Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Merchendayzing yoxud o‘zbek futbolida marketing sohasi qanchalik rivojlangan?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston futbol federasiyasining marketing haqida chiqargan xabarini alohida e’tibor bilan o‘qib chiqdim. Nima uchun alohida e’tibor? Chunki, O‘FF va PFLda aynan shu narsa azaldan katta muammo edi.

Xabarda esa masalaga oydinlik kiritilishiga umid qilgan bo‘lsam kerak. Umid oqlanmadi. Ammo o‘qiganlarim orasida yoqqani ham bor, albatta. Ertaklarda ham podshoning oldiga yaxshi va yomon yangilik olib kelishganida, avval yaxshisini yetkazish buyurilgan ekan.

Biz ham yaxshisidan boshlasak. Bu xabarni o‘qish orqali o‘zim uchun yangi ibora kashf etdim - merchendayzing. Futbol tashkilotining rasmiy saytida chiqqan xabar tufayli iqtisodiyot borasidagi bilimimni ham sinab ko‘rdim. Tan olaman, buning uchun internetni ancha titkilashga to‘g‘ri keldi.

Chunki, iqtisodchi emasman. Shuning barobarida federasiyadagilarning iqtisod bo‘yicha bilimiga ham qoyil qoldim. Hech kim bilmagan narsalarni bilishar ekan-ey...

MERCHENDAYZING - NIMA U?

Agar olamga mashhur ensiklopediya - vikipediya aldamayotgan bo‘lsa, merchendayzing deganlari marketing jarayonining bir qismi sanaladi. U orqali do‘kondagi mahsulotni sotish uslubi aniqlab olinarkan.

Ya’ni, mahsulot turi, qay tariqa qadoqlanishi, peshtaxtaga xaridor e’tiborini tortadigan qilib qo‘yilishi va reklamadan tortib, narx yozilgan qog‘ozcha qanday turishigacha belgilab berarkan. Ammo merchendayzing bevosita savdo masalasiga aralashmasligi ham alohida yozib qo‘yilibdi. Molingizga qancha chegirma qo‘yasiz, ulgurji berib yuborasizmi yoki chakana sotasizmi - bu yog‘i bilan ishi yo‘q.

Endi O‘FF rasmiy saytidagi xabarda merchendayzing haqida nima deyilganiga e’tibor qaratsak: «Futbol klublari merchendayzing mahsulotlarini (klub atributikalaridan foydalanilgan suvenir mahsulotlar) ishlab chiqarish huquqiga egalar. Ishlab chiqarishdan oldin mahsulotlar eskizlari va dizayni PFL marketing bo‘limiga taqdim etilishi va tasdiqlanishi zarur.

Futbol klublari o‘z stadionlarida merchendayzing mahsulotlarini sotuvchi kamida bitta savdo shoxobchasini tashkil qilishga majburlar.

Futbol klublari o‘z uy stadionlaridagi uchrashuvlar chiptalarining sotuvidan tushgan mablag‘ning 2 foizini har yili PFL hisobiga o‘tkazib borishlari shart».

Ko‘rib turganingizdek, men vikipediyada o‘qib olganim merchendayzing bilan O‘FFning tushunchasi bir-biriga unchalik ham mos kelmas ekan.

Ayniqsa, chiptalardan tushgan pulning 2 foizi PFL hisobiga o‘tkazib berilishining merchendayzingga qanday aloqasi borligiga tushunmadim. Ammo mayli, bunaqa iboralarni iqtisod fani olimlari va PFLga qo‘yib beraylik-da, masalaning asl mohiyatiga o‘taylik.

O‘zbek futbolida marketing masalasi qay darajada? Uning istiqboli qanday? Umuman, marketingni rivojlantirish uchun nimalar qilish mumkin? Xorij futboli timsolida bu borada o‘z nuqtai nazarimizni bildirishga urinib ko‘ramiz.

PFL VA HOMIYLAR

Marketing haqida gap borar ekan, eng avvalo, Professional futbol ligasining o‘zida holat qanday ekaniga e’tibor qaratsak. Bu tashkilotga pul keladigan boshqa biror manba bormi yoki faqat klublardan yig‘ib olinadigan mablag‘ evaziga kun ko‘radimi? Umuman, professional musobaqalarni o‘tkazadigan tashkilot qanday bo‘lishi lozim?

PFL tashkil etilganidan buyon qancha vaqt o‘tgan bo‘lsa, biz uni faqat klublardan yig‘ilgan badal pulini sarflaydigan tashkilot sifatida bilamiz. Buni yashirish shart emas.

Hamma umid yangi rahbariyatga bog‘langan edi, ammo afsuski, hozircha bu masalada ham biror o‘zgarish ro‘y berganini ko‘rmadik. Yo‘q, uzr, o‘zgarish bor ekan - o‘sha badal puli miqdori sezilarli ravishda oshirildi. Shuni kutganmidik?

Taassufki, PFLning qay tariqa pul ishlashi mumkinligini hozircha tasavvur qilib ko‘rish ham qiyin. Ya’niki, oxirgi vaqtlarda ko‘p gapirilayotgan marketing va balki, merchendayzing ham juda oqsayotir.

Aytaylik, PFLning hatto o‘z homiysi ham yo‘q. Ya’ni, biror kompaniyani reklama qilib, shu orqali pul ishlashni bilmaydi. Keling, shu o‘rinda boshqa o‘lkalarda vaziyat qanday ekaniga e’tibor qaratsak.

Uzoqqa bormaymiz-da, Rossiya Premyer-ligasidan misol keltirib qo‘ya qolamiz. Buning uchun tashkilotning rasmiy saytiga kiramiz va «homiylar» deb atalmish havolaga murojaat qilamiz. Kompyuteringiz sichqonchasini bir «niqtash»ning o‘ziyoq sizga bir olam homiylar ro‘yxatini chiqarib beradi.

Bu yerda dunyoga mashhur Nike brendi deysizmi yoki «Rosgos-strax»ga o‘xshagan mahalliy yetakchi kompaniyalar deysizmi, barcha-barchasi bor. Ataylab sanab chiqdim, 11ta kompaniya RFPL bilan hamkorlik qilarkan. Orasida aviakompaniyalar ham mavjud. Mana buni professionallik desa bo‘ladi!

Endi bir o‘ylab ko‘ring, shunday baquvvat hamkorlarga ega tashkilot faqat klublardan yig‘iladigan badal puliga qarab qolishi mumkinmi? Hali biz Ispaniya La-ligasi yoki Germaniya Bundesligasi haqida gaplashmadik. Ularning har biri qanday pul ishlashni juda yaxshi biladi va lozim bo‘lganda klublarga o‘zi yordam berishi mumkin.

Bizda-chi?

BIZDA

PFL kelasi yildan e’tiboran oliy ligani Superliga, birinchi ligani esa Pro-liga deb atashga qaror qildi. Ammo nom o‘zgargani bilan yana hammasi avvalgidek qolib ketmasmikan?

Hozir o‘zbek futbolida vaziyat shundayki, klublar o‘zaro til biriktirib, alohida chempionat tashkil  etib olsa, PFL moliyaviy jihatdan hech qanday bosim o‘tkaza olmaydi. To‘g‘ri, bu chempionat rasmiy maqomga ega bo‘lmasligi mumkin, ammo yirik miqdordagi badal pulini to‘lay olmagan jamoa qayerdadir futbol o‘ynashi lozim-ku, shunday emasmi?

Mayli, bu chempionatda g‘olib chiqqan jamoa Osiyo Chempionlar Ligasiga yo‘l olmasin, ammo tomoshabin to‘plash bo‘yicha Superliga g‘olibidan o‘tib ketmasa, nima desangiz deng.

Oliy ligada chempionlikka erishgan «Lokomotiv»ning o‘yiniga bu yil qancha muxlis keldi? Ishonavering, agar «Neftchi» yoki «Dinamo» qandaydir havaskorlar musobaqasida g‘olib chiqsa, stadionga ishqiboz sig‘may ketadi. Yana ham bu arenalar sig‘imi «Lokomotiv»nikidan bir necha barobar ko‘p...

Men bu bilan klublarni alohida musobaqa tashkil etishga chaqirmoqchi emasman. Shunchaki, ular bo‘lmasa PFL ham hech narsaga arzimaydigan tashkilotga aylanib qolishi mumkinligini nazarda tutdim.

Zero Professional futbol ligasi faqat klublardan badal puli yig‘ib oladigan tashkilot, xolos. Yoki qayerdadir adashyapmanmi?

KLUBLAR

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:07, 21.01.2018. O'qildi: 3805 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик