Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sanjar Rahmonov: “Olimpiya o‘yinlarida jon deb ishtirok etardim”

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarida professional boksda faoliyat olib borayotgan Sanjar Rahmonov bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdi.

E’tiboringizga ushbu intervyuni taqdim etamiz.

-Sanjar avvalo Toshkent shahriga, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga xush kelibsiz. Ancha vaqtdan beri sizni muxlislar kutishayotgandi. O‘zbekistonda muxlislaringiz juda ko‘p. Qolaversa, siz ayni paytda AQSHda afsonaviy Floyd Meyvezer bilan birga ishlayapsiz. Bu albatta xar qanday sportchi uchun sharaf. Shaxsan o‘zingiz ushbu bosqichga yetib kelguncha qanday masofani bosib o‘tdingiz?

-Avvalambor, assalomu alaykum. 1 yil 8 oy deganda 11 ta jang o‘tkazib, NABF kamari bilan vatanimga qaytganimdan juda xursandman. Albatta, bu yo‘l uzoq va mashaqqatli bo‘ldi. Men havaskor boksdan so‘ng, professional ringda ham imkoniyatlarimni sinash maqsadida tavakkal qilib Amerikaga yo‘l olgandim. U yerga borib Roy Jons va Floyd Meyvezer kabi jahon boksi afsonalarining zallarida mashg‘ulotlar o‘tkazdim. Murabbiyim Dzyudi Kuper bilan ham aynan o‘sha yerda tanishganman. Mashg‘ulot kunlarining birida men o‘z vazn toifamdagi TMT kompaniyasi bokschisi bilan sparring jangda uchrashib, uni uchinchi raundda nokaut qilgandim. O‘shandan keyin TMT jamoasi vakillari menga qiziqib qolgan va taklif bilan chiqqandilar. 2015 yilning iyun oyida Las-Vegasdagi "MGM Grand" arenasida ilk jangim tashkil qilingan. Raqibimni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, professional faoliyatimni boshlaganman. Ana shundan so‘ng ular bilan 3+2 ko‘rinishida 5 yillik shartnoma imzolaganman. Agar men uch yil ichida o‘z vazn toifamda dunyoning eng kuchli 10 nafar bokschisi orasiga kira olsam, avtomatik ravishda kelishuv uzaytirilardi. 

-Umuman olganda siz professional boksga havaskor boks orqali kirib kelgansiz. Havaskor boksda ham ma’lum yutuqlarga erishgansiz. Aytinchi, professional va havaskor boks orasida shaxsan o‘zingiz qanday farqlarni ko‘ra oldingiz? 

-Hozirgi paytda farq bor. Professional boksda jang va mashg‘ulot usullari boshqacha. Professional boksda, ayniqsa AQSHda bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotgan odam buni albatta his qiladi. Professional ring umuman boshqacha. Havaskorlar orasida qo‘limdan kelganicha natijalar ko‘rsatdim. Keyin prof ringga o‘tishga qaror qildim. Hozirgi asosiy maqsadim WBC, IBF yo‘nalishlarida chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, jahon chempioniga aylanish.

-Siz Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurib, Umid Ahmadjonov bilan uchrashdingiz. Uchrashuvdan taassurotlar qanday bo‘ldi? 

-To‘g‘risi, juda xursand bo‘ldim. Umid Muhammadjonovich o‘ylaganimdan umuman boshqacha odam ekan. U kishi bilan samimiy, do‘stona ruhda suhbatlashdik. Sharoit va imkoniyatlarim xaqida so‘radi, yaqin rejalarim bilan qiziqdi. Uchrashuvdan shunday hulosa oldimki MOQ Prezidenti sportchilarni eshitib, ularning muammolarining tinglab, barchasini bartaraf etmoqchi. Bunday e’tibor har qanday sportchiga qo‘shimcha kuch beradi. Shunday ekan, yurtimiz bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarish uchun bor kuch va imkoniyatimni ishga solaman. 

-Suhbat jarayonida bir mavzu ham ko‘tarildi. Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschilarimizni Osiyo va Olimpiya o‘yinlariga jalb qilish. Albatta, bu promouterlik kompaniyalari bilan tuzilgan shartnoma bandlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Agar ular rozilik beradigan bo‘lsa, sizda ham Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida terma jamoamiz sharafini himoya qilish imkoniyati bo‘ladi. Shaxsan sizda shunday istak bormi?

-Albatta. Vatan sha’ni uchun jang qilish, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda terma jamoamiz tarkibidan joy olish men uchun sharafdir.  Promouterim Floyd Meyvezer bilan kelishgan holda buni amalga oshira olaman deb umid qilaman. Bilasizmi, hozir ham AQSHda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib yuraman. Hamma joyda "o‘zbek, o‘zbek", "Sanjar o‘zbek" deb tanishadi. Xudo xohlasa, bunga imkoniyat bo‘ladigan bo‘lsa o‘yinlarda ishtirok etishim mumkin. Havaskor boksda ham ushalmagan orzularim bor. 

-Sir emaski, ko‘p bokschilar moddiy ahvolini yaxshilash, pul ishlash maqsadida ham professional boksda faoliyat olib borishadi. Ammo, katta mablag‘ ishlab topish ham oson ish emas. Ma’lum mashaqqat va qiyinchiliklari bor. Siz o‘zingizni moliyaviy tomonlama ta’minladingizmi? Professional boksda qay darajada pul ishlab olish mumkin?

-SHaxsan o‘zimdan misol keltiradigan bo‘lmas, prof ringda o‘zining uzoq kelajakni o‘ylaydigan sportchi faoliyatining boshida katta pul topmaydi. Topgan puli mashg‘ulot, yeb-ichish, ekipirovkalarga yetishi mumkin. Agar siz Olimpiya o‘yinlari chempioni sifatida shartnoma imzolaydigan bo‘lsangiz, sharoitlaringiz birmuncha yaxshi bo‘ladi. Ularga yeb-ichish, yashash, mashg‘ulotlar uchun ham sharoit yaratib beriladi. Jang uchun olgan pulingiz yongingizga qolishi mumkin. Hozirgi paytda o‘zimning moddiy holatimdan nolimayman. To‘g‘ri, boshida qiyin bo‘lgandi. O‘shanda ham O‘zbekistondagi sportni tushunadigan yaqin insonlarim menga yordam berganlar. Xatto, terma jamoa safini tark etganimdan so‘ng ham ular mendan xabar olib turishgan. 

-Professional boksda xar bir sportchining orzusi chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritishdir. Hozirda sizda qanday chempionlik kamarlari bor?

-Hozircha menda faqat bitta kamar bor. Bu ham nufuzli kamar hisoblanadi. WBC yo‘nalishining NABF kamari sohibiman. Nasib qilsa, AQSHga qaytib borganimdan so‘ng yana bir oy tayyorgarlik o‘tkazaman. May oyida navbatdagi jangimni o‘tkazaman. U jangda kamarimni himoya qilaman. Raqibim hozircha noma’lum. Keyin esa WBC yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamari uchun qadam bosamiz. 

-Hozir AQSHda bir qator hamyurtlarimiz promouterlik kompaniyalari bilan shartnoma imzolashgan. Fazliddin G‘oibnazarov, Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Rustam To‘laganov... Ular bilan aloqalaringiz qanday?

-Sanab o‘tilgan sportchilardan ozgina bo‘lsada yoshim katta. Meni o‘z akalaridek ko‘rishadi. Ular orasida professional boksni ertaroq boshlaganim sababli menga qo‘ng‘iroq qilib, maslahat so‘rab turishadi. O‘z o‘rnida men ham maslahatlarimni ayamayman. Muntazam gaplashib turamiz ular bilan.

-Floyd Meyvezerda boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi bilan shartnoma imzolash rejasi yo‘qmi? Hamyurtlarimizdan kimlarnidir unga tavsiya qilmadingizmi?

-Albatta. Hozirda u MMAchimiz Mahmud Muradovga katta qiziqish bildirgan va taklif bilan chiqqan. Meyvezer TMTning MMA jamoasini ochish niyati bor. Mahmud Muradov o‘sha jamoaning ilk jangchisi bo‘ladi. Yaqin vaqtlar ichida Mahmud Muradov TMT jamoasi nomidan jangda qatnashadi. 

-Fursatdan foydalanib, o‘zbekistonlik boks muxlislariga qanday tilaklar bildirgan bo‘lardingiz?

-O‘zbekistondan ketganimga 1 yil 8 oy bo‘lgandi. To‘g‘risi, bu vaqt ichida yurtimizda ko‘plab muxlislar topaman deb o‘ylamagandim. Toshkentda, Andijonda yurib buni bilyapman, his qilyapman. Bugungi kunda xalqimiz o‘zbek sportchilarini shunday qo‘llab quvvatlashmoqda. Bu bizga juda katta yordam beradi. AQSHda jang qilayotgan bo‘lsakda, O‘zbekistonda millionlab hamyurtlarimiz bizga muxlislik qilayotganliklarini his qilamiz. Bu orqali o‘zimizga ishonch bilan jang o‘tkazamiz. Ulardan minnatdorman. Bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlab turishlarini iltimos qilaman. Nasib qilsa, bir kun kelib O‘zbekistonga dunyodagi nufuzli WBC, WBA, IBF chempionlik kamarlarini olib kelamiz. Bunga oz vaqt qoldi. O‘z navbatida, Olimpiya qo‘mitasiga ham minnatdorchilik bildiraman. 

Ma’lumot:

Ism-sharifi: Sanjar Rahmonov

Tug‘ilgan sanasi: 1989 yil, 5 sentyabr

Tug‘ilgan joyi: Andijon, O‘zbekiston

Birinchi ustozi: Ziyaiddin Tayganbayev

Boks bilan shug‘ullanishni 14 yoshida boshlagan

2009 yilgi Osiyo chempioni

2010 yilgi Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibi

2015 yilda prof ringdagi debyut jangini o‘tkazgan

Hozirgacha professional boksda 11ta jang o‘tkazib, ularning 10tasida g‘alaba qozongan. Bittasida durangga erishgan. 5 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 

Zafar Imomxo‘jayev suhbatlashdi 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:14, 12.03.2018. O'qildi: 5829 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.