Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Qizilqum 19 25
9 Surxon 19 23
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 19 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
19-тур Xorazm 0-1 Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1769 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 671 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.08.2025

      05:20 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      06:55 Д/ф "17 часов до вершины".
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      10:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      11:45 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      12:55 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      13:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 1.
      14:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      14:35 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      15:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      15:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 12 в Хожуве, Польша.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 2.
      20:55 "Тайны звёзд спорта".
      21:25 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы. Финал.
      00:45 Д/с "Век нашего спорта". Николай Дроздецкий.
      01:20 "Культовые".
      01:50 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      02:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 1.
      03:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      03:30 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      04:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      04:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "География спорта". Норильск.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "Что за спорт?". "Экстрим".
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Калуга" - "Амкал" (Москва). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:10 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Спартак" (Тамбов) - "Металлург" (Липецк). Прямая трансляция.
      23:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Реал Мадрид" - "Осасуна". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 "География спорта". Норильск.
      04:00 Пляжный волейбол. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Матч за 3-е место.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.08.2025

      06:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      07:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      09:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      10:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 12 в Мадриде, Испания. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      11:30 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      12:30 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      13:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      14:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 13. Луго - Пуэрто-де-Анкарес.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 15. Инфьесто - гора Куиту-Негру.
      20:00 LIVE Теннис. US Open Mixed Doubles Championship. Раунд 1. Прямая трансляция.
      00:00 LIVE Теннис. US Open Mixed Doubles Championship. Раунд 2. Прямая трансляция.
      02:00 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 3 эп.
      02:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 15. Инфьесто - гора Куиту-Негру.
      03:00 Американский футбол. "Полоса испытаний. Тренировочная база Баффало Биллс", 1 эп.
      04:15 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 13. Луго - Пуэрто-де-Анкарес.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yupp Xaynkes: «Ba’zan sodda yechim samaraliroq»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

Mavsumni ancha sust boshlagan «Bavariya» sentyabr boshlarida turnir jadvalida naq 5ta jamoadan ortda borayotgandi.

Mana, Karlo Anchelotti o‘rnini egallagan «qariya» Yupp Xaynkes yeng shimarib ishga kirishgach, «boshga chiqib olganlar» birin-ketin o‘z joylarini topib olishdi.

Ayni payt Bundesliga grandi yaqin ta’qibchilaridan juda ilgarilab ketgan holda, navbatdagi chempionlik sari dadil odimlamoqda. Xorijlik kasbdoshimizning tajribali mutaxassis bilan suhbatida nafaqat futbolchi va murabbiylar, balki boshqa sohalar vakillari uchun ham ibratli hikmatlar ko‘p.

- Janob Xaynkes, oxirgi vaqtlarda yosh murabbiylar haqida ko‘p gapirilmoqda. Siz 1979 yili 34 yoshda Menxengladbax «Borussiya»si boshqaruvini qo‘lga olib, Bundesliga murabbiylari safiga qo‘shilgandingiz.

- Ha, 1978 yilgacha futbol o‘ynadim, shundan so‘ng bir mavsum Udo Lattek assistenti sifatida ishladim.

Keyin klub menejeri Xelmut Grasxoff bosh murabbiy lavozimini egallashga tayyor yoki yo‘qligimni so‘raganida, tabiiyki, ijobiy javob berdim. To‘g‘ri, tez orada hali ko‘p narsalarni o‘rganishim zarurligini anglab yetdim.

- Aynan qaysi jihatlarni?

- Futbolchilik davrida o‘ta izzattalab edim. Menga xususan, murabbiy Xyoness Vaysvayler kuchli ta’sir o‘tkazgan. Zero, u mag‘lubiyatni sira hazm qilolmasdi. Murabbiy o‘zini avvalo, shu jihatga tayyorlashi shart.

Aniqroq aytsam, mag‘lubiyatga ko‘nikmagan holda, undan to‘g‘ri xulosa chiqarish muhim. Tahlillar asosida kamchiliklarni bartaraf etib, jamoani tobora kuchaytirib borish talab etiladi.

Albatta, boshqa jihatlar ham muhim. Masalan, futbolchilarni boshqarish, sog‘lom munosabat o‘rnatish. Tan olaman, futbolchi sifatida yuksak nufuzga erishganim yangi ishda menga juda qo‘l kelgan. Bunga yetarlicha misollar keltirishim mumkin.

- Masalan...

- Bosh murabbiy lavozimini egallaganimda, jamoa tarkibida kechagina men bilan yonma-yon to‘p surgan yigitlar ko‘pchilikni tashkil etishardi. Tabiiyki, ular bilan sensirab gaplashardik.

Keyin futbolchilar birdaniga muomalani o‘zgartirib, «sizlay» boshladilar. Shunda ulardan avvalgidek, sensirab murojaat qilishlarini talab qildim. Ayni shu holatda yigitlarning menga kuchli hurmat nazari bilan qarashlariga amin bo‘ldim.

Murabbiy uchun bu juda muhim. Bir tomondan, o‘rtada muayyan masofani ushlash kerak, ikkinchi tarafdan esa, shogirdlarga imkon qadar yaqinlashish lozim. Xullas, bu borada muvozanatni to‘g‘ri saqlash katta ahamiyat kasb etadi.

- Ilk urinishda o‘z vazifangizni qay darajada uddalagansiz?

- Debyut mavsumimda klub 7-o‘rinni egalladi. Shuningdek, UYEFA kubogi finaliga chiqdik. Shunday ekan, yetarlicha maqtov eshitdim. Lekin tanqidlar ham yo‘q emasdi. Muhimi, bosim oldida esankirab qolganim yo‘q.

Chunki yuksak mahoratdan tashqari, mustahkam asabga ega edim. Aytishim mumkinki, ayni shu bosiq tabiatim murabbiylikda juda asqotdi. Vazifani qanday uddalashni doimo aniq his etardim.

Boshqalardan nimanidir o‘rganish zarurati sezilsa, sira xijolat chekmasdim. Bu jarayon hozir ham davom etmoqda - izlansang, arzimasdek tuyuladigan foydali jihatlarni doimo topasan.

- Sizningcha, hozirgi yosh murabbiylarga qiyinroqmi?

- Ular talab darajasida tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Deylik, men buyuk Udo Lattekdan atigi bir yil saboq olganman, xolos. Hozirgi yosh mutaxassislar esa avvaliga o‘smirlar, keyin yoshlar jamoalari bilan shug‘ullanib, ma’lum tajriba to‘plashadi.

Qaytaraman, har qanday murabbiy avvalo, o‘zini munosib tutishi, shogirdlari bilan samimiy munosabatni yo‘lga qo‘yishi va mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilishi kerak.

- Bunda professional futbolchi sifatida to‘plangan tajriba nechog‘li yordam beradi?

- Tabiiyki, buning ta’siri kuchli. Axir murabbiy futbolchilik davri ming martalab boshidan kechirgan vaziyatlarga qayta duch keladi va o‘z tajribasidan kelib chiqib, to‘g‘ri yechimni topishga uncha qiynalmaydi. Ha, qaysidir ma’noda hozirgi yosh murabbiylarga qiyinroq.

Har holda, bugungi OAV e’tibori yoki klublar tomonidan qo‘yilayotgan yuksak talablarni nazarda tutsak, oson emas. Menimcha, yosh mutaxassislarning 1-2ta noto‘g‘ri qarorlarini kechirib, ularga imkoniyat berish kerak.

- Sizga Xyoness Vaysvaylerdan tashqari, yana kim sezilarli ta’sir o‘tkazgan?

- Ernst Xappel, u buyuk murabbiylardan biri edi, shubhasiz. Deylik, «Gamburg» Xappel qo‘l ostida o‘ta zamonaviy futbol namoyish etgan: 4 nafar himoyachi bir chiziqda, «ofsayd», pressing, mudofaa vakillarining markazga yaqin joylashuvlari, hujumkorlik...

Qisqasi, Xappel ishini diqqat bilan kuzatardim, ishlanmalarini obdon tahlil qilardim. Keyinchalik Arrigo Sakki va Yoxan Kroyffdan ham ko‘p narsalarni o‘rgandim.

Umuman, doimo qandaydir yangilik kashf etish, bilimini boyitish, qo‘shimchalar kiritish orqali uslubni takomillashtirib borish es-hushli murabbiy uchun odatga aylanishi shart.

- 2013 yili futboldan chetga chiqqach ham, kasbdoshlaringiz faoliyatini kuzatib bordingizmi?

- Ochig‘i, 2013 yili murabbiylik ishiga uzil-kesil nuqta qo‘ygandim. Shundan keyin futbolni oddiy muxlis sifatida ko‘ra boshladim. Albatta, ba’zan «Bu jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda» yoki «Eh, murabbiy o‘rnida bo‘lganimda, anavi futbolchini darhol zaxiraga olardim» qabilidagi fikrlar xayolimdan o‘tardi.

Bunday yondashuv - uzoq yillik faoliyat mahsuli. Behisob o‘yinlarni kuzata-kuzata kim qayerda xatoga yo‘l qo‘yganiyu, kim charchab qolgani yoki aksincha, yana bir soat bemalol o‘ynashi mumkinligini aniq aytib beradigan darajaga chiqar ekansiz.

Murabbiy ishining samarasi ayniqsa, teng saviyali futbolchilardan tuzilgan jamoada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Puxta yo‘lga qo‘yilgan o‘yin evaziga yulduzli tarkibga ega jamoani ham yengish mumkin.

- Uli Xyoness yaqinda sizni rosa maqtadi: «Xaynkes nafaqat zamonaviy murabbiy, balki yaxshi inson ham». Deylik, «Bavariya» kiyinish xonasida tahsinga loyiq muhit hukmron ekan. Buning siri nima?

- Xyonessdan biror narsani so‘rasangiz, u albatta, «tesha tegmagan» qandaydir iboralarni o‘ylab topadi. Uning ish uslubim, faoliyatimdan 100 foiz xabardor ekanligi shubhadan xoli.

Xususan, jamoani boshqarishda ham, reja tuzish yoki mashg‘ulot o‘tashda ham har bir mayda elementni nazardan qochirmasligimni yaxshi biladi.

- Xo‘sh, faoliyat yo‘lida qanday umumiy qoidalarga rioya qilasiz?

- Murabbiylar turli toifalarga bo‘linishadi. Bu ularning shaxsiy xarakterlariga bog‘liq. Jamoa a’zolari va ishchi-xizmatchilariga hurmat bilan yondashish muhim.

Shunga muvofiq, dini, maqomi, tanasining rangidan qat’iy nazar, barchaga bir xil munosabatdaman. Bundan tashqari, doimo samimiy va ochiqko‘ngil bo‘lishga intilaman.

Natijada o‘rtamizda o‘zaro ishonch yuzaga keladi. Futbolchilar menga ishonishadi, o‘z navbatida, ularga shubha bilan qaramayman. Muvaffaqiyatning asosi shu.

- Umuman, murabbiylik sohasiga bosh suqqaningizga 39 yil bo‘libdi. Bu davr ichida futbol barobarida murabbiylik ham ancha rivojlandi. Jumladan, mukammal ma’lumot olish muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Bunga qanday qaraysiz?

- O‘yinchilar miyasini turli ma’lumotlar bilan to‘ldirishning hojati yo‘q. Ularning faqat eng zarur jihatlardan xabardor bo‘lishlari yetarli.

Masalan, maydonda kimning qancha yugurgani xususidagi statistika meni qiziqtirmaydi. Chunki buni kuzatish orqali bilib olaman. Tajribaning foydasi shu.

- Videotahlillarga munosabatingiz...

- O‘yinga shaylanish jarayonida raqibni videoyozuvlar orqali o‘rganish katta foyda beradi, albatta. Chunki shu asnoda raqibning kuchli va zaif jihatlarini bilib olasiz.

Xullas, uchrashuvlar tahlili zamonaviy futbolning asosiy talablaridan biridir.

- Hozir ko‘plab futbolchilar «Bavariya»ga qaytganingizdan minnatdorlar. Masalan, Kingsli Komanga to‘pni jarima maydoniga yo‘llayotgan vaqtda boshini tik tutishni uqtiribsiz.

- O‘zim o‘ynagan davrda Vaysvaylerdan xuddi shunday ko‘rsatma olgandim. U barchasiga o‘ta hushyor qarar va shu asnoda o‘yinimdagi bir qator kamchiliklarga barham bergandi.

Masalan, tovonning ichki tomoni va bosh bilan zarba yo‘llash, uzatmalarni amalga oshirish bo‘yicha qimmatli maslahatlarni bergan. Endi shu bilimlarni «Bavariya»da shogirdlarimga beryapman. Murabbiyning asosiy vazifasi ham shu.

- Xosep Gvardiola kombinasion o‘yinga katta e’tibor qaratardi, Karlo Anchelotti esa o‘yinchilarga ko‘proq erkinlik berishni xush ko‘rardi. Siz-chi?

- Menimcha, pozision uslubda har bir o‘yinchi nima qilishi kerakligi va muayyan vaziyatlarda qanday yo‘l tutishini yaxshi bilishi shart. Murabbiy qarshisida turgan futbolchi saviyasiga uning maydondagi harakati, pozisiyasini nechog‘li egallashiga qarab baho beradi.

Pozision uslub faqat ko‘ndalang uzatmalar emas, balki o‘yin sur’atini o‘zgartirish va vertikal «pas»larni amalga oshirganda samara beradi. Buning uchun munosib ijrochilar, vaziyatlarni golga aylantirishga qodir hujumchilar zarur.

2013 yili pozision o‘yinni tezkor uslub bilan uyg‘unlashtirib, «trebl»-ga erishgandik. Ba’zan sodda yechimlar ham katta samara keltiradi.

- Joriy mavsum «Bavariya» sizning rahbarligingiz ostida dastbalki 20ta uchrashuvning 19tasini g‘a-laba bilan yakunladi. Buning natijasida sizni mo‘’jizakor murabbiy sifatida ta’riflashmoqda.

- Aslida muvaffaqiyatning sabablari oddiy. Birinchidan, futbolchilar saviyasi ham, murabbiylarimiz malakasi ham, ishchi-xizmatchilarimiz layoqatlari ham yuksak darajada. Demak, yutuq barchamizga tegishli. Shaxsan men hech narsaga da’vo qilmayman.

To‘g‘ri, ulkan tajribaga egaman. Lekin har bir holatga xolis baho berishga intilaman. Parvozning qulashga, g‘alabalarning mag‘lubiyatlarga aylanib turishi - futbolning bir qismi. Jamoaga qaytganim boisi shuki, muvaffaqiyat qozonishga ishondim.

Chunki futbolchilar, murabbiylar va klub a’zolari imkoniyatlarini juda yaxshi bilardim. Lekin hali maqsadga erishganimiz yo‘q. Chunonchi, Bundesliga, Germaniya kubogi va CHLda g‘olib chiqishni rejalashtirganmiz. Umid qilamanki, bu vazifalarni sharaf bilan uddalaymiz.

- Sobiq klubingiz «Real» CHLda ketma-ket 2 marta g‘olib chiqdi, ammo ayni payt uning o‘yinida pasayish bor.

- O‘ylaymanki, «Real»ning hozirgi holati tabiiy jarayon. Klub ketma-ket g‘alabalardan so‘ng yozda Morata, Pepe va Xames Rodriges kabi yaxshi o‘yinchilarni qo‘yib yubordi, ammo katta xaridlarga qo‘l urmadi.

Har qanday vaziyatda ham, «Madrid»ni hisobdan chiqarmaslik kerak, ayniqsa, CHLda. Birinchidan, unda «PSJ»ga nisbatan tajriba ko‘proq. Ancha ko‘p! Ikkinchidan, eng zarur pallalarda qanday o‘ynashni biladi. Menimcha, «Real» bemalol keyingi raundga chiqadi.

Misol uchun, 1998 yili 32 yillik tanaffusdan so‘ng CHLda g‘alaba qozonganimizda, Ispaniya chempionatida atigi 4-o‘rinni egallagandik.

Xullas, o‘z tajribamga tayanib aytaman, «Real» hamon CHL bosh sovrini uchun asosiy favoritlardan biridir. Unga past nazar bilan qarash yaramaydi zinhor...

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:04, 27.02.2018. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.