Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rummenigge «PSJ» haqida: «Hamma narsani ham sotib olib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Bavariya» kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge Chempionlar ligasi 1/2 finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi o‘yinlardan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.

— «Bavariya» Germaniya Kubogi finaliga chiqib, trebl sari navbatdagi qadamni tashladi. YECHL yarim finalida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi bahslardan nima kutyapsiz?

— «PSJ»ga qarshi ikki o‘yin bizdan bor kuchimizni berishni talab qiladi. Hamma a’lo sport formasida bo‘lishi kerak. Jamoa turnirning umumiy bosqichida Parijda ko‘rsatgan o‘yinini (2:1 hisobidagi g‘alaba) takrorlashi lozim. Birinchi bo‘limda fantastik o‘ynagandik. Ikkinchi bo‘limda esa, Luis Diasning qizil kartochkasidan so‘ng, Zepp Xerbergerning «Birimiz hammamiz uchun, hammamiz birimiz uchun» degan maqoliga amal qilib himoyalandik. O‘sha o‘yin yarim finallar uchun etalon bo‘la oladi.

— «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi bahsni amaldagi final desa bo‘ladimi?

— Albatta, bu ajoyib final bo‘lishi mumkin edi, ammo hozircha bu yarim final. «Arsenal» uzoq vaqt maqtaldi, lekin mavsum oxiriga kelib ular APLda tempni pasaytirib, chempionlikni «Manchester Siti»ga boy beradigandek ko‘rinmoqda. Shunga qaramay, yarim finalning narigi ikki jamoasini past baholamagan bo‘lardim.

— «PSJ»ni nima bunchalik xavfli qiladi?

— Luis Enrike kelganidan beri ularda juda oqilona yig‘ilgan yuqori darajadagi jamoa shakllandi. Parij muhim bir narsani isbotladi: hamma narsani sotib olib bo‘lmaydi, jamoani sabr bilan qurish kerak. 2020 yilgi finalda biz ularni yutganimizda tarkibda Neymar va Mbappe bor edi, keyin Messi qo‘shildi. Nomlar jihatdan bu dahshatli jamoa edi, lekin ular hozirgidek yaxlit bir butun bo‘lib ishlamasdi.

— «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfiyning muxlislar tomonidan issiq kutib olinishi haqida nima deysiz?

— Nosir uchun xursandman. Muxlislar undan minnatdor bo‘lishlari kerak. Qatar investisiyalari kelguniga qadar «PSJ» kim edi? Esimda, 2020 yilgi finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng Nosirning kayfiyati juda yomon edi. O‘shanda unga: «Sabrli bo‘lishing kerak, futbolda hech narsa osonlikcha berilmaydi. Faqat pul emas, kiyinish xonasida g‘oliblik ruhi bo‘lishi kerak», degandim. Ular yana yarim finalda ekanligi tasodif emas.

— Ammo klub tarkib uchun juda katta mablag‘ sarfladi-ku?

— Neymar, Mbappe va Messini sotib olib, «PSJ» Yevropaning yirik klublariga transfer va maoshlar borasida katta bosim o‘tkazdi. Hozir bu uch futbolchi ham Parijda emas, natijada klubning moliyaviy holati ancha yaxshilandi. Enrike esa jamoaga mutlaqo boshqacha ruh olib kirdi. Ilgari odamlar «PSJ»ga pul uchun borishardi, hozir esa bu Yevropaning eng yaxshi uch klubidan biri bo‘lgani uchun borishmoqda. Buni tan olish kerak, dedi Rummenigge.

Kiritildi: 21:36, 27.04.2026. O'qildi: 769 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик