Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prezident sovg‘asi: 26ta Malibu Chempionlarga topshirildi (video)

Baho:
+3 | -2
O'ZBEK FUTBOLI / Olimpiya terma jamoasi / Yig‘inlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 29 yanvar kuni yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati musobaqasida Vyetnam terma jamoasin dog‘da qoldirib, finalda g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi  Xitoydan qaytishdi.

“Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quranboyev va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar, OAV xodimlari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishdi.

Chempionlar joylashgan kortej dastlab Aeroport terminal-3 (mahalliy),  Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sharof Rashidov, Navoiy ko‘chasi hamda Amir Temur aylanmasi va O‘zbekiston mehmonxonasi bo‘ylab harakatlandi. “O‘zbekiston” mehmonxonasiga tomon yo‘l olgan chempionlarni muxlislar tarixiy kecha uyushtirib iliq kutib olishdi.

Mehmonxona hovlisida chempionlarni rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. So‘ngra futbolchilarning har biriga prezident sovg‘alari - Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar taqdim etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 22 ta oq Malibu avtomobili futbolchilarga, 4 ta qora Malibu murabbiylarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Prezident sovg‘asi” sifatida tuxfa etildi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyga quyidagi tarkibda yo‘l olgan edi.

Darvozabonlar: 12.Dilshod Hamroyev (“Navbahor”), 1.Botirali Ergashev (“Paxtakor”), 21.Rahimjon Davronov (“Mash’al”);

Himoyachilar: 2.Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), 3.Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), 4.Akrom Komilov ("Bunyodkor"), 5.Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), 6.Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), 20.Doston Tursunov (“Neftchi”), 13.Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), 18.Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), 15.Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);

Yarim himoyachilar: 17.Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), 7.Odil Hamrobekov (“Nasaf”), 10.Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-192”), 8.Jasurbek Yaxshiboyev (“Paxtakor”), 16.Doniyor Narzullayev (“Nasaf”), 14.Abdujamol Isroilov (“Neftchi”), 23.Suhrob Nurulloyev (“Paxtakor”);

 Hujumchilar: 9.Zabihillo O‘rinboyev (“Paxtakor”), 22.Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), 11.Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:21, 29.01.2018. O'qildi: 25443 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик