Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov: «Olimpiya zaxiralari kolejlariga qabul jarayonlari shaffof o‘tishi va OAV orqali ham yoritib borilishi lozim»

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Intervyular
A A A

Bugun, 23 mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijrosini ta’minlash ishlarini nazorat qilish, uni yanada jonlantirishga qaratilgan katta yig‘ilish tashkil qilindi.

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, Rseupblika Oliy sport mahorati maktablari rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar olib borishdi.

MOQ rahbari yig‘ilishda farmonda belgilab berilgan mamlakatimizda sport erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish bo‘yicha ishlarni jonlantirish, unga yirik xorijiy kompaniyalar va sarmoyadorlarni jalb qilish bo‘yicha alohida topshiriq berdi.

Shuningdek, respublika sport federasiyalar va assosiasiyalarining qaytadan shakllantirilgan shtat jadvallarini yaqin vaqtlar ichida tasdiqlash borasida ma’lum qilindi. Undan tashqari yakkakurash sport turlarida har bir vazn toifasida terma jamoa uchun saralab olinadigan to‘rt nafardan sportchilar aprel oyidan Osiyo o‘yinlariga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlashi haqida aytildi.

"Reja bo‘yicha har bir vazn toifasida saralangan to‘rt nafar sportchi 1 apreldan boshlab yig‘inlarni boshlashi kerak. Ular Osiyo o‘yinlarida va ungacha xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Bundan tashqari sport uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘larni maqsadli, samarali sarflashni nazoratini kuchaytirishimiz lozim. Buning uchun MOQ qoshida alohida inspeksiya ham tashkil qildik.

Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyati sifatiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Qabul jarayonlarini MOQ, vazirlik va federasiya vakillari ishtirokidagi maxsus komissiya nazorat qiladi. Ular turli kunlarda o‘tkaziladi. Qabul jarayonlarida eng muhimi shaffoflikni ta’minlashimiz kerak. Shuningdek, ular ommaviy axborot vositalari orqali ham yoritilib borilishi lozim", - dedi Umid Ahmadjonov.

Yig‘ilishda Prezident farmoni asosida mamlakat olimpiya terma jamoalari uchun ajratilgan o‘quv-mashg‘ulotlar bazalari uchun loyiha va smetani tayyorlash borasida ko‘rsatma berildi. Unga ko‘ra yaqin vaqt ichida Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Aziya-CHimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi, Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi, Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi va Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gulnora” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazining loyihalari tayyor bo‘ladi, shu bilan birgalikda qurilish va kapital ta’mirlash ishlari boshlab yuboriladi.  

Umid Ahmadjonov yig‘ilishda bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish lozimligi haqida ham gapirdi. "Namangan viloyatidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabiga borganimda dzyudo tatamilari joylashtirilganligiga guvoh bo‘ldim. U yerda shuningdek, boks bo‘yicha mashg‘ulotlar ham tashkil etilar ekan. Buni qanday izohlash mumkin? Axir ushbu BO‘SM faqatgina gimnastika sport turiga ixtisoslashtirilgan", - dedi MOQ rahbari.

Shuningdek, farmon asosida "Bunyodkor" sport majmuasini  O‘zbekiston futbol assosiasiyasi balansiga o‘tkazish, Qo‘qon shahrida qurilishi rejalashtirilgan yangi zamonaviy stadionning loyiha va smetasini ishlab chiqish, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani Sijjak qishlog‘ida futbol bo‘yicha terma jamoalar uchun baza bunyod etish borasida Sardor Rahmatullayev va Omon G‘ofurovlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuvda terma jamoalarimizni kuchaytirish uchun xorijdan malakali va tajribali murabbiylar jalb qilish borasida ham gap bordi. Suzish, yengil atletika, qolaversa, voleybol, basketbol, tennis kabi sport turlariga murabbiylarni olib kelish, ularga esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetining yuqori bosqich talabalarini malaka oshirish maqsadida biriktirib qo‘yish taklifi ham berildi.

"Sport" telekanali bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Sport klub" ko‘rsatuvining keyingi sonida sportning yakkakurash turlari - taekvondo, boks, sport kurashlari, karate hamda dzyudo federasiyalari rahbarlari va sportchilari ishtirokida dastur tayyorlash borasida ham reja qilindi.

O‘z navbatida, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov ko‘rsatuvning kecha namoyish etilgan ilk sonida farg‘onalik Haydarjon  Abdullayevning   karate bo‘yicha yo‘llagan murojaatini o‘rganib chiqish va kerakli choralarni ko‘rish bo‘yicha Jang san’ati va yakkakurashlar departamenti direktori Sardor Toshxo‘jayevga topshiriq berdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:18, 23.03.2018. O'qildi: 2237 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.