Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Futbol do‘stlik uchun» loyihasida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik futbolchi aniqlab olindi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Bolalar futboli
Rukn: Yangiliklar
A A A

FIFA va futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo‘lgan “Gazprom” kompaniyasi “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining oltinchi mavsumi start olganini e’lon qildi.

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyodagi yosh avlod o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ‘ib qilishdan iborat. 2018 yilda “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida 211ta mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Mavsumning yakuni tadbirlari 8 iyundan 15 iyunga qadar Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

2018 yilda O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi mazkur loyihada ikkinchi marta ishtirok etmoqda. Qur’aga ko‘ra bu yil O‘zbekiston sharafini yana yosh darvozabon himoya qiladi.

6 mart kuni O‘FAga qarashli maydonda loyihada ishtirok etadigan yosh darvozabonni saralab olishning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nomzodlarni saralab olish uch bosqichda o‘tkazildi: sport ko‘nikmalari va jismoniy holatni baholash, til bo‘yicha bilimlar sinovi va o‘zini namoyon qilish qobiliyati. Yosh darvozabonlarning mahoratiga bahoni Anvar Rashidov (“Paxtakor”), Marat Galimov (“Bunyodkor”) va Ruslan Ahmedxonov (“Lokomotiv”) kabi tajribali mutaxassislar berishdi.
Nomzodni tanlab olish jarayonidan keyin O‘FAning zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Biz O‘FA bilan yana hamkorlik qilish va loyihada yangi nomlarni ko‘rishdan juda mamnunmiz. “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining asosiy maqsadi butun dunyodagi bolalarni birlashtirish. Loyiha 6-mavsumining o‘ziga xosligi shundaki, joriy yilda ekologiya muammolariga katta ahamiyat qaratiladi.

Shu maqsadda butun dunyodan keladigan bolalardan tashkil topadigan futbol jamoalari nomi noyob va yo‘qolib borayotgan jonivorlar nomi bilan ataladi. Ochiq qur’aga ko‘ra sizning darvozaboningiz Mo‘g‘uliston, Lyuksemburg, Isroil, Kayman orollari va Gibratlardan keladigan bolalar bilan birgalikda “Western Gorilla” deb nomlanadigan jamoadan o‘rin oladi”, - dedi loyiha tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Anastasiya Lyalkina.

Matbuot anjumani davomida yosh darvozabon Muslimbek Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov yig‘ilganlarga tanishtirildi.

12 yoshli Muslimbek Abdumannopov “Bunyodkor” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2016 yildan beri darvozabon sifatida o‘ynab keladi. Uning shaxsiy rekordi bitta o‘yinda 11ta seyvni amalga oshirgani hisoblanadi. Muslimbek Abdumannopovning kumiri – “Barselona” darvozaboni Mark Andre ter-SHtegen. Mardon Marupov maktabda a’lo baholarga o‘qiydi, gumanitar fanlarni yoqtiradi, futbol, tennis va shaxmat o‘ynash uning xobbisi.

“Mening fikrimcha, “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining asosiy maqsadi chet elga borib, sayyohat qilib kelish emas, balki turli mamlakatlardan kelgan bolalar bilan tanishish, ularning madaniyati, urf-odatlarini o‘rganish, ular bilan do‘stlashishdan iborat”.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining final bosqichi doirasida bu yil Moskvada quyidagi tadbirlar tashkil etiladi: Xalqaro do‘stlik lageri, Turli millat va turli jins vakillari bo‘lgan yosh sportchilar o‘rtasidagi do‘stlik uchun futbol bo‘yicha 1-Jahon chempionati, Jahon va Rossiya futboli yulduzlari ishtirokida Xalqaro Bolalar futbol forumi.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasini FIFA, UYEFA, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi kabi nufuzli tashkilotlar, Xalqaro bolalar jamg‘armalari, futbol yulduzlari va faxriylari qo‘llab-quvvatlashadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 00:41, 07.03.2018. O'qildi: 3080 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик