Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlari Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdirlanishdi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yengilatletika sport kurashlari va velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan mukofotlandi.

Xabaringiz bor, fevral oyida yengil atletikachilarimiz Eronda, velosport terma jamoamiz a’zolari Malayziyada, kurashchilarimiz esa Qirg‘izistondagi Osiyo chempionatida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgandilar. Shu munosabat bilan mazkur nufuzli musobaqalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan 15 million, kumush medal sohiblari 10 million, bronza medallariga sazovor bo‘lgan vakillarimiz esa 5 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi shuningdek, ushbu sportchilarni tarbiyalagan murabbiylarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi va o‘z navbatida ularga ham pul mukofotlari taqdim etildi. Mukoftlarni o‘z egalariga MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilovlar topshirishdi. Tadbirdan so‘ng Bishkekdagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan erkin kurashchimiz Ixtiyor Navro‘zov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bishkekdagi natija men uchun katta g‘alaba bo‘ldi. Chunki, so‘nggi marotaba 2011 yilda umumjamoa hisobida mana shunday muvaffaqiyatga erishgandik. Ushbu natijani yetti yil o‘tib yana takrorlay oldik. Bu muvaffaqiyatlar o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilgani yo‘q. Buning tagida katta mehnat yotibdi. Jamoamiz yosh ekanligiga qaramay, musobaqada katta hajmdagi ishni bajardi va medallar shodasiga ega chiqdi. 3ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘la oldik. Navbatdagi musobaqalarda ushbu ko‘rsatkichimizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz.

Osiyo o‘yinlaridagi imkoniyatlarimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, biz va bizdan tajribali bo‘lgan sportchi akalarimiz birgalikda harakat qilib, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olsak, nasib qilsa kelajakda ular bizdan ham yaxshiroq ko‘rsatkichlarni qayd eta oladilar. Navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida biz yanada yaxshi natija qayd etmoqchimiz va o‘zbek xalqini xursand qilamiz.

Milliy olimpiya qo‘mitasining ushbu rag‘bati kelajakdagi musobaqalar uchun mas’uliyatni yanada oshiradi. Chunki, bu biz uchun yaxshigina ko‘mak, yordam bo‘ladi. Bunday e’tibor sportchi uchun juda muhim. E’tibor kuchaygani sari, bizning harakatimiz, mas’uliyatimiz va natijalarimiz ham yaxshilanib boraveradi. Bunday rag‘bat tajribali sportchilar uchun ham, yoshlar uchun ham zarur. Chunki, ular shu sohaning nonini yeydi.

Nufuzli musobaqalarda madhiyangizni eshitsangiz... Buni tasvirlab berib bo‘lmaydi. O‘sha lahzada uzoq qilingan mehnat zoye ketmaganini, xalq oldida yuzingiz yorug‘ bo‘lganini sezasiz. Barcha charchoqlar chiqib ketadi. Har bir sportchiga mana shunday nufuzli musobaqalarda, shu jumladan, Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqish nasib qilsin", - dedi Ixtiyor Navro‘zov.

Shuningdek, yengil atletikachimiz, Osiyoning uch karra chempioni, IV “Islom birdamlik o‘yinlari” g‘olibi Nadiya Dusanova ham ushbu e’tibordan xursand ekanligini yashirib o‘tirmadi.

"Men uchun yil omadli boshlandi. Navbatdagi musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ayni paytda Osiyo o‘yinlariga Dukentda taraddud ko‘rmoqdamiz. Bizni oldinda to‘rt yillikning eng muhim starti kutib turibdi. Sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurashamiz.

Bugungi taqdirlash marosimi kutilmagan xol bo‘ldi. Qo‘ng‘iroq qilib, Milliy olimpiya qo‘mitasiga taklif etishdi. Nima munosabat bilan chaqirishganini ham bilmadim. Kelsak, mana shunday yoqimli holat guvohiga aylandik. Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatimiz evaziga mukofotlandik. Bunday e’tibor uchun Milliy olimpiya qo‘mitasiga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman", - dedi Nadiya Dusanova.

Tadbir yakunida MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov so‘z olib, Milliy olimpiya qo‘mitasi bundan keyin ham xalqaro maydonda, nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilar va ularning ustozlarini har tomonlama qo‘llab quvvatlab, rag‘batlantirib borishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 

Bugungi tantanali marosimida jami 20 nafar sportchi va xuddi shuncha murabbiy bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:46, 28.03.2018. O'qildi: 4830 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.