Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nunu Gomesh: «JCH-2018da Islandiyadan syurpriz kutyapman»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Rossiyalik futbolchilar jahon chempionatining chorak finaliga qadar yetib borishlari mumkin ekan. Bu haqda Portugaliya terma jamoasining sobiq hujumchisi  Nunu Gomesh RTga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

— Siz oldin ham Rossiyada bo‘lgansiz. Ammo Sochiga birinchi bor kelishingiz. Taassurotlar qanday?

— Bunday go‘zal shaharni tomosha qilayotganimdan xursandman. Sochida jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Krasnodar va Moskvada bo‘lganman. Rossiya — go‘zal va ulkan mamlakat. Agar Portugaliyaga solishtirsak, mening mamlakatim ancha kichkina.

— Portugaliya - Yevropaning amaldagi chempioni. Terma jamoangizning jahon chempionatidagi ishtirokini qanday  taxmin qilyapsiz?

— Asosiy to‘sqinlik qiladigan narsa amaldagi Yevropa chempionligidir. Aynan shu jihat tufayli e’tibor katta bo‘ladi. Balki bu holat bosimni oshirib yuborar.

Albatta, Portugaliya terma jamoasining tarkibi ancha kuchli. Muxlislardan mundial favoritlari kimligi haqida so‘rasangiz, Portugaliyani ularning qatoriga qo‘shishmaydi. Birinchi o‘rinda Braziliya yoki Ispaniyani tilga olishadi.

— Siz Portugaliyani jahon chempionati favoritlari qatoriga qo‘shasizmi?

— Oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi. Chunki qiyin guruhdan joy olganmiz. Biz uchun favoritlar qatorida bo‘lish emas, balki maydonda o‘zimizni ko‘rsatish muhimroq.

— Mundialda Ispaniya bilan bir guruhdan joy olgansizlar. Portugaliya «Qizil furiya»ga qarshi qanday harakat qilishi lozim?

— Ispaniyaga qarshi o‘yinimiz Sochida bo‘lib o‘tadi. Bu bahs ushbu bosqichdagi eng qiyini bo‘ladi. Shuningdek, guruhimizda Eron va Marokash ham bor. Shu bois ham Ispaniya va biz guruh favoritlarimiz. Lekin buni maydonda isbotlash talab etiladi.

— Ispaniyaga qarshi uchrashuvda kimni favorit deb hisoblaysiz?

— Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘ziga xos derbi. G‘alaba uchun imkoniyatlar deyarli teng. Bu o‘yin ikki jamoa uchun ham jahon chempionatidagi debyut bahs bo‘ladi. Shunday ekan, har ikki jamoa ijobiy natija uchun bor kuchini ishga soladi. Biroq hozirdanoq guruhimizdan kimning 1|8 finalga chiqishini taxmin qilish qiyin.

— Shubhasiz, qalban Portugaliya terma jamoasiga muxlislik qilasiz. Lekin boshqa guruhlar haqida gapiradigan bo‘lsak, qaysi terma jamoaning imkoniyatini yuqori baholaysiz?

— Albatta, Germaniya termasiga. Ushbu jamoa ajoyib tarkibga ega. Nemislar bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, Konfederasiyalar kubogida zafar quchishdi. Ammo ular bu sov­rinni ikkinchi tarkib bilan qo‘lga kiritishdi. Ko‘rinib turibdiki, Germaniyada ikkita teng kuchli tarkib bor.

— Yana kimlarning o‘yinini kuzatasiz?

— Braziliya va Portugaliya terma jamoalarining o‘xshash jihatlari ko‘p. Pentakampeonlar safida kuchli futbolchilar bisyor. Umid qilamanki, mundial paytida Neymar yaxshi formada bo‘ladi. Shuningdek, Lionel Messisi bor Argentinani esdan chiqarmaslik kerak. Belgiya haqida ham shunday deyish mumkin.

— O‘tgan Yevropa chempionatida Islandiya terma jamoasi haqiqiy sensasiya namoyish qildi. Bo‘lajak jahon chempionatida qaysi jamoadan shunday shov-shuvni kutish mumkin?

— Islandiya yana syurpriz taqdim etishi mumkin. Shuningdek, o‘z uyida o‘ynaydigan Rossiya terma jamoasidan ham. Garchi ular saralash bahslarida ishtirok etmagan bo‘lsalarda, qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Jamoa tarkibida bir qator iqtidorli futbolchilar bor.

— Nima deb o‘ylaysiz, Rossiya mundial favoritlarini mag‘lub etishga qodirmi?

— Oldindan bir nima deyish qiyin. Lekin musobaqa paytida biz kutmagan narsalar bo‘lishi aniq. Menimcha, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya yoki Fransiya terma jamoalarini mag‘lub etish oson emas. Balki Rossiya terma jamoasi chorak finalgacha yetib borar.

— Britaniya matbuotida rossiyalik fanatlarning jahon chempionati paytida «hunar» ko‘rsatishlaridan cho‘chishmoqda. Shu jihat tufayli xavotirga tushish to‘g‘rimi?

— Bu eng katta muammo emas. Umid qilamanki, barchasi yaxshi o‘tadi.

— Sizningcha, turnir yarim finaliga kimlar chiqadi?

— Bular Braziliya, Portugaliya, Ispaniya va Germaniya terma jamoalari bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, finalga Braziliya va Germaniya chiqadi.

— Portugaliya-chi?

— Hammasi yarim finallarga bog‘liq. Jamoamizning omadi kelishiga ishonaman. Agar Krishtianu Ronaldu formada bo‘lsa, biz chempion bo‘lishimiz ham mumkin.

A.Ahmedov tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:45, 07.04.2018. O'qildi: 3254 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик