Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Sevilya" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qildi. Madridliklar bu bahsda mezbonlarga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.
Uchrashuvning 81-daqiqasigacha Simeone shogirdlari raqib darvozasiga naqd 5ta to‘p yo‘llashga ulgurishgandi. Faqatgina so‘nggi daqiqalarda andalusiyaliklar 2 marta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
"Atletiko" hujumchisi mazkur o‘yinda "xet-trik"ni rasmiylashtirganini ta’kidlash lozim. Ushbu g‘alabadan keyin "matraschilar" "Barselona"ni quvishda, "Real"dan esa masofani ushlab turishda davom etadigan bo‘lishdi.
Ispaniya La ligasi, 25-tur
Sevilya – Atletiko 2:5 (0:2, 2:3)
Gollar: 0:1 – 29 Diyego Kosta, 0:2 – 42 Grizmann, 0:3 – 51, penalti Grizmann, 0:4 – 65 Koke, 0:5 – 81 Grizmann, 1:5 – 85 Sarabiya, 2:5 – 89 Nolito.
Sevilya – Riko, Navas (Layyun, 18), Merkado, Langle, Eskudero, Banega, Nzonzi, Sarabiya, Vaskes (Nolito, 70), Korrea (Ben-Yedder, 60), Muriel.
Atletiko – Oblak, Vrsalko, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Saul, Parti (Korrea, 64), Gabi, Koke (Vitolo, 71), Grizmann, Diyego Kosta (Gameyro, 76).
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (28), Korrea (32), Ximenes (47), Eskudero (68), Vaskes (70), Saul (90).