Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov: «Adolatli hakamlik bor joyda futbol rivojlanadi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida Superliga bosh hakamlari va laynsmenlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov, bosh hakamlar va laynsmenlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan hakamlarga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda hakamlik saviyasini oshirish, o‘yinlarning xolis va adolatli boshqarilishini ta’minlashdan iborat ekanini aytib o‘tdi.

“Hakamlarimiz saviyasini oshirish uchun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hakamlar uchun xorijda o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil qildik, ular uchun turli seminarlar o‘tkazmoqdamiz. O‘zbek hakamlari dunyoda o‘z o‘rnilariga egalar.

Ravshan Ermatov butun dunyoda hurmatga sazovor hakam. Buni barchangiz yaxshi bilasiz. Lekin u hakamlik faoliyatini tugatgandan keyin yana shu darajada ishlaydigan hakamlar bormi bizda? Ravshan Ermatovning ishini kim davom ettiradi? Buning uchun yosh hakamlarning saviyasini oshirib borishimiz, yangi hakamlarni tayyorlab borishimiz kerak.

Yevropa va Osiyoning futboli rivojlangan mamlakatlari futbol federasiyalari bilan memorandumlar imzoladik, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. Ana shu memorandumlardan unumli foydalanib, yosh hakamlarimiz uchun xorijda turli seminarlar tashkil qilib berishimiz kerak. Ular Yevropa jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni boshqarib, o‘z malakalarini oshirib borishadi.

Joriy mavsumdan boshlab O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan hakamlarga alohida oylik maosh tayinlanadi. Undan tashqari, reglamentda belgilanganidek har bir uchrashuv uchun hakamlarga tegishli miqdorda pullar beriladi. Yaxshi hakamlik qilganlar uchun mukofot pullari joriy qilinadi. Maqsad hakamlarimiz o‘yinlarni xolis va adolatli boshqarishsin, turli qing‘irliklardan uzoqroq yurishsin.

Uchrashuvlarni boshqarish uchun joylarga borishganida, ularga nisbatan hurmat yuqori bo‘lsin. Hakamlarga chetdan bosim o‘tkazishga hech kimning haqqi yo‘q. Klub rahbarlari, vakillari kim bo‘lishidan qat’iy nazar agar hakamlarga bosim o‘tkazishga urinishsa, O‘FA tomonidan jazolanadi. Hakam daxlsiz bo‘lishi kerak. Faqat O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi rahbariyati hakamlar ishini nazorat qiladi va ularni baholab boradi.  

Shuncha sharoitlar yaratilganidan keyin ham hakamlar turli qing‘irliklarga aralashishsa, poraxo‘rlik holatlari aniqlansa, unday hakamlar futbol bilan butun umrga xayralashadi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev futboldagi korrupsiyani qattiq qoralab, bu illatni yo‘qotishga astoyidil bel bog‘laganliklarini ko‘p bor ta’kidlab o‘tmoqdalar. Hakamlarimiz ham Prezidentimizning bu so‘zlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, uchrashuvlarni adolat bilan boshqarishlari kerak. Adolatli hakamlik bor joyda futbol rivojlanadi.

Shu sababdan futbol o‘yinlarini boshqarish davomida hech kimning nayrangiga uchmay, faqat xolislik bilan ishlashingizni talab qilamiz. Bo‘lar-bo‘lmasga hushtak chalib, o‘yinlarni to‘xtatavermay, futbolchilarga o‘ynashga imkon berish kerak.  Stadionga keladigan muxlislar jang ko‘rishni istashadi. Bizda ba’zi futbolchilar sal narsaga yotib olib, simulyasiya ishlatadi. Natijada o‘yin tempi buziladi. Bundan futbolchilarga nisbatan qattiq choralar ko‘rishingizni so‘raymiz. Bir ikki marta mana shunday futbolchilar jazolansa, keyin ancha tarbiyalanib qoladi.

Futbol rivoji uchun barchamiz birdek mas’ulmiz. Hakamlar ham faqat uchrashuvlarni boshqarish bilan cheklanmay, futbolimiz rivoji uchun o‘z takliflari bo‘lsa, marhamat oldimizga kelishsin. Biz ularning fikrlarini tinlashga tayyormiz. Hakamlar maydonda har bir futbolchining harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatib borishadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, hakamlar seleksiya ishlarida ham terma jamoalarimiz murabbiylariga yordam berishlari mumkin. Ular qaysi futbolchi qanday imkoniyatga ega ekani haqida yaxshi xabardorlar.

Oldimizda katta musobaqalar turibdi. O‘zbek xalqi terma jamoamiz Olimpiadaga, Jahon chempionatiga chiqishini 26 yildan beri kutadi, 26 yildan beri orzu qiladi. Xalqimizning bu orzusi amalga oshishi uchun barchamiz bir oila bo‘lib harakat qilishimiz kerak”, - dedi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng FIFA referesi, dunyoning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov so‘z olib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avvalo, bizni har tomonlama qo‘llab quvvatlab, bizga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani uchun O‘FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman.

Hozir futbolimizda yangi davr boshlanmoqda. Endi biz hakamlar ham mana shu davrga hamohang tarzda boshqacha ishtiyoq bilan  uchrashuvlarni boshqarishimiz,tinmay o‘z ustimizda ishlab, malakamizni oshirib borishimiz kerak. Hakamlar qancha kam xatoga yo‘l qo‘yishsa, uchrashuvlar shunchalik qiziqarli va shiddatli o‘tadi. Biz Yevropa futboliga intilib ishlashimiz kerak. Yevropada hakamlar maydonda kurash kechishiga imkon berishadi. Hadeb hushtak chalaverib, o‘yinning shiddatini o‘ldirib qo‘yishmaydi.

Biz futbolchilarimizni xalqaro maydonda o‘yinlarga chiniqtirib borishimiz kerak. Shundagina terma jamoa tarkibida katta musobaqalarda ishtirok etganda, futbolchilarimiz kurashga, shiddatga tayyor bo‘lishadi.

O‘yinlar shiddatini oshirish uchun uchta holatda futbolchilarga so‘zsiz sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak: Simulyasiya, o‘yin vaqtini cho‘zishga bo‘lgan harakat va hakam bilan tortishish.

Shunda futbolchilar ham bu kabi holatlardan uzoqroq bo‘lishga harakat qilishadi”, - dedi Ravshan Ermatov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:39, 27.02.2018. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик