Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? JCHning eng qimmat tarkibga ega jamoalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Yangiliklar
A A A

Transfermarkt portali 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning umumiy qiymatlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi futbolchilarning transfer qiymati bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etilishicha, “ko‘klar” tarkibidagi futbolchilarning umumiy qiymati 1,48 milliard yevroga baholangan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Angliya terma jamoasi (1,31 milliard yevro), uchinchi o‘rinni esa Ispaniya terma jamoasi (1,27 milliard yevro) band etgan.

Eng qimmat tarkibga ega terma jamoalar:

1. Fransiya (1,48 mlrd yevro)
2. Angliya (1,31 mlrd yevro)
3. Ispaniya (1,27 mlrd yevro)
4. Germaniya (998 million yevro)
5. Portugaliya (957 million yevro)
6. Braziliya (909 million yevro)
7. Niderlandiya (837 million yevro)
8. Argentina (816 million yevro)
9. Norvegiya (601 million yevro)
10. Turkiya (536 million yevro)



O‘zbekiston milliy terma jamoasining may oyidagi yig‘iniga jalb etilgan 40 nafar futbolchining umumiy transfer narxi 78,73 million yevroga baholangan. “Oq bo‘rilar” ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mundialda ishtirok etadigan jamoalar orasida 35-o‘rinda qayd etilgan.



2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Turnir uchrashuvlariga AQSH, Kanada va Meksika birgalikda mezbonlik qiladi. Bo‘lajak dunyo birinchiligida tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Chempionatning ochilish o‘yini 11 iyun kuni Mexikodagi “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi va unda Meksika hamda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, MTJ mundialdagi ilk o‘yinini Meksikada o‘tkazadi, qolgan ikki uchrashuv esa AQSHdagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi. “Oq bo‘rilar” 18 iyun kuni birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Asteka” stadioni mezbonlik qiladi.

Jamoa ikkinchi tur doirasida 23 iyun kuni Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuv AQSHdagi “Xyuston” stadionida o‘tkazilishi belgilangan. Guruhdagi so‘nggi uchrashuv 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:41, 31.05.2026. O'qildi: 2341 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик