Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov Andijonda viloyati futbol mutassaddilari va sport federasiyalari vakillari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Andijon ishchi guruh bilan Andijonga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Kun davomida Sho‘rbuloq futbo maktab-internati, “Andijanka” ayollar futbol jamoasi, “Sog‘lom avlod” stadioni, Olimpiya zaxiralari kolleji, “Qo‘qon-1912” klubiga qarashli “Markaziy” stadioni bilan tanishgan Umid Ahmadjonov kunning oxirida viloyat futbol mutassaddilari va sport federasiyalari vakillari bilan uchrashdi.

Tadbirni Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Serobiddin Ismoilov ochib berdi. Shundan so‘ng Umid Ahmadjonov so‘zga chiqib viloyat sportida yuzaga kelgan vaziyatga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Eng avvalo “Andijon” futbol klubi so‘nggi yillarda barqaror o‘yin namoyish eta olmasdan viloyatning futbolsevar muxlislarini ranjitayotganligi, jamoa oldiga o‘tgan yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra garchand kuchlilar safiga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsada buni uddalay olmaganiga alohida urg‘u berdi.

Bu borada vilolyat futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti Bekzod Karimov va “Andijon” futbol klubi bosh direktori Ma’ruf Abdusalomovlarga futbol tizimini qayta ko‘rib chiqish va ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga bir haftalik muddatda aniq takliflar kiritish vazifasini yukladi. Shu bilan birgalikda viloyatda futbol tizimini butunlay yangidan yaratish, futbol maktab-internatlari va olimpiya zaxiralari koleji strukturasi hamda shtat jadvalini qaytadan ko‘rib chiqish bo‘yicha mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berdi.

Jumladan, futbol maktablari  davlat ajratayotgan pullarga boqimanda bo‘lmay, o‘zlari iste’dodli bolalarni tarbiyalab, keyinchalik ularni boshqa klublarga sotgan holda daromad ko‘rishlari kerakligini ta’kidladi.

“Davlatimiz futbol maktablariga katta mablag‘ ajratadi. Bizning davlatga o‘xshash davlat boshqa yerda yo‘q. Lekin futbol maktablari davlat beradigan pulga qarab o‘tirmay o‘zlari ham mustaqil ravishda daromad ko‘rishni yo‘lga qo‘yishlari kerak”, - dedi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov Andijon viloyati futbol federasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda OAVda yoritib borish bo‘yicha ham topshiriq berdi.

“Jurnalistlar ham futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishsa, biz bu takliflarni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Hammamiz birgalikda ishlab, O‘zbekistonda futbolni yangi bosqichga olib chiqishimiz, futbol tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng MOQ Prezidenti olimpiya sport turlari bo‘yicha federasiyalarning viloyat bo‘limi mas’ullari bilan suhbatlashdi. Andijon olimpiya zaxiralari koleji faoliyati tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Ushbu kolej birinchi navbatda o‘z nomini oqlab, faqat olimpiya sport turlari bo‘yicha faoliyat olib borishiga alohida urg‘u berildi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Andijon viloyati bo‘yicha vakili Abdulla Ziyaidov o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyatsizligi sabab vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga yosh va shijoatli, sportni chin ma’noda sevuvchi, eng muhimi vatanparvar nomzodni tavsiya etishni so‘rab viloyat hokimi o‘rinbosariga murojaat qildi.

Endilikda butun mamlakatimiz bo‘ylab olimpiya zaxiralari kolejlari Milliy olimpiya qo‘mitasi nazoratiga o‘tishi, ushbu sport maskanlarida faqat eng iqtidorli yoshlar tahsil olishi va ularning asosiy vazifasi eng avvalo terma jamoalarimizga munosib nomzodlar yetkazib berish bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. Yig‘ilish davomida mutasaddi xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 07:03, 03.02.2018. O'qildi: 2232 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик