Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba.

  • Superliga
      • 28.06.2025 19:00
      • Navbahor
      • 6:0
      • Mash’al
      • 28.06.2025 20:00
      • Qizilqum
      • 0:1
      • Neftchi
      • 29.06.2025 19:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 29.06.2025 20:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 30.06.2025 20:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 28.06.2025 21:00
      • Palmeyras
      • 1:0
      • Botafago
      • 29.06.2025 01:00
      • Benfika
      • 1:4
      • Chelsi
      • 29.06.2025 21:00
      • PSJ
      • -:-
      • Inter Mayami
      • 30.06.2025 01:00
      • Flamengo
      • -:-
      • Bavariya
      • 30.06.2025 23:59
      • Inter
      • -:-
      • Fluminense
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 13 28
3 Navbahor 14 26
4 Neftchi 13 26
5 OKMK 13 24
6 Paxtakor 14 23
7 Bunyodkor 13 21
8 Andijon 14 17
9 Mash’al 14 15
10 Xorazm 14 14
11 Surxon 13 14
12 So‘g‘diyona 13 13
13 Qizilqum 14 13
14 Qo‘qon-1912 14 12
15 Buxoro 13 9
16 Sho‘rtan 13 9

O'tgan o'yinlar.

14-тур Xorazm 2-3 Andijon
14-тур Qo‘qon-1912 2-3 Dinamo
14-тур Nasaf 2-2 Paxtakor
14-тур Navbahor 6-0 Mash’al
14-тур Qizilqum 0-1 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

29/06/25 Bunyodkor - So‘g‘diyona
29/06/25 Buxoro - Sho‘rtan
30/06/25 OKMK - Surxon

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Birinchi muhabbatim

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Avvalambor, sarlavhamiz mavzuga biroz mos emasga o‘xshaydi. Lekin, shuni ishonch bilan ayta olamanki, bu ayni haqiqat. Ha, men o‘zim yoshlik chog‘larimdan Zidan, Nedved, Shevchenko, Ronaldo, Rivaldo singari yulduzlar o‘yinlariga mahliyo bo‘lib futbolni sevib qolgan bo‘lsam kerak. Yoshligimdan futbol bilan bir necha yil shug‘ullandim. Ishonasizmi, mashg‘ulotlar bo‘ladigan kun men uchun xuddi bayramdek edi. Mashg‘ulotlarga hammadan oldin borib olardim-da, kutib o‘tirardim. “Bu qanday his ekan-a” deb o‘ylayman hozir. Futbol murabbiyimiz qo‘lida to‘p ushlagancha mashg‘ulotlarga kelayotganini uzoqdan ko‘rsam yuragim hapqirib ketardi. Demak, bugun mashg‘ulot bo‘larkan (ko‘pincha besabab kelmasdilar). Asta-sekinlik bilan ulg‘aya boshladik, ota-onam futbolga jiddiy e’tibor berishmadi. Bora-bora ulg‘ayib katta hayot tashvishlariyu tirikchilik meni futboldan batamom uzoqlashtrib yubordi. Lekin, yuragimdagi futbolga harislik zarracha o‘zgarmagan. Bu faqat menda shunaqa deb o‘ylardim, keyin bilsam menga o‘xshagan futbolga “oshiq” bo‘lib, uning “visoli”ga yetisha olmaganlar yer yuzida millionlab ekan! To‘g‘risi, futbolni chakki o‘ynamas edim. Hozirgi o‘zbek futbolchilarning ko‘pi bilan zamondosh bo‘lganim uchunmi yo ular bilan birga o‘ynash nasib qilgani uchunmi o‘zimni ular bilan ko‘p solishtiraman, ulardan hech ham kam xisoblamas edim. Hozir ham shunaqa fikrdaman (man-manlikka yo‘ymang). Bu sevgim visloliga yetolmagan bo‘lsam ham, unga bo‘lgan muhabbatim hech ham kamaymagan. To‘g‘risi, o‘tgan yili bir ishdan keyin yuragimdagi chuqur armon bo‘lib qolgan bir fikirdan qutuldim.

Bu o‘sha juda ko‘pchiligimizning ichimizni tirnagan fikr:  “Agar, futbolchi bo‘lganimda katta yutuqlarga erisha olar edim”. Ishxonamizda bir yoshroq yigit bor edi, o‘sha meni havaskorlar o‘rtasidagi turnirda o‘zlarini jamoasida o‘ynab berishimni iltimos qildi. Qaysi futbol “kasalligi”ga chalingan muxlis bu taklifga yo‘q deydi?! O‘sha kuni ishdan ertaroq chiqib turnir bo‘ladigan Yunusobod maydonlariga bordik. To‘rtta jamoa yig‘ilgan ekan. Pley-off tizimida o‘tkaziladigan turnirda har bir jamoa 2tadan o‘yin o‘tkazar ekan. Har doimgiday o‘zimga katta ishonch bilan o‘yinga kirishdim. Hakam hushtak chaldi va o‘yin boshlandi. Ishonasizmi, menda darvozga zarba yo‘lashga ham imkoniyat qoldirishmadi. Raqibimiz o‘yinchilari o‘sha paytlari moda bo‘lgan Gvardiolaning mayda pas uslubida harakat qilar edi. Jamoaning o‘yinchilari bir-birlarini juda ham yaxshi tushunib o‘ynashardi. Tezkor paslar bizni holdan toydirdi, raqib birin-ketin gollarni kambinasiyalar orqali yog‘dirib tashladi. Men shunda bir narsani sezdimki, hozir bizga qarshi o‘ynayotgan yigitlarning hammasi, katta gapirish bo‘lmasa, bemalol Yevropa darajasidagi tayyor futbolchilar edi. Ayniqsa, jamoa sardorining o‘yini xuddi Xavini eslatardi. O‘yin yakunlandi va men sekin maydon tashqarisiga o‘trdim. Ichim bo‘m-bo‘sh edi. Chamamda mini-futbolchilar bilan o‘ynadik shekilli deya o‘zimga taskin berdim. Meni bu yerga olib kelgan hamkasbim asta yonimga kelib o‘tirdi. Sekin so‘radim: “Anavi yigitlar kim?” U: “Ular bozorda savdo qiladigan yigitlar”, — deya kulib qo‘ydi. Men quloqlarimga ishonmasdim. Nahotki?! Hamkasbimdan qayta so‘radim, u “ha” deb menga javob berdi. Sekin gapini davom ettirdi:

“Bu yigitlarning ko‘pchiligi katta futboldan moliyaviy kamchilik evaziga ketishlariga to‘g‘ri kelgan. Anovi Xaviga o‘xshagan bolani ko‘ryapsizmi?”, — deya ularning sardorini ko‘rsatdi. Men boshimni irg‘adim. “O‘sha yigit bizning boysunlik, bundan bir necha yillar avval poytaxt jamoasiga otasi yetaklab olib kelgan ekan. Ko‘rikdan o‘tgach, otasidan qanchadir miqdorda pul so‘rashgan ekan. Shunda darg‘azab bo‘lgan ota “Bunaqa boshlanadigan ishning oxiri xech qachon baxayr bo‘lmaydi”, degancha qo‘lidan yetaklab uyga qaytib ketgan ekan”.

Men anchagacha undan ko‘z uzmay o‘tirdim. Unda ham xuddi mendek “Muhabbatiga yetolmagan oshiqlar”ning ko‘zlarida bo‘ladigan mungni sezdim. Turnir tugadi. Biz oxirgi o‘rinni oldik. “Xavi”ning jamoasi g‘olib bo‘ldi. Final o‘yinida “Xavi” jarima zarbasidan juda ham chiroyli zarba berib hisobni ochdi. O‘yin yakunlanayotganda qarshi xujumda raqib jamoaning 3 o‘yinchisini aldab, hisobni 2:0ga yetkazdi. Havaskorona o‘tkazilgan turnir yakunlandi. Hamma 2-3 soat mobaynida hatto eslamagan hayot tashvishlariga singib ketta boshladi.

Men kiyinib bo‘lgach darhol “Xavi”ni qidirdim. U jimgina jilmayib jamoasi bilan maydon chetida suv ichib o‘tirar edim. Ularga yaqinlashdimda hammani g‘alaba bilan tabriklab, “Xavi”ni xuddi qadrdonlarimdek mahkam bag‘rimga bosib qo‘ydim. Keyin indamay orqamga o‘girilib keta boshladim. Ichimda “Xavi” haqida o‘ylardim. Futbolimizga hozir shunday yigitlar yetishmayotganini ichimdan sezdim. Bunaqa iste’dodlardan yurtimizda minglab topilsa kerak. Agar o‘shanda “Xavi”ning dadasi pul topa olganda balki hozir futbolimiz ajoyib yarim ximoyachiga ega bo‘lgan bo‘lalarmidi?! To‘g‘risi, o‘sha turnirdan so‘ng qalbimdagi birinchi muhabbatimga mendan ham loyiqroqlarni ko‘rgach ko‘nglim ancha taskin topdi.

Xayriyatki, endi ancha-muncha narsalar o‘zgarmoqda. Sekin-sekin bu jabhalarda ham o‘zgarishlar bo‘lishini kutib qolamiz. Bu xikoyamdan maqsad hammaning yuragining bir chetidagi shirin armonini qo‘zg‘ash emas, shunchaki, ayni paytda millionlab odamlarning orzusi bo‘lgan futbol o‘ynashdek baxtga muyassar bo‘lgan futbolchilarimizga qarata murojaat qilishdir:

Yurakdan o‘ynang yigitlar, o‘yinlaringizni ko‘rib yuraklarimiz hapqirib ketsin. Boringizni berib o‘ynang, yigitlar, toki hech kim tashqaridan turib “men shundan yaxshi o‘ynardim”, — deya olmasin. Bizning armonlarmiz sizlarda ushalsin!

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:03, 26.03.2018. O'qildi: 4645 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Насаф Husayn Norchayev 8
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
5 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
8 Бунёдкор Luis Kachorri 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.