Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nemis nafasi yoxud «Real»ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ispaniya poytaxtining bosh arenasi - «Santyago Bernabeu»da joriy mavsum shodon hayqiriqlar, chin yulduzlar sharafiga yangraydigan qo‘shiqlardan ko‘ra, hushtakbozlik va e’tirozga to‘la nolalar ko‘proq eshitilmoqda.

Buning ajablanadigan tomoni yo‘q: Zayniddin Zidan tomonidan shakllantirgan, aniqrog‘i, «tuzatilgan» «Real»ga ko‘z tegdi.

Ha, «Qirollik klubi» CHL guruh bosqichida o‘z kuchini ko‘rsatdi, ammo milliy chempionatda juda ko‘p ochko yo‘qotib, asosiy raqib «Barselona»ni ancha oldinga o‘tkazib yubordi.

Umuman, «Madrid»»ning ishlari joyida emasligini turnir jadvaliga qarab, yaqqol sezish mumkin. Umumiy vaziyatga xolis baho bergan Toni Kroosning gaplari ko‘p narsadan dalolat: nemis yarim himoyachisi «Real» uchun joriy mavsum  kuchli to‘rtlikdan joy olish yuksak natija bo‘lishini ta’kidladi.

Yodingizdami, «Real» azaliy raqib - «Barselona»dan o‘z uyida sharmandali tarzda mag‘lubiyatga uchragach (0:4), bosh murabbiy Rafael Benitesga chiqish eshiklari ko‘rsatilgandi. Vaholanki, jamoa o‘shanda asosiy «dushmani»dan 5 ochko ortda qolayotgandi, xolos.

Mana, Zidan ham «El-klasiko»da  yirik hisob (0:3)li  mag‘lubiyatni tan oldi. Boz ustiga, ikki jamoa ochkolari o‘rtasidagi farq misli ko‘rilmagan darajada kattalashdi.

Klub prezidenti Florentino Peres bunday muvaffaqiyatsizlikka uzoq toqat qilolmasligini inobatga olib aytsak, fransiyalik murabbiyning kursisi qimirlay boshlagani tayin.

Ehtimolki, Peres janoblari munosib nomzod topish jarayoniga start bergandir. Xullas, qo‘yidagi maqola «Real Madrid»ni boshqarishga nomzod bo‘lishga munosib mutaxassislar haqida.

Yoaxim LYOV

2006 yili o‘z muxlislari qarshisida JCH bronza medalini qo‘lga kiritgan Germaniya terma jamoasini o‘sha mundialdan so‘ng qabul qilib olgan Yoaxim Lyov «Real» prezidenti ro‘yxatiga tushgan nomzodlar orasida favoritdir. «Qirollik klubi» sohibining fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q.

Zero, o‘z uyida «bronza» bilan kifoyalangan bundestim shundan buyon muvaffaqiyatli odimlamoqda. Boshqacha aytsak, nemislar Lyov rahbarligida 11 yilki, barqaror to‘p surishmoqda. Jamoa barcha yirik turnirlarda favoritlar safidan joy olmoqda va natijasi ham chakki emas: Yevro-2008 - kumush medal, JCH-2010, Yevro-2012 va Yevro-2016 - bronza medali, nihoyat, JCH-2014 - oltin medal.

Nemis mutaxassisining Germaniya futbol ittifoqi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yili nihoyasiga yetadi. Yurgenning o‘zi Rossiya mundialidan keyin o‘z salohiyatini klub futbolida sinab ko‘rishni rejalashtirayotganini bir necha marta ro‘y-rost ta’kidladi.

E’tiborlisi, Lyov bir safar jumladan, shunday degandi: «Menga Ispaniya La-ligasi, ishtirokchi jamoalarning o‘yin falsafasi ko‘proq yoqadi». Shunday ekan, Yoaxim balki  Yupp Xaynkes va Brend Shusterdan keyin «Real» tarixidagi uchinchi nemis murabbiyiga aylanar. Har holda, uning bu boradagi imkoniyatlari chakki emas.

Nomzodning plyus jihatlari: barqarorlik, professionallik, yuksak nufuz, g‘oliblik ruhiyati.

Nomzodning minus jihatlari: Germaniya futbol ittifoqi bilan shartnomasi. Kelishuvni muddatidan avval bekor qilish ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Lekin Peresning tamoyiliga ko‘ra, mablag‘ yordamida bartaraf etish imkoni bor masala muammo sanalmaydi!

Yurgen KLOPP

Madrid futbol muhitiga nemis nafasini faqat Yoaxim Lyov emas, Yurgen Klopp ham bemalol olib kirishi mumkin.

«Borussiya» D. klubini Bundesligada 2 marta shohsupaga yetaklagan va shogirdlari bilan CHL finaliga chiqqan ehtirosli mutaxassis keyinchalik «Liverpul» boshqaruvini qo‘lga oldi va mana, klubni APL grandlari safiga qaytarish yo‘lida astoydil ishlamoqda.

U ma’lum ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga ulgurdi ham. Hozirda «qizillar» ijrosidagi o‘yin keng jamoatchilikni befarq qoldirmayapti.

Diqqatga sazovor tomoni, CHLning 2012|2013 yillar mavsumi yarim finalida «Real» oldiga aynan Kloppning shijoatli drujinasi to‘siq qo‘ygandi. Yurgen keyinchalik «qizillar»ni YEL hal qiluvchi o‘yiniga olib chiqdi, ularni CHLga qaytardi.

To‘g‘ri, tinib-tinchimas murabbiy hozircha xalqaro sov-rin yutgani yo‘q. U Madridda bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun keng imkoniyaga ega bo‘lishi, shubhasiz. Albatta, avvalo, Peresga ma’qul kelishi kerak.

Nomzodning plyus jihatlari: jonkuyarlik, kuchli ehtiros, «gaz»ni oxirigacha bosish, «portlovchi» effekt. Klopp zerikarli o‘yinga aslo toqat qilolmaydi. Eng muhimi, jonli o‘yin uslubi zavq barobarida samara keltirishini ham ta’minlaydi.

Nomzodning minus jihatlari: Tabiiy xarakteri. Aytishlaricha, Yurgen jamoaning ichki ishlariga tez-tez aralashib turadigan prezident bilan ishlashni yoqtirmaydi. Peres esa hammasiga «bosh» suqishni xush ko‘radiganlar toifasidan.

Tomas TUXEL

Ispaniyaning amaldagi chempioni bosh murabbiyi roliga nomzod germaniyalik mutaxassislar xususida gap ochilganida, Tomas Tuxelni ham alohida tilga olish kerak. «Borussiya» D. klubi sobiq ustozi Bundesliganing kumush va bronza medallari, shuningdek Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi.

2017 yilning may oyida esa dortmundliklar bilan xayrlashdi va hozirgi kungacha ishsiz yuribdi. «Bavariya» Karlo Anchelottini iste’foga chiqargach, Myunxenda aynan Tuxel ish boshlashi xususida gap-so‘zlar avjiga chiqdi.

Biroq hammasi oddiy mish-mishligicha qoldi. Nemis matbuotida yozilishicha, grand jamoa mutasaddilari murabbiyning malakasiga sira shubha qilishmagan. Ammo ularni Tomasning injiq tabiati o‘ylantirib qo‘ygan.

Darvoqe, «Borussiya» D. rahbariyati ham yosh va shijoatli murabbiy bilan shu masalada kelisholmagandi.

Nomzodning plyus jihatlari: navqiron, hujumkor uslub, yoshlar bilan samarali ishlash uslubi.

Nomzodning minus jihatlari: «vaysaqi», hattoki, rahbariyat faoliyatiga ham aralashishdan tap tortmaydigan murabbiy. Shularni hisobga olsak, Tuxelning Pe-resga ma’qul kelishiga ishonish qiyin.

Antonio KONTE

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:42, 12.02.2018. O'qildi: 10087 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик