Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Raqobatga dosh bergan «richag», uning ishonchliligi qay darajada?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolimizda tarixiy voqea yuz berdi. Milliy terma jamoamiz jahon chempionati-2018 ishtirokchisi sanalgan Afrika futboli vakili bilan o‘yinda munosib ko‘rindi - durang.

Baribir, navqironlik o‘z so‘zini aytdi. Uning mohiyatini faqat shijoat va g‘ayrat belgilamaydi. Navqironlik bag‘rida o‘zgacharoq fikrlash, avvalgi qoliplardan qochish tuyg‘usi ham yashaydi.

Shu ma’noda aytsak, Temur Kapadze kuchli raqibga qarshi cho‘chimay kurashish lozimligini tushundi va o‘sha tuyg‘u turtkisi ila yengilishni istamadi.

Yangi murabbiy yaqin-yaqingacha ham maydon markazida tartib o‘rnatish bilan shug‘ullangani uchunmi, eng avvalo, tayanch yarim himoyasiga e’tiborni kuchaytirdi.

Ta’bir joiz bo‘lsa, Kapadze bir urinishda markaziy hududda faollik ko‘rsatuvchi tajribali va tezkor «ansambl» tuzdi. Ayonki, avvalgi murabbiylar ham shu maqsadni ko‘zlashgan.

Ammo ular yaratgan va ishongan «ansambl» kutilgan samara bermagandi. Ya’ni jamoani mag‘lubiyatlardan qutqarolmagandi. Mana, Temur Kapadze tayangan mexanizm bu ishni uddaladi.

Aslida Kapadze ham asosan, o‘sha murabbiylar qo‘l ostida to‘p surgan futbolchilarga ishonch bildirdi va yangilanishni birgina Odilbek Hamrobekov bilan bog‘lash noo‘rin.

Fikrimizcha, murabbiy jamoada yashirin kurashga chorlovchi «richag»ni topdi. Ha, buning qanchalik mustahkamligini bugun Marokash terma jamoasi sinovdan o‘tkazadi. Biz esa mustahkamlash omillari xususida mushohada qilamiz.

1. Terma jamoamiz a’zolari ijrosida raqib jarima maydonchasi ichida uyg‘un harakatlar ko‘zga tashlanmadi. Aniqrog‘i, ular bunga harchand intilishmasin, dinamika qovushmadi. Bir paytlar Aleksandr Geynrix, Maksim Shaskix, Server Jeparov, Odil Ahmedov o‘zaro hamkorlikda shunday tashabbusga ega bo‘lishardi.

Bu kvartet raqib jarima maydonchasida o‘zini ancha erkin his qilardi, harqalay. Afsuski, futbolimiz yaxshigina kvartet imkonlaridan unumli foydalanish yo‘lini topolmadi. Hozir ham shunga yaqinroq to‘rtlik shakllantirish mumkin.

Birinchi variant: Ikrom Aliboyev - Eldor Shomurodov - Doston Hamdamov - Temurxo‘ja Abduxoliqov. Ikkinchi variant: Otabek Shukurov - Jaloliddin Masharipov - Sardor Rashidov - Marat Bikmayev. Murabbiylar shtabining ham shu xususda o‘ylayotgani sezilib turibdi.

Balki Doston Hamdamov tarkibga jalb etilganida, yaxlit sxema guvohiga aylanarmidik... Lekin mohiyat o‘zgarmasdi, ya’ni futbolchilarimizning hujumdagi urinishlari aytarli samara bermasdi, baribir. Chunki Senegal termasiga qarshi kechgan bahsda Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov va Sardor Rashidovda hujum ruhiyatini kuzatmadik.

Ular o‘zlarini xuddi sof yarim himoyachidek tutishdi. Bunday vaziyatda pozision hujumlar samara keltirishi qiyin. Tan olaylik, ayni payt futbolimizda raqib jarima maydoni ichida yolg‘iz harakatlanib, effekt beradigan markaziy hujumchi yo‘q.

Aleksandr Geynrix fenomeni qachon yana takrorlanishi esa noma’lum. Ungacha jamoaga hujumkor kvartet ruhiyatini singdirish murabbiylar shtabining bosh vazifasi hisoblanadi.

2. Dani Alvesh va Marseloning chap qanot, Vitaliy Denisov va Xordi Albaning o‘ng tomonda to‘p surishlari muxlis tasavvuriga sig‘maydi. To‘g‘ri, bu futbolchilar murabbiy ko‘rsatmasiga muvofiq, boshqa pozisiyada o‘ynashni eplashar, balki. Biroq qaysi murabbiy oshkora tavakkalga qo‘l uradi va bundan qanday naf bor?!

Gvardioladek murabbiy Filipp Lamni o‘ng qanot himoyasidan tayanch hududiga surib, nimaga erishdi? «Manchester Siti»da Kevin de Bryuynening o‘ng qanotdan oldinga tashlanishi va so‘l tarafdagi futbolchiga to‘p uzatishi hamisha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi.

Buning asosiy sababi - futbolchilar ruhiyatiga shunday harakatlanish strategiyasi singdirilgani. Ha, hamma gap murabbiy muntazam uqtiradigan harakatlanish tartibida. Terma jamoamizda esa yarim himoyachilardan sun’iy vinger shakllantirish an’anasi kuchli. Holbuki, vinger tabiatan tug‘iladi.

Murabbiylar shu omilni yodda tutishganida, Eldor Shomurodov Senegal termasiga qarshi bahsni o‘ng qanot yarim himoyasida boshlamasdi. Noqulay pozisiya futbolchini chalg‘itadi, baribir. Natijada u beixtiyor xatoga yo‘l qo‘yadi. Eldordan ham vinger «yasash»-ga urinish davri o‘tdi, bizningcha.

Zero, yarim himoyaning chap qanoti uning uchun - tabiiy pozisiya. Shomurodov bu joy uchun Jamoliddin Masharipov bilan raqobatlashsa arziydi. Terma jamoa o‘ng qanoti esa Sardor Rashidov yoki Doston Hamdamovga ishonib topshirilgani ma’qul. Ta’kidlash joizki, yarim himoyaning o‘ng tomonida hozircha biror futbolchi Sanjar Tursunov kabi foydali to‘p surolmayapti.

3. Murabbiylar shtabi terma jamoamiz faolligini ta’minlash va harakatchanligini oshirish maqsadida Akrom Komilov va Akmal Shorahmedovga himoyaning tegishlicha chap va o‘ng qanotida ishonch bildirgani tushunarli, albatta. Biroq senegallik futbolchilarning jamoamiz jarima maydoniga aynan qanotlardan bot-bot yorib kirishgani kishini o‘yga soladi.

Ularga Oleg Zoteev va Shuhrat Muhammadiyev raqobatchi xolosmi? Islom To‘xtaxo‘jayevni o‘ng qanotda sinayvergan Samvel Babayan bu pozisiya-ga boshqa munosib futbolchi topolmagani haqiqatmi?

Savollarga aniq javob topish terma jamoamiz muvaffaqiyatini belgilaydi. Ochig‘i, Ravshan Haydarov jamoasida aynan orqa chiziqning o‘ng qanoti nisbatan zaifroq. Shunday ekan, bu pozisiyaga munosib voris tarbiyalash - dolzarb masala.

4. Terma jamoamiz a’zolari hali ham uzoq masofaga to‘p uzatib xato qilishdan cho‘chishmoqda. Haqiqatan ham, ular bu ishni qoyillatib bajarisholmaydi. Qisqa va o‘rtacha uzatmalar esa futbolchilarimizning hujumga o‘tishlari uchun anchagina noqulay. Boshqacha aytganda, ispancha futbolni xush ko‘rishimiz qimmatga tushmoqda.

Negaki, o‘yinchilarimizda shunga yarasha texnika va tezlik yetishmaydi. Shuning uchun Yaponiya va J.Koreyaning atletik futboli nisbatan ustunlik qilaveradi.

Endi terma jamoamiz tarkibida Otabek Shukurov, Aziz G‘aniyev, Ikrom Aliboyev kabi ushbu muammoni hal etishga qodir iste’dodlar jamlanishdi. Jiddiy mehnat qilsa, Azizbek Turg‘unboyev ham ularning safiga qo‘shiladi. Qaniydi, Jamshid Iskendarov bu borada raqobatga kirishsa edi...

Xullas, butun bir pleymekerlar «armiya»si Javohir Siddiqov, Jasur Yaxshiboyev, Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov kabi tezkor futbolchilarni kutilmagan pozisiya-larga chorlashsa va uzoq masofalardan to‘p uzatishni o‘zlashtirishsa, terma jamoamiz o‘yin uslubidagi butkul yo‘qolmayotgan eski, tanish manzara keskin o‘zgarardi.

Muhtaram muxlis! Biz orzularga to‘yingan mulohazalarimizni baham ko‘rdik. Zero, katta ijobiy o‘zgarishlar orzularni baralla aytishdan boshlanadi. Marokashlik futbolchilarga qarshi to‘p surishga shaylangan terma jamoamizning shu ishga jiddiy bel bog‘lashidan umidvormiz.

Muhammad Vali

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:42, 27.03.2018. O'qildi: 3874 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик