Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • 0:0
      • Levante
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 2:1
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
      • 29.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Xorazm
      • 29.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 29.04.2026 20:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Navbahor
  • «A» Seriya
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • 3:2
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 3:3
      • Udineze
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 9 12
9 Qizilqum 9 12
10 Xorazm 9 12
11 Surxon 9 11
12 Andijon 9 10
13 Qo‘qon-1912 9 8
14 Dinamo 9 8
15 So‘g‘diyona 9 6
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Andijon - Dinamo
28/04/26 So‘g‘diyona - Surxon
28/04/26 Paxtakor - Nasaf
29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kilian Mbappe: «Hayotim xuddi ertakdagidek...»

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Qarangki, hayotda ancha erinchoq va dangasa ekanligini ochiq tan oladigan fransiyalik yosh hujumchi Kilian Mbappe bir yil ichida fenomenal taraqqiyotga erishib, chin yulduz darajasiga ko‘tarildi.

Ammo u o‘zini hamon qalban beg‘ubor bolakaydek tutadi. «PSJ» safidagi «futbol marvaridi» France Football muxbirlari bilan suhbat chog‘i ham buni bilintirib qo‘ydi...

«O‘zimni rok-yulduzdek his eta boshladim, ammo...»

- Kilian, mana, 100 kundan oshdiki, «PSJ» safidasan. Xo‘sh, qaysi voqeani alohida ajratib ko‘rsatasan?

- Taqdimot marosimini. Go‘yoki, qandaydir daryodan suzib o‘tib, notanish o‘lkaga tushib qolgandek edim. Minglab muxlislar qarshisida o‘zimni rok-yulduzdek his qildim. Matbuot anjumaniga butun olam ko‘chib kelgandek tuyuldi.

- Balki biroz qo‘rqqandirsan...

- Yo‘q. Faqat kuchli hayajon bosdi. Bosim ancha baland edi va bu yerda o‘ta kuchli o‘yin namoyish etishim shartligini darhol tushundim. Mana, shundan buyon tinimsiz shug‘ullanyapman.

- Avvalgi sokin hayot sog‘inchi bormi - oshna-og‘aynilar, qarindoshlar...?

- Ha, sog‘inch hissi yo‘q emas. Darhaqiqat, hozir avvalgidek xohlagan ishga qo‘l urolmayman.

- Masalan...

- Endi do‘stlar bilan sayrga chiqish, qahvaxonada bemalol chaqchaqlashish imkoniyati yo‘q. Nachora, tanlagan yo‘lim shuni taqozo etmoqda.

- Umuman, hozir senga aynan nima ko‘proq yetishmayapti?

- Oddiylik, ikir-chikirlar... Erta kunda professionallar qatoridan joy oldimmi, tengdoshlarimga xos sho‘xliklardan voz kechishimga to‘g‘ri keladi. Chunki bo‘sh vaqtning o‘zi yo‘q.

- Barvaqt ulg‘ayganingdan xafa emasmisan?

- Garchi mashg‘ulotlarda zavq-shavq bilan ishlayotgan bo‘lsamda, katta futbol olamiga erta kirganimdan biroz afsusdaman. Kechagina 16 yoshli g‘o‘r yigitcha edim. Ilk shartnoma ostiga imzo chekdimu, bolalik dunyosidan ayrildim. Endi kattalardek o‘ylash va ishlashga majburman. Tabiiyki, bunday keskin o‘zgarishga moslashish qiyin. Qaytaraman, chinakam professionallik yo‘lida bolalikni chetga surishim shart. Aks holda, hech narsaga erisholmayman.

- Yangi muhitga moslashishda nechog‘li qiynalyapsan?

- Oson emas, albatta. Deylik, yoshimga mos kelmaydigan bir qator talablarni bajarishim lozim. Masalan, shifokor ko‘rigidan o‘tish yoki intervyu berish... Aslida do‘stlar davrasida bo‘lish, shahar bo‘ylab tashvishsiz sayr qilishni istashim aniq. Ammo futbolni qattiq sevganim uchun barchasidan voz kechdim. Hayot yo‘lini to‘g‘ri tanlash muhim. 12 yoshga to‘lgach, ota-onam oldidan ketgandim. To‘g‘ri, ba’zan ikkilanganman: «Bu sargardonliklarga nuqta qo‘ysammikan...?» Muhimi, chidadim va mustaqil hayotni o‘zlashtirdim. Yana bir tomoni, hozir ham qalban bolakayman...

«Professional darajaga o‘tgach, biror marta yig‘laganim yo‘q»

- Dam olish kunlaridan keyin ota-onang huzuridan internatga qaytishing og‘ir bo‘lgani haqida o‘qiganmiz.

- Ha, ayniqsa, dastlabki yilning noyabr - fevral oylari juda qiynalgandim. Qandaydir bayram munosabati bilan uyga yo‘l olganimda, akademiyadan qo‘ng‘iroq qilib, yana bir kun qolishimga ruxsat berishlarini kutardim. Chunki internatda xonalar sovuq edi, shu sabab, yakshanba oqshomi uydan chiqib ketishda yig‘lagim kelardi. Muhimi, shunday sharoitda tabiatim shakllandi.

- Tahsil davrida qanchalik qiynalgan bo‘lsang, muvaffaqiyatga shunchalik oson erishding, to‘g‘rimi?

- Bilaman, ko‘pchilik shunday o‘ylaydi. To‘satdan maydonga tushdimu, chempionatda ham, CHLda ham gollar ura boshladim. Aslida boshqacha. Futbolda nimagadir erishish yo‘lida qanchadan-qancha to‘siqlarni yengib o‘tish talab etiladi. Nafaqat maydon, balki uning tashqarisida ham muammolarni vaqtida bir yoqli qilish kerak. Ayniqsa, g‘alabadan boshqasini tan olmaydigan Parijda o‘ynash oson emas. To‘g‘ri, Monakoda hech qachon katta qiyinchilikka duch kelmaganman.

- Mashhurlik yaxshi, lekin salbiy jihatlari ham bor - hayotda ko‘plab tuzoqlarga yo‘liqtiradi.

- To‘g‘ri, bir qarashda, xohlagan ishingni qilishing mumkinday, ammo amalda boshqacha. Nufuzingni saqlashing, sen haqingda nimalar yozishayotganini nazorat ostiga olishing lozim. Ha, pul yetarli, ammo xotirjam hordiq chiqarishning iloji yo‘q. Nima derdim, ko‘ngilxushliklarni yozgi ta’tilga olib qo‘yganman.

- Aytishlaricha, avvallari arzimas sabab tufayli arazlashib, ko‘z yoshi to‘kkan ekansan....

- To‘g‘ri, ko‘pincha asablarimni jilovlay olmasdim. Jizzaki tabiatim tufayli muammolarni mustaqil hal qilolmasam, beixtiyor ko‘zlarimga yosh kelardi. Hozir bu masalada ancha o‘zgarganman.

- Qiziq, oxirgi marta qachon yig‘lading?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:14, 05.02.2018. O'qildi: 3728 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Нефтчи Stipe Perisa 5
4 Сурхон Chinedu Stefan 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Бухоро Sherzod Esanov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
9 Нефтчи Alisher Odilov 3
10 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик