Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mourinyo nega yutqazdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A
Mourinyo jamoalarida hech qachon yetakchi bo‘lmagan. Agar bo‘lsa, u Jozening o‘zi bo‘lgan edi. “Portu”, “Chelsi”, “Inter”va “Real” jamoalarini boshqargan paytlarda klub yetakchilari bilan bir necha bor nizolar kelib chiqqanidan xabaringiz bor. Hech birida jamoaga rux beruvchi yetakchi bo‘lmagan. Aniqrog‘i, bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan. Jamoaga ruhni faqat va faqat Mourning o‘zi bergan. Istaymizmi, yo‘qmi har bir jamoa bitta yetakchiga bog‘lanadi. Uzoqqa bormaymiz: 2014 — 2015 yilgi mavsumda “Chelsi”ga qaytgan kezlari klubda Eden Azar yetakchi sanalardi. Edenni “sindirdi”, natijada jamoa 16-turga kelib 16-o‘rinda borayotganda Mour istefoga chiqarildi. Keyingi mavsumda Konte deyarli huddi shu tarkibni chempion qildi, Azar yetakchiligida...   “MYU”da kim yetakchi hozir? Faqat o‘z qanotiga javob beruvchi, Joze maqtashdan charchamaydigan Valensiami yo hamisha autsayder klublarga gol kirituvchi Lukakumi? Yoki har turda go‘zal “seyv”lari bilan qahramon bo‘luvchi De Heami yoxud yaqinda “Arsenal”dan tashrif buyurgan Sanchesdir. Kim?..   O‘ylab ko‘ring kim bo‘lishi mumkin? Birgalashib javob beramiz: Pogba!   1.jpg   Shunday. Fransiyalik futbolchining o‘yinlarini o‘zbekistonlik futbol muxlislari “Turkiya – 2013”dagi ishtiroki bilan yaxshi tanishadi. Fransiya va O‘zbekiston yoshlar termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin 4-0 hisobi qayd etilganida bizning “kushanda”miz Pogba yedi. Esingizda bo‘lsa, o‘shanda jamoamiz maydon markazida hech narsa qila olmagandi. E’tibor bering aynan maydon markazida(!)   Fransiyaga qarshi o‘ynagan barcha jamoalar Pogbadan aziyat chekkandi.   2.jpg   U har bir yosh termasida yetakchi bo‘lishga intilib kelgan va bu ishni a’lo darajada uddalay olgan. Zamonaviy fransuz futbolining asosi ham shu yigit atrofida qurilgan desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak.   3.jpg    Ammo Mourinyo bunday qilishni xohlamaydi. Butun boshli bir mamlakat tayanch yarim himoyasida asosiy o‘yinchini xohlasa, zahirada qoldiradi, xohlamasa qaydnomaga ham kiritmaydi. Xohlasa, u bilan urushib ketishing mumkin deb qo‘yaveradi, Yevropa ligasini yutib bergan futbolchiga.   Ha, shuning uchun ham u “Special one”da, lekin kecha... Vinchenso Montella Mourinyo mexanizmining aynan shu joyidan urdi. Ya’ni raqib jamoasidagi nosog‘lom muhit tufayli g‘alabani ilib ketdi.   Bilasizmi, Sevilyadagi o‘yinda nima sababdan Ben Yedder maydonga tushirilmadi? Bordi-yu, maydonga tushib gol urib qo‘yganida nima bo‘lardi? Mourinyo jamoasi katta ehtimol bilan javob qaytarar yoki o‘z maydonida tezkor gol kiritishga intilardi, nazarimda. Italiyalik mutaxassis Vensanni ikkinchi bahsga asradi. O‘yin aynan Montello rejasi bo‘yicha davom etdi. “Old-Trafford”da birinchi bo‘limda durang o‘ynab, ikkinchi bo‘limda gol urib, “MYU” himoyani unutganda yana bitta to‘p kiritish qabilida ish tutdi. Bo‘ldi. Ortiqcha mukammalliksiz, sodda, rejalashtirilgan taktika. Darvoqe, uning “Liverpul” darvozasiga kiritgan “hattrick”i yodingizdan chiqmagandir!   Mourinyo ayyor. Bilasizmi, nega? Har bir murabbiyning “B” rejasi bo‘lgani kabi Jozeda “B” reja yo‘q. “B”, “S”, “D” va hokazo... Boshqalari faqat “A”si uchun ishlaydi. Futbol muxlislaridan tortib mutaxassislarigacha “Liverpul”ning “Old-Trafford”dan g‘alaba bilan qaytishiga ishonib turgan bir paytda u nima qildi? Ser Aleks Fergyussondan futbolchilarga ruhiy dalda va ko‘rsatma berishini so‘radi.    4.jpg   Va futbolchilarga psixologik ta’sir o‘tkazishni yaxshi uddalaydigan sobiq “qirol”ning maslahati ila g‘alaba qozondi. Unda boshqa yo‘l yo‘q edi.   Mavsum boshidagi durrangga qanoat qilmagan Klopp bu safar mag‘lubiyatga rozi bo‘ladigan bo‘ldi. Mourinyoga emas Fergyussonga! Aynan o‘sha baxsdagi charchoq futbolchilarga kechagi o‘yinda ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.    “Siti”ning “Old-Trafford”dagi g‘alabasi esingizdadir-a?! Gvardiola Mourinyoga bemalol hujum qilish imkonini bergandi. Odatda u hech bir jamoaga bunday erkinlikni taqdim etmagan. Bu esa nazorat Mourinyo qo‘l ostida bo‘lyapti degan tushunchani shakllantirardi kishida.    5.jpg   Biroq 2-goldan keyin hammasi Pepning nazoratida ekanligi ko‘zga tashlanib qolsa, o‘zingizdan achchiqlanib yuraverasiz. Montella huddi shu reja asosida o‘ynadi kecha. Aynan shunday!   E’tibor bergan bo‘lsangiz o‘yin davomida murabbiylar bir kulishib olishdi. Aniqrog‘i, Mourinyo italiyalik hamkasbi ustidan kulgandek edi, go‘yo.   6.jpg   Demak, uning rejalari ish beryapti.. lekin Vinchenso “Ramon Sanches”da qilmagan ishini qildi. Bu Ben Yedderni maydonga tushirilishi edi. 28 yoshli hujumchi jamoasini haqli ravishda keyingi bosqichga olib chiqdi.   8.jpg   Birinchi goldan keyin hujumga tashlangan “MYU” uchun 2-gol ortiqchalik qilishi tabiiy edi. De Hea o‘z darvozasidan ikkinchi to‘pni ham olib chiqdi. Yana “Sevilya”ning goliga zahiradan qo‘shilgan 9-raqamdagi hujumchi Vensan Ben Yedder mualliflik qildi. Lukaku ham bitta to‘p kiritdi. ammo Yevropa Chempionlar ligasida bir gol bilan chorak finalga chiqib bo‘lmasligini sizu biz juda yaxshi bilamiz!   Shu tariqa ispanlar Angliyadan chorak final chiptasini olib ketdi.   Endi, Joze Mourinyo bor e’tiborni APL da 2-o‘rinni mustahkamlashga qaratsa ne ajab?! 
Manba: www.uza.uz
Kiritildi: 23:40, 15.03.2018. O'qildi: 4866 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик