necha daqiqada o‘z-o‘zidan ulg‘ayib qolgandek taassurot uyg‘otgan. Chunonchi, oriqqina yigit Santiyaning ayanchli taqdiridan keyin atrofdagi voqealar, hattoki, futbolga ham boshqacha yondasha boshlagandi. Deylik, Davidni «Real» maktabiga olishmagach, uning o‘zi «Barselona»ning afsonaviy akademiyasiga borishdan bosh tortadi.

Davidga Lionel Messidek afsonani tarbiyalagan maktabdagi tartib-intizomning o‘ta qat’iyligi yoqmagandi. Chunki «La Masiya»da tartibbuzarlarga keskin chora ko‘rilar, intizomni buzganlar sira kechirilmasdi.

Aslida Silva ko‘rinishidan quvnoq va yomshoqko‘ngil yigitga o‘xshasa-da, har doim ham kimnidir aql o‘rgatishiga toqat qilavermaydi. Shuning barobarida doimo o‘zgalarga ko‘maklashishni xush ko‘radi. Ayniqsa, jiyani bilan ro‘y bergan noxushlik uni boshqa bolalarga nisbatan mehrini oshirgan... Muhimi, David ijtimoiy hayotdagi xayrli ishlari matbuotda yoritilishini sira istamaydi

. Ya’ni pinhona xayr-saxovatni ma’qul ko‘radi. Aytgancha, oradan ko‘p yillar o‘tib, Davidning xolasi yana farzand ko‘radi va futbolchi Yoanna ismli qizchaning tutingan otasiga aylanadi.

Xitoylik yoki yapon?

David Ximenes (futbolchining haqiqiy ism-familiyasi) yoshligida xitoylikka o‘xshamasada, Kanar orollari quyoshida toblangan ispan yigitlaridan alohida ajralib turardi. Xususan, ko‘zlari qisiqligi bilan.

Shu boismi, maktabdosh o‘rtoqlari unga qiziqarli laqab «yopishtirishadi» - «xitoylik». David ko‘chada birga to‘p ketidan chopadigan sinfdosh do‘stlariga ota tomondan ispan, ona tomondan esa yapon ekanligini ming uqtirsa-da, bolalar «xitoylik» iborasidan voz kechishmaydi.

Natijada bu laqab unga umrbod yopishib qoldi. Ha, Davidning onasi Yaponiyadan, ammo ismi negadir Eva, familiyasi ham yaponlarga xos emas - Silva. Tashqi ko‘rinishidan esa haqiqiy yapon ayoliga o‘xshaydi.

To‘g‘ri, Davidga qarasangiz, uning osiyolik ekanligi tasavvuringizga sig‘maydi aslo. Shunga qaramay, futbolchi tomirlarida yaponlar qoni ham oqayotganidan faxrlanadi. Yana bir dalil - David Yaponiya futboli yulduzi - Xidetoshi Nakata bilan qarindosh va aytishlaricha, bolaligida aynan unga o‘xshagan ekan.

Aytish kerak, qahramonimiz futbol masalasida «Roma»ning afsonaviy xavbegidan allaqachon o‘zib ketishga ulgurdi. Zero, u yevrofutbol ta’limini olgan, ma’lum-u mashhur murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullangan. Deylik, polisiyachi sifatida ishlagan otasi vaqtida Xuan Karlos Valeron bilan birga to‘p surgan.

Davidning o‘zi keyinchalik «Valensiya» maktabida tahsil oldi va aynan levantiyaliklar iltimosiga ko‘ra, familiyasini o‘zgartirdi - Ximenesdan Silvaga aylandi. Chunonchi, «Los Ches» akademiyada Ximenes familiyali futbolchilar juda ko‘p edi.

Muhimi, David «Valensiya»ga chinakamiga mehr berdi, jamoada bor kuchi bilan o‘ynadi. Uning sotilishi masalasi kelsak, klub transferga chorasizlikdan ko‘ndi - mablag‘ suv va havoday zarur bo‘lganligi uchun. E’tiborli fakt, David hozirgacha 2 martagina jamoa almashtirdi. Bu unda sadoqat tushunchasi ancha rivojlanganidan dalolat.

David Silva Valensiyada avvaliga doimo g‘ingshib yurdi, xuddi Andres Inyesta «La Masiya»dagi ilk kunlarda o‘zini noqulay sezgandek. Boisi, bolakay yolg‘iz yashashga ko‘nikmagandi. Buvisining aytishicha, David tabiatan barcha g‘am-tashvishlarni ichiga yutadigan yigit. Bunday xarakter bilan esa notanish sharoitga moslashish juda qiyin.

Asosiysi, David maydonda o‘zini mutlaqo erkin tutardi va shu asnoda jamoaga kirishib ketdi. Xullas, vaqtida «Valensiya»ning chap qanot vingeri rolida namoyon bo‘lgan «xitoylik» endi Xosep Gvardiola uchun «Yangi Pirlo»ga aylanib ulgurdi. Faqat yodda tutish kerak - «xitoylik» asli yapondir!

«Real» yoki «Barselona»?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:42, 14.01.2018. O'qildi: 3538 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик