Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Davide Astori. «O‘tmish sardori»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kecha Italiya «A» Seriyasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan navbatdagi tur o‘yinlari boshqa kunga qoldirildi. Sababi, «Fiorentina» klubi bilan «Udineze»ga qarshi o‘yin uchun kelgan jamoa sardori Davide Astori Udinedagi mexmonxonada o‘lik holda topildi. 

Astori va bolalik
Davide Bergamoda yaqinidagi, Milandan salkam yuz kilometr masofadagi San Pelegrino shaharchasida tug‘ilgan. U o‘sha yerda futbolga ilk qadamlarini qo‘ydi, to‘qqiz yoshida esa, qo‘shni Ponte San Pyetrodagi mahalliy jamoada shug‘ullana boshladi, keyinroq esa, «Milan» akademiyasidan joy oldi. Har kuni otasi uni maktabidan olib, Bergamogacha tashlab qo‘yar, bolakay o‘sha yerdan poyezdda Milanga yetib olardi. Yo‘l uchun har kuni borishga bir yarim soat, qaytishga ikki soat sarflashga to‘g‘ri kelardi. Astorining aytishicha, bu borada uning omadi kelgan. Sheriklari undan ham uzoqroqdan kelishga majbur bo‘lishar ekan va ularning ko‘pchiligi futbolni tashlab yuborishlariga to‘g‘ri kelgan. 

Astori va «A Seriya»
2008 yilning yozida «Kalyari» klubi Astoriga tegishli huquqning yarmini to‘lab (1.2 million yevro) sotib oladi va 14 sentyabr kuni «Siyena»ga qarshi o‘yinda himoyachi A Seriyadagi debyutini nishonlaydi. Ligadagi ilk mavsumida yosh futbolchi 10 uchrashuvda maydonga tushadi.

Kelasi mavsumda Astori asosiy tarkibning muhim futbolchilaridan biriga aylandi. Himoyachi jami 34 o‘yinda maydonga tushdi, «Kyevo» va «Fiorentina» klublari darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Albatta, bu mavsum milanliklarning e’tiboridan chetda qolmadi va klub Astorini o‘z tarkibiga qaytarishga urinib ko‘rdi. Ammo «Milan» vise-prezidenti Adriano Galliani va «Kalyari» prezidenti Massimo Chellino o‘rtasidagi zidiyatli munosabatlar tufayli kelishuv amalga oshmay qoldi. Buning ustiga, «Kalyari» futbolchining transferini to‘liq sotib olishning uddasidan chiqdi.

2012 yilda futbolchi Moskvaning «Spartak» klubi safidan joy olishi mumkin edi. Hatto Davideing o‘zi ham bu transferga rozi bo‘lgandi. Ruslar Astori uchun 15 million yevrodan voz kechishga tayyor bo‘lgandilar. Ammo Chellino bu transferga ham rozi bo‘lmadi va mavsum o‘rtasida yetakchi futbolchidan ayrilishni istamadi. 2014/15 mavusmni esa, futbolchi «Roma» tarkibida ijara asosida o‘tkazdi va 24 o‘yinda maydonga tushib, bir gol muallifi bo‘ldi.

2015 yilning avgustida «Fiorentina» himoyachini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Bir yil o‘tib, Astori to‘laqonli «Fiorentina» a’zosiga aylandi. O‘tgan yili Gonsalo Rodrigesning klubni tark etishidan keyin esa, Astori jamoaning sardoriga aylangandi.

Astori va Italiya terma jamoasi
Terma jamoa safidagi ilk o‘yinini u 2011 yilda Ukrainaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgandi va debyut o‘yinida maydondan chetlatildi.

O‘sha paytdagi «Kalyari» himoyachisini murabbiylar Yevro-2012 zayavkasiga qo‘shishmagandi, ammo turnir boshlanishiga bir necha kun qolganda Andrea Bardzali jarohat oldi. Chezare Prandelli ruyxatining boshida Davide Astorining ismi turardi. 
«Men allaqachon Mayamida ta’tilda edim, - deb eslaydi Astori, - ertalab uxlab yotganimda notanish nomerdan qo‘ng‘iroq qilishdi va terma jamoaga qo‘shilishga tayyor yoki tayyor emasligim haqida so‘rashdi».

Davide darhol aeroportga keldi va Milanga uchadigan dastlabki samolyotga chipta oldi. Italiyaga keliboq u Bergamodagi uyiga bordi, u yerdan ashyolarini olib, Krakovga uchdi. Ammo oradan ikki kun o‘tib, Bardzali Yevropa chempionatida qatnasha olishi ma’lum bo‘ldi va Davide yana orqaga qaytdi.

Shundan so‘ng ham u terma jamoaga vaqti vaqti bilan chaqirilib turdi, hammasi bo‘lib 14 uchrashuvda terma jamoa sharafini himoya qildi. 2013 yilda bo‘lib o‘tgan Konfederasiyalar kubogida esa, u Urugvay terma jamoasi darvozasiga gol urishga ham muvaffaq bo‘lgandi.

Astori va oila
Milandagi klublardan birida u aktrisa va model Atnea Delle Vite bilan uchrashib qoladi. O‘sha uchrashuvdan keyin bir necha marta qo‘ng‘iroqlashgan yoshlar oradan ko‘p vaqt o‘tmay unashtiriladi va birga yashay boshlashadi.

Ammo keyinchalik juftlik ajrashib ketishgan va Davide hayotini Francheska ismli qiz bilan bog‘lagan. Futbolchining shaxsiy hayoti haqida u qadar ko‘p ma’lumot yo‘q. Faqat juftlik Astorining vafotidan atigi ikki hafta oldin qiz farzandli bo‘lganliklari haqida xabarlar bor...

Astori va o‘lim
Shanba kuni kechqurun u jamoadoshi Marko Sportyello bilan kechgacha Playstation o‘ynab, uxlash vaqti bo‘lganida xonasiga kirib ketadi. Davide butsalarini qoldirib ketgan edi, Marko unga «butsalaring menda qolib ketibdi» deb sms jo‘natadi. Allaqachon o‘rniga yotgan Davide qaytib yana Markoning xonasiga borishga erinadi va «mayli ertaga olarman» deb xabar qoldiradi.

 Qo‘yilgan tashxislarga qaraganda, 31 yoshli futbolchi uxlab yotgan paytda yuragining to‘xtab qolishi natijasida vafot topgan. 

«Kelajak sardori»
Futbolchi bugun, ya’ni 5 mart kuni klub bilan yangi shartnoma imzolashi ko‘zda tutilgan ekan. Rostan ham, hammasi yangi shartnomaga tayyor bo‘lgan va yangi jamoa aynan Davide Astorining yetakchiligida qurilishi ko‘zda tutilgan ekan. Hatto  Florensiya gazetalaridan biri payshanba kungi sonida Astorining yangi shartnomasiga alohida urg‘u bergandi va «Kelajak sardori» sarlavhasida material e’lon qilgandi.
 
«Fiorentina» prezidenti Andrea Della Vallining aytishicha, rostan ham shartnomaning barcha shartlari kelishilgan, futbolchi yana uch yil jamoa safida harakat qilib, keyin ham klub sistemasida murabbiy sifatida ishlashi ko‘zda tutilgandi.

O‘z vaqtida «Milan» safida o‘ynashni orzu qilgan, ammo «Fiorentina»ning yuragiga aylangan Davide Astori umrining oxirigacha «Fiorentina»da qolishga rozi bo‘lgandi
Shunday bo‘ldi ham...  

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 15:42, 05.03.2018. O'qildi: 3772 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик