Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonovning U-23 Osiyo chempionati g‘olibiga aylangan futbolchilarga yo‘llagan tabrigi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Bir necha kun ilgari barchamizning umidimiz bo‘lib Xitoyga jo‘nab ketgan va endi xalq qahramonlari sifatida ortda qaytayotgan futbolchilarimiz — biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Bir daqiqa bo‘lsin tinim bilmagan murabbiylarimiz, katta futbolga dadil kirib kelgan futbolchi ukalarim va albatta, delegasiyamiz safida Xitoyga jo‘nab ketgan har bir vakilimizga millionlab muxlislarimiz nomidan tashakkur izhor qilaman. Sizlar nafaqat qit’aning ayni vaqtdagi eng kuchli jamoasi ekanligingizni ko‘rsatdingiz, balki butun Osiyoga kim aslida kim ekanini ham namoyon eta oldingiz. Bu bilan esa butun O‘zbekiston xalqiga bayram kayfiyati ulashdingiz. Ushbu tarixiy g‘alabangiz bilan Prezidentimizning quvonchli tabassumlariga sababchi bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘ldingiz.

Safarga ketishingiz oldidan siz bosib o‘tadigan mashaqqatli yo‘l futbolga oshno tutingan odamlarimiz yuzlaridagi tabassum va dillaridagi cheksiz quvonchga sabab bo‘lishi, mana shu oniy fursatdagi baxtiyorlik uchun esa yillar davomida mehnat qilish arzirli bo‘lishi haqida gaplashgandik. Endi baralla ayta olamizki, siz bu missiyani sharaf bilan uddalay oldingiz.

Sizni safarga jo‘natgan har bir vatandoshimiz, uyda intiq kutayotgan ota-onangiz, aka-uka-yu opa-singillaringiz endi barchalaringiz bilan g‘ururlanib yurishadi. Sizning bu muvaffaqiyatingiz o‘zbek futboli tarixiga oltin harflar bilan yoziladi. Ayniqsa, “qor jangi”dek ko‘ringan final uchrashuvi tillarda doston bo‘ladiki, biz bu o‘yinni yillar davomida eslab yuramiz va har bir yodga olgan lahzalarimizda o‘zimizni baxtiyor his qilamiz.

2018 yil mamlakatimiz sportida, xususan futbolda katta o‘zgarishlar yili bo‘ladi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdek suyanchimiz bor ekan, biz bunday g‘alabalarga birgalikda hali ko‘p erishamiz. Sizdan o‘tinchimiz shuki, o‘sishda, izlanishda va mehnat qilishda davom eting. Zero, mamlakat milliy terma jamoasini Jahon Chempionatiga ham aynan o‘zingiz olib chiqasiz va millionlab o‘zbekistonliklarga azaliy orzulari ro‘yobini taqdim etasiz. Bugungi g‘alaba shu yo‘ldagi debocha bo‘lib tarixga muhrlanadi.

Tarixiy g‘alaba, tarixiy chempionlik muborak bo‘lsin! Omad, zafar hamda yetakchilik sizni aslo tark etmasin! Barakalla!

Umid Axmadjonov, MOQ prezidenti

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:23, 27.01.2018. O'qildi: 7849 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик