Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

FIFA kunlari statistikasi: kim, qancha, nima, qayerga?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

2019 yilning yanvar oyida BAAda tashkillashtiriladigan Osiyo kubogi saralash bosqichi yakuniga yetdi. Yon qo‘shnimiz - Tojikistonning milliy jamoasi so‘nggi tur o‘yinida filippinliklarga imkoniyatni boy berib, OK-2019ga borishdan mosuvo bo‘ldi.

Osiyo kubogi yo‘llanmasini oldinroq qo‘lga kiritgan yetakchi termalar esa jahon darajasidagi jiddiy raqiblarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.

QuyidaFIFAkunlaritashkillashtirilgano‘yinlaryuzagachiqarganfaktlargae’tiborqaratamiz.

*** 27 mart kuni Osiyo kubogi-2019ga yo‘l olgan oxirgi 3ta jamoa aniqlandi: KXDR, Filippin, Yaman. Aytish joiz, ulardan oxirgi ikkisi, shuningdek, yo‘llanma masalasini 22 mart kuni hal qilgan Qirg‘iziston termasi bo‘lajak musobaqada debyutant sifatida qatnashadi.

*** Osiyo kubogi-2019 final raundiga qur’a tashlash jarayonida jamoalar FIFAning aprel oyidagi reytingiga ko‘ra, 4ta savatchaga joylashtiriladi. Taxminiy hisob-kitoblar bo‘yicha aytsak, O‘zbekiston termasi (Iroq va Qatar jamoalari kabi) 3-savatchadan joy oladi. E’tiborlisi, Qirg‘iziston termasi 2-savatchaga tushadi.

BAA milliy jamoasi esa mezbon sifatida 1-savatchada. Qur’a yakunida biz uchun shakllanishi ehtimoli bor eng murakkab guruh quyidagicha: Avstraliya, Suriya, O‘zbekiston, Iordaniya. Eng qulay kvartet variantini ham taxmin qilish mumkin: BAA, Falastin, O‘zbekiston, Yaman.

*** Gras (Avstriya) shahrida bo‘lib o‘tgan Eron - Jazoir o‘yini (2:1)da fors jamoasining 22 yoshli vakili Sardor Azmun milliy terma safida urgan gollari sonini 23taga yetkazib qo‘ydi (31ta o‘yinda). U shuning barobarida Eron milliy jamoasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 5-o‘rinni yanada mustahkamladi.

Ayni payt Azmundan bitta yuqori pog‘onada turgan Ali Karimida 38ta gol bor. Rossiyada to‘p surayotgan Sardor terma jamoadagi gollari hisobini 2014 yilning 18 noyabr kuni ochgandi. Taqqoslash uchun aytsak, Ali Karimi 38ta golni naq 14 yil (!) davomida urgandi.

*** Forslarni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan Ehson Hojisafi 2008 yildan buyon Eron milliy jamoasi safida 91ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urdi. Xullas, unda joriy yil yakuniga qadar 100ta o‘yin marrasiga yetgan eronlik 6 nafar futbolchi qatoriga qo‘shilish uchun yaxshigina imkoniyat bor.

*** Tailand qiroli kubogi hisob bo‘yicha 46-marta tashkillashtirildi va unda bu safar mezbonlardan tashqari, BAA, Gabon hamda Slovakiya termalari qatnashdi. Turnirning final o‘yinida Tailand va Slovakiya jamoalari o‘zaro hisob-kitob qildi va yevropaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Jakkapxan Kayevprom hal qiluvchi bahsda Tailand termasi libosida 2-golini urdi. U debyut golini 2011 yilning 23 iyulida Falastin termasiga qarshi kechgan uchrashuvda nishonlagandi.

*** BAA termasi Tailanddagi turnirda avvaliga Slovakiya (1:2), keyin Gabon (0:1) jamoalariga yutqazdi. Amirliklar 2017 yilning 16 oktyabridan buyon, ya’ni Alberto Zakkeroni boshqaruvida 2ta g‘alaba, 4ta durang va 3ta mag‘lubiyat qayd etishdi. Jamoa so‘nggi marta 2017 yilning 23 dekabrida Ummon termasini 1:0 hisobida yenggandi.

*** 22-26 mart kunlari Nanning shahrida tashkil etilgan Gree China Cup turniri hisob bo‘yicha ikkinchisi edi. Unda Xitoy, Uels, Urugvay va Chexiya termalari ishtirok etdi.

Mezbonlar turnir doirasida Uels (0:6) va Chexiya (1:4) termalariga yirik hisobda yutqazishdi. Xitoyliklarning yagona goliga mualliflik qilgan Fan Ksiaodong mamlakat milliy jamoasida ilk marta o‘tgan yilning 10 yanvarida Islandiya termasiga qarshi kechgan bahsda ko‘rinish bergandi.

*** Belgiyaning Lyej shahrida 2ta o‘rtoqlik o‘yini tashkil etgan Yaponiya termasi ortga g‘alabasiz qaytdi. Maliliklarga qarshi bahsda Shoya Nakajima 90+5-daqiqada yaponlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan bo‘lsa, ukrainlar bilan o‘yinda Tomoaki Makino urgan gol salbiy hisobdan qutulish uchun kamlik qildi.

*** Yaponiya va Ukraina termalari 3-marta «o‘rtoqlik» doirasida o‘zaro kuch sinashdi. 2002 yilning 21 mart kuni Osakada o‘tkazilgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

*** Avstraliya terma jamoasi 2017 yil boshidan buyon 6-marta durang natijaga ko‘ndi. Shulardan oxirgi 2tasida hisob ochilmadi - 0:0.

*** 25 yoshli Jekson Aleksandr Irvayn Avstraliya termasi safida 17-marta maydonga tushib, 2-golini nishonladi. Biroq uning Norvegiya termasi darvozasiga urgan goli «sokkeruz»ni yirik hisobli mag‘lubiyatdan saqlab qololmadi.

*** Janubiy Koreya termasi har ikki «o‘rtoqlik»da mag‘lubiyatga uchradi: Shimoliy Irlandiya - 1:2 va Polsha - 2:3.

*** Janubiy koreyalik Kvon Chang Xun Shimoliy Irlandiya termasiga qarshi kechgan bahsda milliy jamoa safida 16-marta maydonga tushib, 4-golini urdi. Koreyslar bosh jamoasida 2015 yili debyut qilgan 23 yoshli futbolchi bungacha Laos va Livan termalari darvozasini ishg‘ol etgandi.

*** Fahad al Muvallad (Saudiya Arabistoni) Ukraina termasiga qarshi bahs (1:1)da hisobni tenglashtirib, milliy jamoadagi gollari sonini 10taga yetkazdi (41ta o‘yinda). E’tiborlisi, uning 8ta goli rasmiy o‘yinlarga to‘g‘ri keladi.

*** Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2017 yilning 6 oktyabridan buyon 12ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shundan 8tasi boshqa qit’a vakillariga qarshi kechdi.

*** 21-27 mart kunlari Iroqning Basra shahrida joylashgan «Xalqaro arena» stadioni (sig‘imi - 6527)da «Do‘stlik» nomi ostida turnir tashkillashtirildi. Unda Qatar, Suriya va Iroq terma jamoalari ishtirok etdi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:43, 08.04.2018. O'qildi: 5464 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.