Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Neymar «Qirollik klubi»ga kerak emasmi?

Baho:
+2 | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mutaxassislar Neymarni allaqachon «qirollik klubi»ga «joylashtirib» qo‘yishdi. Biz esa uning poytaxt klubiga o‘tishi noto‘g‘ri ekanligini isbotlashga harakat qilamiz.

«Megaqimmat» transfer.

BugungikungakelibNeymarbilanbog‘liqmojaroavjigachiqdi. Har kuni u haqda yangi ma’lumot chiqishdan to‘xtamayapti. Hozirda «top» mavzu uning «Real» klubiga o‘tishidir.

Ispaniya klubi avvallari transferlar uchun misli ko‘rinmagan narxlar e’lon qilishiga odatlanib qolgan edik. Ammo hozirda klub ancha kamtarona transferlar qilmoqda. Bunda Zidanning ham hissasi katta, albatta. U jamoaviy o‘yin orqali ko‘p narsaga erishishi mumkinligini isbotladi. Mana shu ishonch bilan, u ikki bor Chempionlar Ligasi g‘olib bo‘ldi. Neymar PSJ uchun 222 millionga tushgan edi. Hozirda uning uchun qilinadigan xarajat miqdori 400 million!!! Nazarimizda, Neymar uchun 200 million ajratish ham aqlsizdek.

Ronaldu bilan kelisha olmaydi.

Agar «Real» Ronaldu bilan ishlashda davom etsa, Neymar transferi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi. Portugaliyalik futbol yulduzi o‘zi bilan bir xil o‘rinda o‘ynaydigan yana bir raqobatchi kelishidan xursand bo‘lmasligi aniq. Bu ikki yulduz hech qanaqasiga bir jamoada o‘ynay olmaydi. Beylning jamoada o‘ynab keta olmaganiga sabab ham aynan shunda. Yana bir «bosh og‘rig‘i» klubga ortiqcha.

Neymarning «yulduzlik» kasali

Bu ham ikkinchi muammo bilan chambarchas bog‘liq. «Barselona» dan Neymar pul uchun yoki jamoadagi muhit tufayli ketmadi. U Messi soyasida qolishdan qo‘rqdi. Kavani bilan raqobat, maydonda va maydon atrofida unga bo‘lgan yomon munosabat bo‘lishiga qaramay, Neymar PSJ da asosiy o‘yinchiga aylana oldi. PSJ haqida gapirishganda, albatta, Neymarni eslab o‘tishadi. Bu unga ayni muddao. Ronaldu soyasida qolishi aniq bo‘lgan Neymar kelgach, hatto ikkisi uchun ham asosiy tarkibdan joy berilganda ham, maydonda kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi aniq. Penalti, jarima to‘plari hamda golli vaziyatlardagi egoizm jamoa va qolgan futbolchilar uchun noqulaylik yaratadi.

O‘zgacha xarakter

Neymar transferi hamda uning soliqlar bilan muammosi doimo bo‘lib kelgan. Uning uchun ko‘p ishlarni otasi hal qilishi, yosh boladek ko‘p muammolarda qaror qabul qila olmasligi Neymarning muammolar girdobida qolishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari futbolchi maydondan tashqarida ham xatti-harakatlar orqali yoqimsiz holatlar yaratadi. Emeri va Kavani bilan muammolar yaqqol dalil. Zidan bunday futbolchilar bilan ishlashni yoqtirmaydi.

Muxlislarga yoqmaydi.

Har qanaqasiga Neymar o‘zlarining azaliy raqibi «Barselona» da o‘ynagan. To‘g‘ri, bu ikki azaliy raqiblar o‘rtasida ham transferlar uchragan. Futbolchi bunday vaziyatda har doim muxlislar diqqat markazida bo‘lishi har harakatida «hushtaklar» hujumiga uchrashi mumkin. Bundan tashqari Neymarning «Real» ga o‘tishi «Barsa»-«Real» qarama-qarshiligidagi keskinlikni oshirib yuboradi. Endigina mehrni qozonganda, «ketaman!»deb turib olishi mumkinligi muxlislarni yanada havotirga solidi.

PSJ shunchaki qo‘yib yubormaydi.

Neymarning PSJda bo‘lishi klubning mavqe’siga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu klub haqida ko‘proq gapirishmoqda. Klubda ham ichki raqobat o‘smoqda. Klub prezidenti Braziliyaga Neymarni qolishga ko‘ndirish uchun uchib bordi. Neymar esa bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, oyligini oshirishini so‘radi. Bunday o‘zini «shoxlarcha» tutish kuni kelib Parij klubi mutasaddilarining ham joniga tegishi aniq. Ammo hozir uni saqlab qolish shart. 222 millionga tushgan futbolchini bir yil o‘tib qo‘yib yuborish klub egalariga og‘ir zarba bo‘lishi, muxlislar klubning rejalarni amalga oshirishiga ishonchsizlik bilan qarashni boshlashi mumkin.

Asosiy sabab:   DAVOMI:

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:23, 20.03.2018. O'qildi: 14273 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик