Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolimiz ochiq yarasiga ishora – buni kim qanday tushunadi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Olimpiya terma jamoasi / Qur’alar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Chamasi 10 kuncha avval navqiron muxlislardan biri Ikromjon O‘ktamaliyev to‘satdan so‘rab qoldi:

- Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekiston terma jamoasi qachon jahon chempioni bo‘ladi?

Ochig‘i, savol bizni haddan ziyod hayratlantirdi. Chunki futbolimizning bosh maqsadi jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma olish ekanligi barchaga ma’lum. Ikromjon va uning navqiron tengdoshlarini esa jahon chempionligi masalasi qiziqtirmoqda.

Futbolni real tahlil qiladiganlar bu to‘g‘rida hattoki, o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Buning uchun ularni ayblash noo‘rin, albatta. Axir shirin xayollar, orzu-havaslar uchun ham qandaydir asos, mantiq bo‘lishi kerak-da! Hozirgi holatda futbolimiz va jahon chempioni maqomini yonma-yon qo‘yish o‘ta noqulay.

Jahon kubogiga yaqqol da’vogar, ammo unga hali erisholmagan qancha-qancha kuchli terma jamoalar turganida, mundial yo‘llanmasiga yetisholmayotgan futbol muhitida shunday ajabtovur savolning tug‘ilishi, haqiqatan ham, favqulodda hodisa.

Tushunamiz, bu g‘alati savol qaysidir futbol bilimdoni ensasini qotiradi yoki oddiygina kulgusiga asos beradi. Hozirgi vaziyat shunday. Reallikdan qochishning iloji yo‘q. Ammo Ikromjonning savolini batamom chetga surib qo‘yish adolatsizlikdir, nazarimizda.

Tuyaning hammomni orzu qilishi haqidagi maqol butunlay boshqa masala. Navqiron avlodning beg‘ubor orzulari sabab, futbol tarixida «sensasiya» ro‘y berishini inkor etmaylik aslo. Yana 50 yoki 100 yildan so‘ng ehtimolki, Yevropa futboldan zerikib, yangi sport turini kashf etar...

Misol uchun, bir vaqtlar Daniya yoki Gresiya terma jamoalarini Yevropa chempioni bo‘lishini xayolga sig‘dirish ham mushkul edi. Biroq xayolotga sig‘mas ishlar haqiqatga aylandi. J.Koreyada tashkillashtirilgan qishki Olimpiadada esa sport dunyosi yana bir kutilmagan voqeylik oldida hayratdan yoqa ushladi.

Qarangki, xokkeyning doimiy favoritlari - Shvesiya, Kanada yoki AQSH termasi emas, balki hamisha autsayder sanalgan Germaniya jamoasi Olimpiada chempioni bo‘lishga yaqin keldi. Aniqrog‘i, qandaydir bir daqiqa nemislarning buyuk «sensasiya»dan mahrum qildi.

Yo‘q, aslida ularning kumush medal yutishlariyoq haqiqiy «sensasiya». Axir bor-yo‘g‘i 20-30 yil avval Germaniya xokkeyi bugungi Albaniya, Norvegiya, Islandiya futboli kabi taassurot uyg‘otardi. Mana, islandlar futbolda allaqachon xomxayoldek tuyuladigan ishlarni amalga oshirib qo‘yishdi.

Endi navbat Germaniya xokkeyiga! Nemis xokkeychilari chorak finalda shvesiyalik, yarim finalda esa kanadalik ustalarni uyaltirishdi. Avvallari bu kabi uchrashuvlardan oldin hech bir ikkilanishsiz Shvesiya va Kanada terma jamoalariga g‘alaba yozilardi.

Asosiysi, prognozlar 100 foiz o‘zini oqlardi. Xullas, o‘sha qat’iy tartib, ko‘nikilgan qolip buzildi. Germaniya terma jamoasi ko‘z o‘ngimizda jahon xokkeyi tarixini yangiladi. Shunday ekan, navqiron muxlislar avlodi o‘zbek futboli imkoni va kelajagini yuqori baholashga haqli.

Navqiron yoshlarimizga xayrixoh bo‘lib, bir yoqimli qiyosni tilga olamiz. Rossiya xokkeyi oradan 26 yil o‘tib, yana qishki Olimpiada shohsupasiga ko‘tarilishni uddaladi. Futbolchilarimiz esa bundan 24 yil oldin Osiyo o‘yinlarida zafar quchishgandi. Demak, Tokio-2020 Olimpiadasi vaqtida bu muddat 26 yilni tashkil etadi.

Demoqchimizki, futbolimiz taqdirini g‘oyibona Olimpiada chempioni unvoni bilan tutashtirsak arziydi. Yosh futbolchilarimiz shunga yarasha dadil va g‘olibona qadam tashlashgani bu xulosaning o‘zagi, mustahkam tayanchidir. E’tiborlisi, Rossiya termasi ham guruh bosqichining dastlabki bahsida ancha kuchsiz sanalgan slovakiyalik xokkeychilarga yutqazdi.

Hammasi prinsipial raqib - AQSH termasini 4ta shayba farqi bilan yengishdan so‘ng boshlandi. Final bahsining so‘nggi daqiqasida Nikita Gusev hisobni tenglashtirib, Rossiya xokkeyi shonli tarixini sharmandalikdan qutqardi. Jamoaning eng yosh a’zosi Kirill Kaprizov esa g‘alaba shaybasi - oltin golni urdi.

O‘ylaymizki, bu ma’lumotlar Osiyo chempioniga aylangan yosh futbolchilarimiz bilan bog‘liq ayrim xotiralarni yodingizga soldi. Ha, aytgancha, Kirill Kaprizovning iste’dodi va kelajagiga ham dastlab ishonqiramay qarashgan. Futbolimizda yosh iste’dodlar taqdiriga xuddi shu tahlit yondashuv hamon borligi rost.

Qiziq, Ravshan Haydarov final uchrashuvida butun mas’uliyatni zimmasiga olib, Andrey Sidorovga ishonch bildirsayu, «So‘g‘diyona» aksincha, Osiyo chempioni bilan «do‘stona» xayrlashsa.

Futbolimiz shu zayl chempionlarni, iste’dodlarni boy beradi. Ularni asrash o‘rniga goho yo‘ldan adashtiradi, yosh futbolchiga mayoq bo‘lishdan o‘zini tiyib, ba’zan uni jazolash, bir umrga chetlatish haqida o‘ylaydi.

Mutasaddilarning ijobiy xulosalaridan umidvor holda, yosh futbolchining taqdiriga qayg‘urib, uni o‘rtoqlik uchrashuvlari bilan yupantirayotgan jamoaga esa katta miqdorda jarima belgilaydi. Ana shundan yondashuv ta’sirida futbol dunyosida ba’zi istisnolar borligini unutadi.

Holbuki, mutasaddilarning o‘zlari Superliga va Pro-liga ishtirokchilarini tanlashda istisnolarga yo‘l qo‘yishmoqda. Muxlislar hammasini ko‘rib, bilib turishibdi.

Futbolimiz kelajagini o‘ylab, bunday istisnolarni to‘g‘ri tushunishga ham intilishmoqda. Xullas, mavjud sharoitda, yangilanish jarayonida futbolimizni qat’iy qonun-qoidalar asosida boshqarish har doim ham o‘zini oqlayvermaydi.

Mutasaddilarga tegishli ilojsiz istisnolarning sababi shu. Xalqimiz «Pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa birovga», deydi murakkab vaziyatlarda muvozanat qaror topishini istab.

Muhtaram muxlis! Yuqoridagi mulohazalardan muddao ne? Istaymizki, futbolimiz rahbariyati insoniylik tamoyillaridan kelib chiqib, o‘zi shundoq ham moliyaviy holati ancha og‘ir jamoalarga nisbatan moliyaviy jazo - jarimani yengillashtirsa, bir umr sevimli sport turidan chetlatilgan futbolchilarga xatolarini tuzatish imkonini yaratsa.

Zero, «Navbahor» kabi nomdor klubni Superligada asrab, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzlab homiy tashkilotlarga oson bo‘lmayotgani kabi bir futbolchining kamol topishi ham mashaqqatlarga to‘la uzoq muddatdir.

Unutmaylikki, bugungi bitta adolatli istisno ertaga futbolimiz foydasiga katta naf keltirishi mumkin. Superliga starti arafasida shu kabi muammolar xususida yana bir bora mushohada yuritilsa, yomon bo‘lmasdi.

Salom, bizni mushohadaga chorlovchi, yangiliklarga undovchi Superliga! Debyut mavsuming muborak!

Muhammad Vali

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:03, 27.02.2018. O'qildi: 5513 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar

Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"

Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida

Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik

Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob

barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.

счётчик