Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Brayton 34 50
7 Chelsi 34 48
8 Brentford 33 48
9 Bornmut 33 48
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fotogalereya: darvozabonlarning ko‘ngli hech to‘lmaydigan JCH to‘plari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Afsuski, JCH-2018 uchun ne-ne mashaqqatlar bilan maxsus tayyorlangan to‘plar u bilan tanishib chiqqan darvozabonlar ko‘nglini xushnud etolmadi.

Oqibatda, Soccer.ru sayti anchadan buyon qizg‘in bahslarga sabab bo‘layotgan ajib nazariyani qaytadan ko‘rib chiqdi: FIFA amaldorlari darvozabonlarga to‘sqinlik qilish­yaptimi?

E’tiboringizni uchinchi mingyillikda bo‘lib o‘tgan mundiallar va ularda qayd etilgan natijalarga qaratamiz.

JCH-2002. Darvozabonlarga qarshi «suiqasd»

Fevernova to‘pini yaratish uchun «Adidas» muhandislari rosa 3 yil ter to‘kishdi. Qandaydir inqilob amalga oshirilgani yo‘q, shunchaki, 32 bo‘lak 6 qirrali xom ashyoni biriktirishdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi va materiallar o‘zgartirildi.

To‘p dastlabki kundanoq darvozabonlarning kuchli tanqidlariga uchradi. U o‘ta yengil va g‘ayritabiiy edi. Qalinligi 3 mm. bo‘lgan qoplamalarning evaziga Fevernova barqaror parvozga ega bo‘lib, hujumchilar uchun qulay edi.

Ishtirokchilar soni 32taga yetkazilgan dastlabki musobaqa - Fransiya-98da uchrashuvlardagi o‘rtacha mahsuldorlik 2,67ta golni tashkil etgandi. J. Koreya va Yaponiya­da bu ko‘rsatkich 2,52ga tushib qoldi. Taajjubki, to‘pni barcha hujumchilar uchun tayyorlashgan, ammo undan unumli foydalanish faqat Ronaldoga nasib etdi.

Braziliyalik afsonaviy to‘purar 8 marta raqiblar darvozasini ish­g‘ol etdi. Xulosa shuki, merganlarga yangi to‘pning qandaydir xususiyati emas, o‘zlarining mahoratlari qo‘l keldi. Turnirning «pley-off» bosqichida samaradorlik yanada pasayib ketdi - 15ta uchrashuvda 26ta gol.

Qiziq, sermahsul hujum chizig‘iga ega bo‘lgan Braziliyaning o‘rtacha ko‘rsatkichi ikkiga teng bo‘lgan, turklar darvozasiga urilgan yagona gol evaziga finalga chiqqan bir paytda to‘pning makkorona tabiati xususida gap bo‘lishi mumkinmi?

Dunyoning eng sara hujumchilari darvozabonlarga xalal berish maqsadida yaratilgan to‘plardan unumli foydalana olishmadi. Aslida aksincha manzarani taxmin qilishgandi. Posbonlarga «suiqasd» shunchaki xomxayol edimi yoki to‘plarning afsungar tabiati?

JCH-2006. Yana darvozabonlar ko‘ngli to‘lmadimi?

Darvozabonlarning bu yirik musobaqa arafasidagi e’tirozlarini tushunish birmuncha osonroq kechdi. Boisi, eski maktab vakillari tamoman yangi texnologiyaga asoslangan to‘plarga duch kelishdi.

Issiqqa chidamli choklar tufayli «snaryad»ning suv o‘tkazmaslik xususiyati sezilarli darajada oshdi. Darvozabonlarning to‘p bilan muomala qilishlari esa murakkablashdi.

Chunki Teagiest juda silliq edi, ayniqsa, suv tekkan paytlarda sirpanchiq bo‘lib qolardi. Bundan tashqari, to‘p ilk marta 14 bo‘lak olti burchakli materiallardan tayyorlangandi. Shu sababli uning parvozi beysbol to‘plarini eslatardi.

Xo‘sh, texnik taraqqiyotning navbatdagi mo‘’jizasi samaradorlikda qanday namoyon bo‘ldi? Afsuski, bu safar ham ko‘rsatkichning pasayishiga guvoh bo‘ldik - har bir uchrashuvda o‘rtacha 2,3ta gol.

Boz ustiga, «pley-off» bosqichining 15 bellashuvida darvozalarga 26ta gol urildi, 4ta kamtarona duranglardan keyin penaltilar seriyasiga murojaat qilindi, ikkita uchrashuvda tabloni yoqimsiz «teshikkulchalar» bezab turishdi.

Ikkita 3:0 hisobidagi yirik g‘alabalarni inobatga olmasak, qolgan uchrashuvlardagi mahsuldorlik 1,5ta golga tushib ketdi. Eng sara termalarga xos bo‘lmagan natija!

Ammo olis masofalardan yo‘llanadigan zarbalar borasida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Lamning Kosta-Rikaga, Rosiskining AQSHga urgan «zambarak» gollari, Zambrottaning Shovkovskiy darvozasiga quyidan yo‘llagan kuchli zarbasi mundialning ko‘rki bo‘ldi. Biroq bular yangi to‘pning xosiyati emas, balki futbolchilar mahoratining mahsuli edi.

Hatto Lev Yashindek darvoza qiroli ham 1962 yildagi olis zarbalar qarshisida ojiz qolgandi - aylanma harakat bilan yo‘naltirilgan to‘p doimo posbonga katta qiyinchilik tug‘dirgan. Xo‘p, mayli, FIFA asosiy urg‘uni olis zarbalarga berdi ham deylik. Unda nima uchun Germaniya mundiali golga boy bo‘lmadi?

JCH-2010. Jahon chempionatlari tarixidagi eng sifatsiz to‘p

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:48, 12.04.2018. O'qildi: 9111 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик