Braziliya milliy terma jamoasi yulduzi Neymarning yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatidagi ishtiroki jiddiy xavf ostida qolmoqda. Opilhado nashrining xabariga ko‘ra, terma jamoa murabbiylar shtabi va futbol federasiyasi hujumchining xatti-harakatlaridan norozi.
Terma jamoa mutasaddilari Neymar atrofidagi vaziyatni kuzatar ekan, to‘rtta asosiy xavotirli omilni qayd etgan:
-
Barqaror o‘yin amaliyotining yo‘qligi: Neymar haligacha ketma-ket 8 ta uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q. Murabbiylar jahon chempionati oldidan futbolchining jismoniy holati bunday yuklamalarni ko‘tara olishiga shubha qilmoqda.
-
«Mirassol» bilan o‘yinni sababsiz o‘tkazib yuborgani: Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchi tribunada bo‘lishini oldindan ma’lum qilgan esa-da, uning maydonda ko‘rinmagani va o‘yinni nega o‘tkazib yuborgani borasida federasiyada savollar paydo bo‘lgan.
-
Sun’iy maydonda o‘ynashdan bosh tortish: Neymar «Palmeyras»ga qarshi prinsipial bahsda faqat maydon qoplamasi sun’iy ekani sababli ishtirok etmadi. Bu qaror jamoa manfaatlariga zid deb baholanmoqda.
-
Terma jamoaning qat’iy pozisiyasi: Murabbiylar shtabi asosiy futbolchilarning barcha o‘yinlarda ishtirok etishini kutmoqda. Neymarning o‘yinlarni «saralab» qatnashishi terma jamoa ichki muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilmoqda.